16-qism savol javoblar

Savol javoblar t.me/Eski_Savollar_Bazasi telegram kanalidan olingan.

1501. Qaysi iqtisodiy rayon mamlakatimizda yetishtiriladigan paxtaning deyarli 25 foizini beradi?
Javob: Farg’ona

1502. Qadimgi misrliklarning fikricha balo qazolardan himoya qiluvchi tumor?
Javob: Amulet

1503. O’z davrining fojealarini ko’rsatgan «Qahatlik» she’ri kimning qalamiga mansub?
Javob: Zavqiy

1504. Rasululloh (s.a.v) qaysi payg’ambar haqida gapirganlarida uni «Payg’ambarlar xatibi» deb aytganlar?
Javob: Shuayb.a s

1505. «Zarg’aldoq inqilob» qaysi davlatda yuz bergan?
Javob: Ukraina

1506. «Nandu» qaysi qushlar turkumi nomi hisoblanadi?
Javob: Tuyaqush

1507. Baytda zid ma’noli so’zlarni qo’llash san’ati qanday ataladi?
Javob: Tazod

1508. ⁠»Korrupsiya» so’zi lotin tilidan tarjima qilinganda qanday ma’noni bildiradi?
Javob: Aynish

1509. ⁠Camaro rusumli mashinalarni qaysi avtokompaniya ishlab chiqaradi?
Javob: Chevrolet

1510. Lotin Amerikasida yevropaliklar avlodlari qanday nom bilan ataladi?
⁠Javob: Kreol

1511. Angliyada kimlarni «ko’k yoqalilar» deb atashadi?
Javob: Ishchilar

1512. Eri va Ontario koʻllari oraligʻida joylashgan sharsharani toping?
Javob: Niagara

1513. Badiiy adabiyotda sariq rang qanday ma’no anglatadi?
Javob: Mahzunlik

1514. «Shavkat», «Shevan» taxalluslari bilan ijod qilgan shoir kim?
Javob: Sirojiddin Sidqiy!

1515. «Qora juma» deb nomlangan kun qaysi davlatda mavjud?
Javob: AQSH

1516. Barmoq yoki oyoq barmoqlarining to’liqsiz soni bilan tavsiflanadigan rivojlanish anomaliyasi qanday nomlanadi?
Javob: Oligodaktiliya!

1517. Toif safarida Payg‘ambarimiz (s.a.v) ga kim hamrohlik qiladi?
Javob: Zayd ibn Horisa r.a!

1518. Bu davlatda yilning 250 kuni yomg’irli bo’larkan. Qaysi davlatda?
Javob: Uganda

1519. Liviya lideri Muammar Kaddafi tarix voqealariga o’ziga xos baho beradi. Masalan, Uning fikricha «Gamlet»ning muallifi Shekspir emas Shayx Zubayra ismli inson ekan. Savol: Kaddafi fikricha, o’ziga xos bir mansab egasi bo’lgan Ka ismli arabning tarixda qolishiga nima sabab bo’lgan?
Javob: Amerikani ochgan.
Izoh: Kaddafi fikricha, Amerika Amir Ka tomonidan ochilgan.

1520. Iogann Gyote bu joyni «qunduzlar respublikasi» deb atagan. Monteskye esa bu joyni «faqat baliqlar yashashi kerak boʻlgan joy» deb atagan. Oʻsha joy qaysi davlatda joylashgan?
Javob: Italiya!
Izoh: Gap Venetsiya shahri haqida edi.

1521. Fransuzlar uni «pomme de Chine» deyishgan,golland tilida esa bu «appel Sien» deyiladi, ya’ni Appel-olma,Sien-Xitoy.
Diqqat savol gap qaysi meva haqida ketmoqda?

Javob: Apelsin
Izoh: Apelsin so’zini asl ma’nosi «Xitoy olmasi»

1522. Bir olim o‘z ishlanishlari davomida Uni yig‘loqi, baqiroq kabi turlarga bo‘lgan. Aksariyat hollarda U o‘z o‘ljalarini qitiqlab o‘ldirishga ham moyil bo‘ladi.
Diqqat Savol: Bir kemadagi matros va mushuk unga turlicha nigoh bilan qaraganini inobatga olib Uni aniq ayting?

Javob: Suv Parisi
Izoh: Ko‘pchilik olimlar allaqachon suv parilarining mavjudligini tan olishib ular ustida izlanishlarni boshlab yuborishgan. Vladimir Nobakov romanida esa yarim baliq yarim pariga nigoh tashlab turgan matros va mushukni ko‘rishimiz mumkun

1523. Olingan qarz evaziga garovga biror moddiy narsa qoldirilishini eshitganmiz. Ammo, Kvakiutl qabilasi Hindulari garovga shunday narsasini qoldirishar ekanki, qarzni qaytarmagunlaricha, undan foydalanolmas ekanlar. Aslida, u narsasiz insonni tasavvur etish qiyin. Diqqat savol U narsa nima?
JAVOB: Ism.
Kvakiutl qabilasi hindulari agarda ismlarini garovga qo’yib qarz olsalar, qarzni qaytarmaguncha ularga hech kim ismi bilan murojaat qilmas ekan.
FALONCHAYEV PALONCHA DEYISHSA KERAK QARZNI BERISHGUNICHA

1524. Xotinidan qo’rqadigan erkaklar ham uchrab turadi albatta. Bu nafaqat odamzod hayvonlar orasida ham mavjud ekan. Shunday jonzod borki o’z juftini sevgilisidan ramantik kechki ovqatga aylantirib yeb qo’yar ekan. (Qiziq xiyonatda qo’lga tushdimi). Siz menga bu qaysi jonzodligini ayting?
Javob: Sakkizoyoq

1525. Rossiyada Yelizaveta hukumronligi davrida Moskva shahrida ayollar 2-3 kunlab o’tirib uhlashiga to’g’ri kelgan. Albatta bunga aniq bir hodisa sabab bo’lgan. Ayollarning 2-3 kunlab o’tirgan holatda uxlashiga bir kasb (hunar) egalari sababchi ekan. Ular qaysi kasb egalari va o’tirgan holatda uhlashga nima majbur qilgan?
Javob: Sartaroshlar
IZOH: Sochini turmagi buzulmasligi uchun

1526. Gʻafur Gʻulomning «Shum bola» qissasida shum bola soʻzi atiga bir martagina ishlatilgan ekan. Garchi u soʻz asarga assos boʻlgan boʻlsa ham. U soʻzni kim aytganini toping?
JAVOB: Sartarosh
Ya’ni Qoravoyni sochini olayotgan sartarosh aytgan

1527. Xitoy iegroflarini hammamiz bilamiz unda tasvirda bitta ayol tasvirlansa, demak bu ayolni anglatadi. Ikkita ayol tasvirlansa esa Xni bildirar ekan. Diqqat savol Xni toping?
Javob: Janjal

1528. Rasmga diqqat bilan qaragan holda qanday jarayon tasvirlanganini ayting?

Javob: Sapyorlar portlovchi qurilmani qorong’uda zararsizlantirishni mashq qilishyapti.
(Suratda 1940 yillardagi Buyuk Britaniya sapyorlari tasvirlangan)

1529. Amerika prezidenti bo’lgan Franklin Deleno Ruzveltni hamma bilsa kerak albatta. U Amerikani buyuk depressiyadan so’ng oyoqqa turg’izgan. Xalq ishonchiga kira olgan prezidentlardan biri. Franklin hechqachon bir narsani xoxlamagan va buning uchun bir kasb egalariga o’zi u.n yozilmagan qonun qilib taqiqlab qo’ygan. Diqqat savol Franklin nimani o’zi uchun taqiqlagan?
Javob: Oyoqlarini suratga olmaslikni fotogriflarga taqiqlab qo’ygan. Chunki Franklin poliomilet tufayli yura olmas edi

1530. Ikkita bir xil millat vakillari qizg‘in suxbat qurib o‘tirishganda birdan chiroq o‘chdiyu ularning suhbati to‘xtab qoldi. Yana chiroq yongach ular suhbatni davom ettirishdi.
Diqqat savol. Nega chiroq o‘chgach ularning suhbati to‘xtadi?

Javob: Chunki ular soqovlar edi imo ishorada gaplashishgan

1531. Misr, firavnlar bu bizda hozirda ko‘p qiziqish uyg‘otgan mavzu. Ularni bir mo‘jiza deya olamiz. Bundan 3300yil avval Misrda temir buyumlar noyob bo‘lgan. Ammo Govard Karter Tutanxamon qabridan sirli xanjar topadi. Qizig‘i shundagi xanjar shunday narsadan yasalganki hatto hozirda bizda barcha narsa rivojlangan davrda bunday buyum yo‘q. Diqqat savol. Xanjar nimadan yasalgan?
Javob: Asteroid Bo’lagidan

1532. Garchi bu «General» o‘z yurishlarini 1930-yillarda amalga oshirgan bo‘lsada, biz uni faqatgina 1980-yil boshidagina tanidik. Bu general kim edi?
Javob: Anzirat Xola
Gap «Suyunchi» filmi va Anzirat hola haqida edi. Premerasi 1982-yilning kuzida bo‘lgan o‘zbek durdonasida, 1930-yilgi voqealar aks ettirilgan.

1533. «Vijdon» deganda, men Kumushning kundoshini yodga oldim. Yana vijdon deganda Said Axmad UFQ ramanida ta’riflagan urushdan qochgan erka o‘gilni Siz menga 1795 savolning javobiga uyg‘on xolda vijdonni ayting?
Javob: Anzirat xola
Gap «Suyunchi» filmi va Anzirat hola haqida edi. Anzirat hola rolini «O‘zbekiston halq artisti» – Zaynab Sadriyeva qoilmaqom qilib o‘ynab bergandi. Anzirat hola esa qishloqning «Vijdoni» edi.

1534. Pazzl o‘yinlarini hammamiz bilamiz va o‘ynaganmiz. Hozirda biz pazzlni faqat multfilm qahramonlarini yig‘ish va shunga o‘xshash oddiy ko‘rinishlarini bilamiz. Aslida bu o‘yinni bir o‘qtuvchi o‘ylab topgan va u ta’lim soxasida asqotgan. Siz menga o‘qtuvchi ilk pazzl o‘yinini nimada yaratganini ayting?
Javob: Xaritadan
Bu o‘qtuvchi Jon Spilsberi edi. U
qog‘oz xaritani fanerga yopishtirib, uni davlatlar chegaralari bo‘ylab kesib chiqadi hamda talabalariga xaritani qayta tiklashni taklif qiladi.

1535. Pazzl o‘yinlarini hammamiz bilamiz va o‘ynaganmiz. Hozirda biz pazzlni faqat multfilm qahramonlarini yig‘ish va shunga o‘xshash oddiy ko‘rinishlarini bilamiz. Aslida bu o‘yinni bir o‘qtuvchi o‘ylab topgan va u ta’lim soxasida asqotgan. Siz menga o‘qtuvchi ilk pazzl o‘yinini nimada yaratganini ayting?
Javob: Xaritadan
Bu o‘qtuvchi Jon Spilsberi edi. U
qog‘oz xaritani fanerga yopishtirib, uni davlatlar chegaralari bo‘ylab kesib chiqadi hamda talabalariga xaritani qayta tiklashni taklif qiladi.

1536. Ushbu reklama posteriga e’tibor qarating. Titanik aysberkka qarab ketayapti shunday vaziyatda kapitan e’tiborsizlarcha choy ichib o‘tirsaya. Sizningcha nimaning reklama posteri bu?

Javob: Og‘izdagi badbo‘y hidlarga qarshi kurashuvchi Listerine brendining reklama posteri.
Agar og‘zingizdan badbo‘y hid kelsa, Sizni eshitishmaydi – deyiladi unda. Suratda og‘zidan yomon hid kelayotgan odam «Titanik» aysbergga qarab ketayotganiga kapitanni ishontirolmagan.

1537. Hammaning ichida ozmi ko‘pmi bor bu xislatga Bil Gates shunday tarif bergan Mushkul vazifalarda doim Xlarni tanlab olishni aytgan bunga yetarlicha izohi bilan. Koko Shanel esa buni ayollarga bog‘ladi. » Ko‘rimsiz ayollar bo‘lmaydi faqat ……… ayollar bo‘ladi dedi. Shaxir Zag esa ko‘pchilik odamlar X bo‘lsagina siz muvaffaqiyatga erishasiz deb aytgan. Siz menga X ni bir so‘zda ayting?
Javob: Dangasa

1538. Biograf Olga Sobolevskayaning yozishicha, ko’pchilik bag’oyatda go’zal deb hisoblagan bu ayol bolaligida va o’spirinligida o’zining xunukligi, oriqligi va bema’niligi bilan odamlar va amaliyotchilar orasida ajralib turardi. Ammo keyinchalik uni dunyo go’zal ayol deb atagan.Diqqat savol Olga Sobolevski kimga shunday izoh bergan?
JAVOB: Balerina Anna Pavlova

1539. Yuriy Entin birinchi rus bolalar videosi deb atagan multfilm nomini nima edi?
Javob: Antoshka

1540. Qandolatchilar tavsiyalarining biriga ko’ra, bu pirojniy shokoladga qaram bo’lgan odamlarga ayniqsa yoqadi. U perojni nomi nima?
Javob: Kartoshka

1541. Bolalar adabiyotining ushbu xarakteridagi nutq sovg’asi uning Amerika prototipiga qaraganda ancha oldin uyg’ongan. Uni nomlang?
Javob: Totoshka

1542. Ushbu reklama posteriga e’tibor qarating. Bu Undan to’g’ri, toza foydalanishni targ’ib qiluvchi ijtimoiy reklama posteri. Savol: Uni 2 so’zda ayting?

JAVOB Ingliz tili.
Izoh: Rasmda sheep (qo’y), ship (kema) va chip (bo’lak) rasmlarini ko’rish mumkin. Talaffuzda bu so’zlar almashib ketmasligi ya’ni ingliz tilini yaxshi bilish targ’ib etilmoqda.

1543. Yevropa chempionlar ligasining homiylaridan biri bu Ford kompaniyasi. Uning bir necha reklama roliklari fudbol uchrashuvi epizodlari avtomobil shartlari bilan birga keladi. Shunday qilib videolarning birida qoidalarni buzib yugurayotgan o’yinchi ko’ylagi orqasiga yopishib olganini ko’ramiz. Bu qanday mexanizmning reklamasi ekanligini ikki so’zda ayting.
Javob: Qo’l tormozi

1544. Tibbiyotda va ko’plab asarlarda u narsa haqida turlicha o’xshatishlar qilishgan. Ba’zi asarlarda uni juldur kiyimli ust boshi tilka pora faqirga ba’zilarida esa boshi bilan yuruvchi tabibga qiyoslashgan.
Diqqat savol. Ust boshi uvada tabibni toping.

Javob: karam

1545. Parij shahridagi kutubxonalardan birida bir insonning o’z qo’li bilan yozgan kundaliklari qo’l yozmalari saqlanadi. Kitobxonlar qo’lyozmalardan bemalol olib foydalanishlari mumkun faqat salafan yopinchiq va qo’lqoplarda o’qish talab etiladi. (KARONAVIRUS QO’LYOZMA YOZGAMMIKIN DEGAN FIKR KELDI) Diqqat savol. U kim va nima bilan shug’ullangan
JAVOB: Mariya Kyure radioktiv moddalar bilan ishlagan. Ish jarayonida o’rgangalarini kundaligiga yozib borgan . Radioktiv moddalar yuz yillargacha ketmasligi hisobiga kitobxonlar yopinchiqlarda o’qishgan

1546. Rus Rassom Boris Kustodiev rassomchilikda ko’plab mashhur insonlarning portretini yaratgan. Ammo mashhurlardan ikki kishi borki Boris Kustodiyev ularning portretini chizganida hali mashhur bo’lib ulgurishmagan edi. Yaxshi niyat bilan rassomning oldiga kelishganda biz ham mashhur insonlar bo’lamiz deyishgan. Nobel mukofotiga erishgan bu mashhurlarni siz toping.
JAVOB: Nikolay semyonov va Petr Kapitsa

1547. AQShda XX asrning 30 yillarida odamlar qaysidur xonadon eshigini qo’lida 20 sent bilan taqqilatib borsa bir ishi tushgan ekan. Lekin bizda 30yilda ham 50 yiilda ham bu ish uchun pul olinmagan (Mehmondo’st odamiy xalqim). Diqqat savol. Odamlar 20 sent ko’tarib kelib qanday xonadon eshigini taqqillatishgan?
JAVOB: Uyida telefoni bor xonadonni.
U vaqtlar telefon kamyob bo’lgan telefoni bor xonadonlar esa pulga telefon qilishga ruxsat berishgan

1548. Qadimda Rimda ibodatxonalar baland qilib qurilgan. Ovoz past gapirilganda ham akostika juda yaxshi bo’lgan. Mikrafonsiz ham ovoz baland chiqgan. Buning uchun ibodatxona peshtoqiga o’nlab Xlar joylashtirilgan. Diqqat savol. Siz menga shu Xlarni ayting.
Javob: Ko’za , xum
Xum yoki ko’za oddiy banka ichiga huuu deb ko’ringchi aks sado qaytadi

1549. Abdulla Oripov she’riga e’tibor qarating.
Ox urub har yonda izg’iydi shamol.
Zamon makon bermay uni qistaydi
Orzusi faqat shu ku ham tog’ misol.
Dili orom olib yotmoq istaydi.
Arosatda yig’lar tog’lar ham ammo.
Ko’hi zamonidan topolmay iloj.
Armon qilar u ham shamoldek go’yo
Moviy kengliklarda yozsin deb quloch.
Diqqat savol. She’r nomi nima ?

JAVOB: She’r muashshah usulida yozilgan bosh harflarni birlashtiring
Ozod akam

1550. Xozir mening qo’limdagi narsaga birvaqtlar 5 donasiga 1ta tovuq bergan 1 siqimiga qo’y 1 xaltasiga sigir bergan. Zamonaviy muxandislar qo’limdagi narsaga g’ildirakning kashf etilishiga teng voqeadir deb izoh beradi. DIQQAT SAVOL. Uyimizda yaqinda ta’mirlash yakunlanganini hisobga olib aytingchi qo’limda nima bor?
JAVOB: MIX
Aslida qo’limda Mix yo’qkuya lekin remontdan keyin har burchakni tozalaganimda chiqib kelaverdi

1551. Og’zaki adabiyotda lof janri bor 2ta lofchi uchrashib qolib bir birini mot qilmoqchi bo’libdi birinchisi seni yoshing nechida desa ikkinchisi Xdan 7muchal kattaman debdi birinchi lofchi g’amga botib qolibdi. Sherigi xa nima bo’ldi desa sen tug’ulgan yiling meni itim o’lib qolgan edi shu esimga tushib qoldi deb sherigini mot qilibdi. DIQQAT SAVOL X o’rnidagi so’zni ayting?
Javob: Odam ato

1552. Qadimda misrda ekaklar ham ayollar ham yuzlarini pardozlab yurishgan. Qoshlariga qalin qilib dorivor giyohlardan tayyorlangan surtmalar surib yurishgan. Bu yuqumli kasalliklardan va oftobdan saqlash uchun bo’lgan. Ammo qandaydur salbiy vodea soddir bo’lib qolsa oilalari bilan bir necha kun pardozlanmay yurishgan. Diqqat savol . Siz menga bu qanday salbiy voqea ekanini ayting
Javob: Mushuki o’lsa

1553. Futbolga qiziquvchilar uchun savol. 2010 yil Turkiyaning FenerBagchi klubi hujumchisi Musa Sou 5ta o’yinda 3ta gol urgan. Bu gollarni qaychi usulida ustidan oshirib urgan. Bundan klub marketoliklari ilhomlanib Musa S ga sovg’a tayyorlashgan va uni sotuvga ham chiqarishgan. Yaxshigina pul ham qilishgan. Diqqat savol. Mantiqan o’ylab aytingchi unga nima sovg’a qilishgan?
JAVOB: Musa Sou 17 raqamda o’ynaydi buni hamma bilsa kerak. Marketoliglar unga fudbolkada ismi va 17 raqamini teskari yozilgan xolda tayyorlatib sovg’a qilishadi.

1554. Mashhur sayohatchi Xristafor Kolumb o’zi kashf etgan joylarda oltin va qimmatbaho ashyolar kamligi sababli, nima qilib bo’lsa ham, daromadini oshirish maqsadida u yerlardan Ispaniyaga X olib ketishni va X ni Ispaniyada sotishni rejalashtirdi.
Diqqat savol: X ni toping?

Javob: Qullar!
Izoh: U ispan qiroliga yozgan maktubida shunday deydi: «Qullarning ko’pchiligi yo’l mashaqqatlariga dosh bera olmay halok bo’lmoqda»

1555. «Paolo Keolo» sayyohlarga shunday deydi»
Bu maslahat g‘alati tuyulishi mumkin, lekin o‘zingiz o‘ylang: begona shaharda yurganingizda uning o‘tmishidan ko‘ra bugunini bilish qiziqroq emasmi?
To‘g‘ri, «U YERGA» ham borish kerak, lekin u yerda nimani ko‘rmoqchi ekanligingizni aniq bilishingiz lozim. Aks holda muhim narsalarni ko‘rasiz, biroq ularning nimalar ekanligini bilmaysiz.
DIQQAT SAVOL: U YERNI AYTING?

Javob: Muzeyga

1556. Qizlar parhez qilganda, litrlab undan foydalanishadi. Biroq ortiqcha vazndan xalos qilishi bu ajoyib ichimlikning yagona ijobiy xususiyati emas. U sog‘liqqa juda foydali bo‘lib, undan ayrim kasallikning oldini olish va davolashda foydalaniladi.
Savol: Gap nima haqida ekanligini maksimal aniqlikda ayting?

Javob: Ko’k choy
Faqat ko’k choy shunaqa hususiyatga ega. Choy javobi qabul emas!

1557. DETEKTIV SAVOL
Politsiyaga nima bo’lganini tushuntirgan Mr X Sherlokga qotillik haqida so’zlab beryabdi: men kafeda ishlayman, har doim ishga o’z vaqtida kelaman. Misis Y ham vaqtida keladi bugun ertaroq kelgan edi . Lekin bugungi qotillikga mening umuman aloqam yo’q. Chunki men har doim suv qaynatib kofe ichaman. Misis Y kofe tugul qaynagan suv ham ichmaydi. Faqat sovuq suz ichadi. Ekspertlar uni issiq suvda eriydigan zaxar ichib o’lgan deyishdi. Politsiya meni gumondor sifatida sanamoqda. Lekin bugun men uyda kofe ichganim uchun hatto suvni qaynashga ham qo’ymagan edim. Yordam bering. 
Sh: demak bu suv qaynatgichdagi suv qaynamagan to’g’rimi? 
X: mutloq yo’q. 
Sh: kofe ichadigan idishni iwlatdizmi? 
X: yo’q! 
Sh: unda men o’z iwimni boshlayman. Sherlok o’sha suvni qaynatdi va yana shuncha suvni olib qaynatdi.(bir xil temperaturada) U shu orada soatiga qarab qo’yar edi. Sherlok alamzada o’rnidan sapchib turdi. Keyinchalik Mr Xning kofe ichadigan idishi tekshirdi. Hamma idishlar tongda yuvilgan edi va rakvina oldida uzukni ko’rib qoldi u misis Yniki edi. Keyinchalik u polismenlarga Mr Xni qamoqqa olishini tayinladi.
Savol: Siz menga Mr X qotilligini isbotlovchi 2 sababni maksimal aniqlikda ayting?

Javob: 1-sabab Suv qaynagan boʻladi. Mr X suvni qaynatmaganligini aytdi lekin Sherlok qaytadan qaynatganda suv sekin qaynaydi. Chunki qaynagan suv tarkibidagi tuzlar erib qaynashi qiyinlashadi.
2-sababi Rakvina oldidagi uzuk borligi edi. Chunki Misis Y kofe idishlarini yuvishdan oldin uzukini yechib qoldirgan boʻladi !!

1558. Venetsiyalik sayohatchi Marko Poloning Xitoyga qilgan sayohati haqidagi kitob, asosan, uning shaxsiy kuzatuvlari, shuningdek, otasi Nikkolo, amakisi Maffeo va sayohat davomidagi «yashirin so’z» asosida tuzilgan.
Diqqat savol: «yashirin so’zni» 3 ta so’zda ifodalang.

Javob: tasodifiy kishilar suhbati
Yoʻlda koʻrgan barcha tasodifiy soʻzlardan foydalangan tuzishda!

1559. Dunyo bo’ylab o’z davlatiga ega bo’lmagan 7ta xalq bor bular:
1-Falastinlar
2-Basklar
3-Kurdlar
4-Lo’lilar
5-Tibetliklar
6-?
7-Sikxlar
Siz menga 6-xalq nomini maksimal aniqlikda ayting?

Javob : Kataloniyaliklar!

1560. Bu ikki mashxur Hind filmida bir xil sonlar ishtirok etadi.
1-Hammol
2-Vir va Zara sezib turganingizdek bu raqamlar 786 raqamlari bo’lib ular qanday ma’noni anglatadi?
Javobni 3ta so’zda ifodalang?

Javob: «Bismillaxir Roxmanir Roxiym»

1561. Yaponiya olimlari tomonidan tasdiqlangan bu fakt haqiqatdan ham insonda ro’y beradi. Inson qay holatda, ko’zlari odatdagidan yaxshiroq ko’ra boshlaydi? Bu savolga Yaponiya olimlari qanday javob beradilar?
Javob: Qo’rquvda

1562. Bu futbolchi ilk marotaba 13 yoshida OAV e’tiboriga tushgan. O’shanda u bitta o’yinda 23ta gol kiritgandi! Yakunda esa ushbu bolakay yetuk futbolchi bo’lib ulg’ayadi. BARCELONA safida haqiqiy yulduz darajasiga yetgan.
Futbolchi kim?

Javob: Ronaldinho

1563. Norvegiyalik professor Karla Rudalyaning tadqiqotlariga ko‘ra, ALFA ko‘krak qafasini mustahkamlaydi, yelka mushaklarini rivojlantiradi, umuman olganda ALFA inson organizmiga o‘ziga xos g‘ayrat bag‘ishlaydi.Fransiyalik shifokor Feliks Bremon ALFAni podagra va jigar kasalliklarini davolashda ancha qulay vosita, deb hisoblaydi.
ALFA ni toping?

Javob. Ko’zgu

1564. Yerning har xil burchaklarida turli xil kamalak ranglarining soni mavjud. Masalan, Buyuk Britaniyada ular 6, Xitoyda – 5 arab davlatlarida – X va Rossiyada esa – 7.
Savol arablarda nechta rang?

Javob: 4 ta

1565. 2004 yili Vashingtonda behush yotgan ayiqni uchratishgan. Uning yonida yuzlab og’zi ochiq X lar qalashib yotardi. Ma’lum bo’lishicha, ayiq o’ziga ta’mi ma’qul X larni tanlagan-u, bo’kib iste’mol qilgan. Keyin hushini yo’qotgan.
Diqqat savol ayiq nima iste’mol qilgan?

Javob: Pivo shishalari

1566. Bir jurnalning Sovet karikaturalaridan birida karikatura qahramoni alam bilan har doim Sovet Ittifoqi hududini mafkuraviy dushmanlar tomon tark etishni xohlamayotganligi haqida aytib beradi.Diqqat savol: karikatura qahramonini ayting?
Javob: Quyosh
Izoh:Sovet ittifoqining dushmani G’arb davlatlari bo’lgan.Quyosh har kuni ular tomonga ketib borayotganidan afsuslanadi

1567. «Alfa» askarlar boshqalarga qaraganda, niqoblangan dushmanlarni yaxshiroq farqlay oladi.
Alfa-?

Javob. «Daltonik»
Izoh: 1940-yilda daltonik-askarlarning boshqalarga qaraganda, niqoblangan dushmanlarni yaxshiroq farqlashi aniqlandi. Shungacha, bu toifa kishilari armiya xizmatiga olinishmagan.

1568. Dubaydagi supermarketlardan birining chiqish eshigiga «Good bye» degan yozuv turadi. Shu variantdan uzoqlashmagan holda supermarketning kirish eshigida qanday yozuv yozilganini toping?
Javob: Good Buy
Yaxshi harid

1569. Bu narsani kelib chiqishi va tarixi Rimga borib taqaladi. Liviy davrida barcha harbiy to’lovlar shu nom bilan atala boshlangan ekan. «Oltin davrdagilar» bu narsani juda qadrlashadi.
Diqqat savol: bu narsa nima ekanligini toping?

Javob: Stipendiya

1570. Biz bu X Y ranglarni birini ko’rsak baxri dilimiz ochiladi, ammo birgalikda ko’rsak bundan biz aziyat chekamiz va xromostereopsis kelib chiqadi!
Savol X Y bu ranglar qaysilar?

Javob: Qizil va Koʻk ranglari

1571. Karikaturalardan birida
Napoleonning arvohi Stalingraddan «muzlab» qochayotgan nemislarga: «Men hech bo’lmaganda » bir ish bajargandim » – debdi.
Diqqat savol: bilimdonlar siz menga «bir ishni» ikki so’zda ayting?

Javob: «Moskvani olgandim»

1572. Amerikaliklar har doim kanadaliklar ustidan kulishadi. Amerikaliklar fikricha, xokkey nima sababdan uch taymdan iborat?
Javob: O’yinga asos solgan kanadaliklar uchgacha sanashni bilishadi, xolos deyisharkan.

1573. Sin imperiyasi davrida ularning soni kishining mavqeyiga qarab bazan 48, bazan 64, bazan 84 tani tashkil etishi mumkin edi. Diqqat savol: Bu son nimani anglatgan?
Javob: Marhum tobutini ko’taruvchilar.

1574. Germaniyaliklar Frislandiya aholisi ustidan kulishadi. Nemislar fikricha, frisliklar nega chaqmoq chaqayotgan paytda jilmayib turishadi?
Javob: Rasmga tushayapmiz deb o’ylashadi.

1575. Bir o’zbekona karikaturalardan birida haydovchi yo’lovchiga–
yana 1000 so’m qo’shing, axir benzin qimmatladiku deb aytadi. Yo’lovchi esa haydovchining bu gapidan hafsalasi pir (xafa)bo’ladi
Diqqat savol: hurmatli bilimdonlar mantiqan o’ylagan holda aytingchi yo’lovchining hafsalasi pir (xafa) bo’lishiga aynan nima sabab bo’ladi?

Javob : haydovchining mashinasiga «diqqat gaz» yozuvi yopishtirib qo’yilgan bo’ladi!

1576. Savol metro bekatlari haqida.Bu metro bekat qurilishi 1986-yildan 2001-yilgacha davom etgan. Va o’zini yetarlicha oqlagan xozirda bu metro bekati dunyoda N1 xisoblanadi bizga bekat nomi emas u qayerda joylashganini ayting?
Javob: Bockenheimer Warte bekati, Frankfurt, Germaniya

1577. Odamlarga xayron qolasiz. O’g’irlikni qilib qo’yadi-da «bilmay qoldim, shayton yo’ldan urdi» deydi… To’g’ri odamzot qonida shayton vasvasasi aylanib yurishi bor gap. Ammo, shunaqangi erkaklar borki, qirqta urg’ochi shaytonni bolalatib tashlaydi, shunaqangi ayollar borki qirqta erkak shaytonni «X» ga majburlab qo’yadi.
Diqqat savol: «X» ni ikki so’zda yozib bering?

Javob: Aliment to’lashga!
Izoh: Manbaa – «daftar hoshiyasidagi bitiklar» O’. Hoshimov
Mavzu: Inson va shayton. Hamma aybni shayton sho’rlikka to’nkayvermang!

1578. Diqqat! savolda almashtirish bor
1460-yilda Portugaliyalik dengiz sayyohi shahzoda Enrike vafot etadi. Shu yilning o’zida shahzoda Enrike va uning kapitanlari boshlagan ishlarini nihoyasiga yetkazish nasib etgan Vasko da Gama dunyoga keladi. O’sha vaqtga kelib, barcha erishgan muvaffaqiyatlariga qaramasdan portugaliyaliklar kemalari, hattoki «uyiga» ham yetib bormagan edi.
Endi savol: almashtirilgan «uyiga» so’zini o’z holiga keltiring?

Javob : Ekvatorga!
Izoh: Enrikening olimidan so’ng ekspeditsiya ma’lum bir vaqtga to’xtatiladi. Ammo 1470-yildan keyin qiziqishlar yana avj olib, San-Tome va Prinsipi orollariga suzib boriladi, 1482-1486 yillarda Diogu Kan «ekvator»dan janubga tomon Afrika qirg’oqlarining katta qismini ochadi.

1579. Bir kuni A. Navoiy bozorga besh yuzta qo’yni sotish uchun yetaklab bordi. Qo’ylar juda semiz to’lishgan edi. Shuning uchun hamma shu yerga kela boshladi. Shunda Navoiy yig’ilgan olomonga dedi: men qo’ylarni hammaga nasiyaga sotaman, pulini esa podshoh o’lgan kuni to’laysizlar debdi. Bundan podshoh xabar topib uni tutib keltirishni buyuribdi. Navoiy tutib shoh huzuriga keltirilganda, shoh g’azablanib, bundan maqsad nima edi desa,
Navoiy bobomiz aytgan ekan:
Diqqat savol: bilimdonlar Navoiy bobomiz nimani maqsad qilganini menga yozib bering?

Javob : Shohim mening bu ishimda hech qanday g’arazli niyat yo’q aksincha, mening qo’ylarimni olgan insonlar: shohimiz o’lmasin, umrlari uzoq bo’lsin deya sizni duo qilib yuradilar. Chunki, siz o’lsangiz qo’ylarni pulini to’lashlari kerak bo’ladi-da! Degan ekan buyuk bobokalonimiz!

1580. Insonni barcha hayvonlardan yuqori qo’ygan, uni dunyoning butun sirlaridan voqif etgan to’rt narsa budir: hikmat, aql, qanoat va «x» .
Ilm tahsil etmoq, savod chiqarmoq va har narsani atroflicha tushuna bilmoq — hikmatga;
Tadbir, sabr, nazokat, marhamat — aqlga;
Hayo, olijanoblik, o’zini qo’lga olmoq va o’zini haq-huquni bilmoq — qanoatga;
To’g’rilik, va’daga vafo, ezgu ishlar qilmoq va yaxshi xosiyatli bo’lmoq — «x» ga tegishlidir.
Diqqat savol: bilimdonlar «x» ni bitta so’zda ifodalang?

Javob: «adolatga»
Manba: «Aql va Oqil» ©Tohir Malik

1581. Hayot shunchalar kengki, hatto «x» bilan ham qamrab ola bilmaysan.
Hayot shunchalar torki, hatto olgan nafasing «y» beradi.
Diqqat savol: hurmatli bilimdonlar «x» va «y» ni aniq yozib bering!

Javob: «x» – «hayol»
«y» – «aks-sado»
Manba: «daftar hoshiyasidagi bitiklar» O’. Hoshimov
Mavzu: «nisbiylik»

1582. Donishmandlardan birining aytishicha: «bu ishni» qilmoq til ostida cho’g’ ushlab turishdan ham qiyinroq ekan.
Diqqat savol: bilimdonlar «bu ish» ham til bilan bog’liq ekanini bilgan holda, «bu ish» ni ikki so’zda yozib bering?

Javob: «sir saqlamoq»
Haqiqatdan ham bu ishni kamdan-kam odam bajara oladi!

1583. «X» tashqaridan sinsa uning hayoti yakun topadi va aksincha ichkaridan sinsa, unda hayot boshlanadi.
Diqqat savol: bilimdonlar! mantiqan o’ylab «x» aniq yozib bering?

Javob: Tuxum

1584. «Lego» kompaniyasini hammamiz bilamiz menimcha.
Shunisi qiziqki kompaniya o’z plastmassali o’yinchoqlarini maxsus suyuqlik bilan qoplab, ishlab chiqaradi.
Diqqat Savol: Biz buni nima ekanligini soʻramaymiz bunday qilishlarini sababi nimada?

Javob : Rentgenda koʻrinishi uchun!
Izoh : Agarda ushbu o’yinchoqni o’ynayotgan bolakay uni(o’yinchoqni) bilmasdan yutib yuborsa rentgen nurlarida ko’rinishi uchun!

1585. Yerda harorat past boʻlgani uchun X deyarli uchramaydi. X chaqmoq boʻlgan paytda hosil boʻladi. Atmosferaning yuqori qismida ya’ni 100 km balandlikda ionosferada ionlashgan Xlar bor, ular quyoshdan ajraladigan ultrabinafsha nurlanishdan hosil boʻladi . Osmonda barcha moddalar 99.9% X dan iborat. X agregat holatlardan biri hisoblanadi!
Diqqat savol X toping?

Javob: PLAZMA
Izoh: plazma chaqmoq urganda hosil boʻladi. Yuqori haroratda gazlar plazma holatiga oʻtadi. 4xil agregat holatdan biri plazma hisoblanadi:( gaz suyuq qattiq PLAZMA )

1586. Bir karikaturaning qizilyanoqli qaxramoniga talabchan kassir savol bermoqda: sizga rostan ham 1ta bilet kerakmi ?
Diqqat savol qahramonni toping ?

Javob : Matryoshka

1587. Donishmandlar dunyoni «ko’prik» ga o’xshatishadi va shunday deydilar: sizlar bu ko’prikdan o’tinglar, ammo «x» qilmanglar.
Diqqat savol: bilimdonlar o’ylab ko’ringchi donishmandlar «x» deganda nimani nazarda tutishgan ?

Javob: «ta’mir»
Izoh: kimdir to’xtab ko’prik ustida nimadir qurishga, uni bezashga mashg’ul bo’lib qolib, asl maqsadini unutadi.

1588. Qadimdan yurtimizda turli qurilishlarda turli ashyolardan aniq maqsadlarda foydalanishgan shulardan bir savol. Sardoba lar qurilishida tuya juni va koʻmirdan foydalanishgan, savol: ularni vazifasini ayting?
Javob: Filtr
Izoh: suvni tozalash uchun

1589. Britaniyalik bir askar Normandiyadagi yig’inda o’ziga xos X bn ajralib turuvchi yagona askar bo’lgan. Askar o’zining iqror bo’lishicha keyinchalik, La-Manshga sakragandan so’ng, suvning o’ta sovuqligidan nafas olishi bir muddat to’xtab ham qolgan ekan. Siz X nima ekanligini ayting?
Javob: Yubka

1590. Brevard okrugi Kennedi nomidagi kosmik markaz boʻlib uning telefon raqami odatiy faqat juft raqamlardan emas toq raqamdan ham iborat.
Savol: siz uch raqamdan tashkil topgan telefon raqamini yozib bering?

Javob : 3-2-1
Izoh : Ushbu raqamlar kosmik kemalarga start berilishidan oldin sanaladigan raqamlar. Ushbu sanoq orqali biz ham oʻyinimizga start beramiz!

1591. XVIII asrlarda London Taueridagi hayvonot bog’iga kirish uchun tashrif buyuruvchilar o’zlari bilan mushuk olib borishgan, bu mushuklar hayvonot bog’i uchun «x» vazifasini bajargan. Lekin undan yana bir maqsadda foydalanishgan.
Diqqat savol: bizga «x» ni nima ekanini emas, balki ikkinchi maqsad nimaligini imkon qadar aniq yozib bering?

Javob: Bechora jonivor sher va boshqa yirtqichlarga yemish sifatida berilgan.
X esa chipta – hayvonot bogʻiga kirish vazifasini bajargan!

1592. Bir xakimga : » Nega odam birovlarning X ini kor’ganchalik o’zini X ini koʻra olmaydi? » deyishdi. «Chunki inson oʻziga oshiqdir , oshiq esa mashuqning X ini koʻrmaydi», deb javob berdi xakim?.
Diqqat savol X – ?

Javob: X – ayb, gunoh

1593. U Parijdagi qabristonda dafn qilingan boʻlib, unga oʻrnatilgan yodgorlikda » Rossiya va Fransiya shaxmat daxosi » degan yozuv bor.
Savol: u kim?

Javob: Aleksandr Alyoxin

1594. Aleksandr Genisning yozishicha, sobiq sovet ittifoqining ikki vakili «Ekspo 67» deya nomlangan butunjahon koʻrgazmasida dastlabki oʻrinlarni band etishadi yani ya’ni Ukrainalik birinchi va Gruziyalik ikkinchi oʻringa loyiq topiladi.
Savol bu qanday koʻrgazma edi?

Javob: Oshpazlik
Izoh : Ukrainlarning Borshi va Gruzinlarning shashligi

1595. Bolalar sho’xlik qilganda onalar ularni nima deb qo’rqitadilar? Hali qarab tur dadang ishdan kelsinlar, bir chaqib berayin, bir adabingni bersinlar…. Bunday po’pisalar deyarli har bir oilada yangrab turadi. Afsus shuki, bu gap po’pisaligicha qolmaydi, «alfa» amalga oshiriladi.
Diqqat savol: bilimdonlar «alfa» ni bir so’zda aniq yozib bering?

Javob: «chaqimchilik»

1596. «X» – iffatga xos yetti fazilatlardan biri bo’lib, achinmasdan, ayamasdan lekin haddan oshirmasdan molni kerak bo’lgan o’rinlarda o’ziga, yaqinlariga, muxtojlarga sarf etishdir. «X» siz odam — yog’insiz bahor bulutiga va hidi yo’q mushk–anbarga o’xshaydi.
Diqqat savol: bilimdonlar «x» bir so’zda aniq ayting!

Javob: «Saxovat»
Manba: Halol nima-yu… harom nima. ©Tohir Malik

1597. Angliya o’rmonlarining birida bir tulki chalajon holatda yotardi. Kunlardan bir kun bu tulkini bir qariya chol ko’rib qoladi va uni o’z qaromog’iga oladi. Tulki o’ziga keladi va chopqillab ketadi. So’ngra bu tulki shu o’rmon qirolini taxtdan ag’darib qirol darajasiga yetadi.
Diqqat savol: bilimdonlar bu tulki kim edi?

Javob: «lester»(tulkilar) jamoasi
Izoh: lester jamoasi championshipdan aplga ko’tarilgach so’ngi o’rinlarda yotardi. Qariya chol esa Klaudio Ranyeri edi. Ranyeri lesterni chempionlikka ya’ni cho’qqiga chiqargan edi.
O’rmon esa angliya primer ligasi edi!

1598. Sizga taqdim etilayotgan sur’atda Germaniyada XX asr o’rtalarida «bir ishni» amalga oshirish jarayoni tasvirlangan. Sizga yordam sifatida shuni aytishimiz mumkinki hozirgi kunda bu ishga juda salbiy munosabatda bo’lishadi!
Diqqat savol: «bir ishni» bizga yozib bering!

Javob: «irqiy mansublik» belgilash
Izoh :Germaniyada irqiy mansublik shunday yo’l orqali belgilangan. 1940-yil.??

1599. ⚠️ Sotsial reklama plakati
Sizga taqdim etilayotgan sur’at anglaganingizdek to’liq holda emas. Diqqat qiling bilimdonlar! Mantiqni ishga solgan holda sur’atning yashirin qismida nima borligini aniq yozib bering?

Javob: muz!

1600. Sizlarga taqdim etilayotgan sur’atda ixtirochi Karl Bents do’sti bilan mashinada o’tiribdi. Bizga nima aloqasi bor deyishingiz mumkin. Ammo, savolimiz shu bilan bog’liq.
Diqqat savol: bu sur’atdagi mashinaning qanday o’ziga xosligi mavjud? Shuni bizga imkon qadar aniq yozib bering!

Javob: Ixtirochi Karl Bents o’zi tomonidan patentlangan birinchi avtomobili rulida edi, Germaniya, 1886-yil.