27-qism savol javoblar

Savol javoblar t.me/Eski_Savollar_Bazasi telegram kanalidan olingan.

2601. Mark Tven shunday deb yozgan ekan: O’g’ri hayotning va hamyonning o’rtasida ixtiyor beradi, Y esa ikkovini ham talab qiladi degan ekan))
Diqqat savol: osonlik bilan menga Y ni ayting?

Javob: Rafiqa

2602. Abu Rayhon Beruniy…
«U»ning abadiy izlari bo’lmaganda. xalqlarning xabarlarini qaydan bilar edik?
U nima ?

Javob: Qalam siyohqalam

2603. Siz ko‘rib turgan surat Ispaniya shaharlarining birida Unga o‘rnatilgan manument.
Savol:Uni bir so‘z bilan ayting?

Javob: Ona

2604. Qadimgi Yunonistonda bu binolarga: «Bu yerda o’liklar yashaydi va tiriklar gapiradi» deb yozilgan.
Savol: Bu qanday bino edi?

Javob: Kutubxona

2605. Sa’diy Sheroziy.
Hech kimsani sening yoningda turganiga ishonma.
Qarshinga chiqmog’i uchun bir qadam.
«X» bo’lmog’i uchun bir og’iz so’zing etar.
X -?

Javob: Dushman

2606. Agata Kristi «O’nta negr bolasi» asaridan
Kupidon – qadimgi rimda sevgi ilohasi sanaladi. Asarda go’zal orol egasi bo’lgan yigit kupidon qurboniga aylanib «U ni» orolda o’tkazmoqchi bo’lgani yoziladi. Yigitlar haziliga ko’ra «U» o’n ikkitaning eng yaxshisi ekan.
«U» ni ikki so’z bilan ayting?

Javob: Asal oyi

2607. Siz ko‘rib turgan rasm XIX -asrda olingan bo‘lib unda bir qurilma reklama qilinmoqda siz menga shu qurilma nima ekanini ayting?

Javob: Fen

2608. Konfutsiy U haqida shunday deydi: U juda kuchli quroldir, agarda sen uni ishlatishni yaxshi o’rgansang U seni qirolga aylantirishi mumkin, agarda sen uni ishlatishni bilmasang U qurol seni yaralashi ham mumkin.
U nima?

Javob: Siyosat

2609. Bu hayotda inson ikki eshik orasida yashaydi. Birinchisidan kirib, ikkinchisidan chiqib ketadi.
Bu eshiklar orasida kimdir X qo’yadi, yana kimdir shu X ni olib ketadi.
O’tkir Hoshimov ,, Ikki eshik orasi».
Savol: X?

Javob. G’isht

2610. Mashhur komediant yozuvchilardan biri yong‘in paytida qutqarish lozim bo‘lganlarning 27ta ketma ketligini tuzib chiqadi. 1-o‘ringa xotin ni yozadi. Mantiqan o‘ylab oxirgi 27 o‘rindagi qutqarilishi lozim bo’lgan Xni toping?
Javob: Qaynona

2611. Xitoyning barcha shaharlarida sizni munosib haq evaziga manzilingizga yetkazib qo‘yuvchi ko‘plab velorekshalar bor.Ular masofaga va X qarab haq olishadi.
Diqqat savol Xni toping?

Javob: Vaznniga qarab haq olishadi

2612. X shubha va qo‘rqinchni keltirib chiqaradi. Harakat ishonch va jasoratni keltirib chiqaradi. Agar siz qo‘rqinchni yengmoqchi bo‘lsangiz, uyda o‘tirib bu haqda o‘ylash kerak emas. Ko‘chaga chiqing va harakat qilishni boshlang.
-Deyl Karnegi
Savol: X ni bitta so’z bilan yozib bering?

Javob. Harakatsizlik

2613. X ba’zan hikmat, ba’zan ne’matdir. Agar sizda Xga hohish bo‘lsa va buni uddalay olsangiz ~ yaxshi. Agar sizda X ga hohish bo‘lmasa va ataylab amalga oshirmasangiz ~ yomon. X ni hohlamasangizu u yuz bersa, bunda bir xayr bor. Agar sizda shunchaki tez~tez X yuz bersa, bu endi kasallikdir. X ni ayting?
Javob: Unutish

2614. Yapon adabiyotidan tanka
To‘lqin yugirib
Sholoplab qaytdi
Qumdagi men yozgan xatni o‘chirib .
Kim o‘chira olar , ayting kim ?
Motamzada Xatni X dan ?
Xni bir so’zda ayting?

Javob. Yurakdan qalbdan

2615. Xitoyliklar uning «eskisini» zaharga tenglashtiradi. Yaponlar esa uni ilondan yomonroq chaqadi deyishadi, lekin bizda uning «eskisidan» tap tortmay foydalanishadi!
Diqqat savol: Uni toping?

Javob: Choy

2616. XX asr inglizlar wikipediyasida quidagi fikr paydo bo’ldi.Inson ulg‘ayib yo‘shi o‘tgan sari, jismi, ruhiyati va dunyoqarashi ham o‘zgarib borar ekan. Sochlarga oq tushadi, o‘ychan va rahmdil bo‘la boshlaydi. Tez ~ tez o‘tgan ishlarini yodga olib, »Biz (men) yoshligimizda» deb gap boshlar ekan. Shu bilan birgalikda bunday insonlarda X paydo bo‘lar ekan. X yosh bolalarda ko‘proq bo‘lishini bilgan holda aniq ayting?
Javob: Maqtanchog’lik

2617. Shayx Zulfiqor Ahmad Naqishbandiy hazratlaridan iqtibos: Hayot daftarida xatolar qilmagilki, tavbadan oldin hayoting tugab qolmasin.
Iqtibosda tavba va hayot qaysi ikki narsaga qiyoslanganini aniq yozib bering?

Javob. Tavba – o’chirg’ich, hayot – qalam
Izoh: Qalamdan oldin o’chirig’ich tugab qolmasin.

2618. Yapon milliy adabiyotidan
XOKKU
Tong pallasi yirik X lar
Nog‘ora qilib chalar
Kulbaning tomin .
X ni toping?

Javob: Tomchi

2619. She’riy savol
Sen borki, men bejo qo‘ymadim qadam,
Manzilni bilmayin yo‘lga tushmadim.
Parvosiz bo‘lmadim biror lahza ham,
Tashakkur, hamisha bor bo‘l, X
X ni toping?

Javob: Dushman

2620. Faylasuflar u yerni tafakkur va ibrat manzili , ammo beg‘amlar joyi emas deb atashadi.Shoir Chustiy u yerning sarisi ham , so‘risi ham , aqrabo-yu aziz mehmoni ham yo‘q ekanligini yozganlar.
Savol: Bu joy nomini bir so‘z bilan ayting?

Javob: Qabriston

2621. Inson zoti hamisha jumboq,
Bilolmaysan hech afzalini –
Boy oyog‘in qilar ehtiyot,
Qashshoq asrar X ni.
X ni bir so’zda ayting?

Javob: Oyoq kiyim

2622. A.S.Pushkin «O‘z do‘stiga maktublari» hujjatli asarida yoz haqida shunday fikirlarni keltirgan:
«Yozni yoqtirmasligimga 4 ta sabab bor.
1) Juda issiq .
2) Bekorchi erkaklar ko‘payib ketadi.
3) chang va to‘zon
4) ?

Pushkinni fikriga biz ham qo‘shilishimiz tayin
Savol : To‘rtinchi sababni yozib bering?

Javob: Pashsha chivin

2623. Yapon milliy adabiyotidan
Xokku
Yana bahor qaytib kel,
O’z uyingni unutma,
Ey, yo’lovchi X!
Xni ayting?

Javob: Qaldirg’och

2624. U shaxs turk, arab, fors xalqlari tarixini, diniy, dunyoviy va falsafiy bilimlarning murakkab jihatlarigacha puxta oʻrgangan lekin biz u shaxsni bu haqidagi maʼlumotlar orqali bilmaymiz, balki umuman boshqa sohaning yirik, buyuk vakili sifatida taniymiz!
Diqqat savol: U kim?

Javob: Amir Temur

2625. Bir kishi og’ir dardga chalinib o’zini o’zi davolashga qaror qilibdi va buni uddasidan chiqibdi. U dorini tarkibini kitob qilib yozibdi. Kitobni rasm bilan ifodalamoqchi bo’lib. Birinchi betiga kasal yotgan holatini , ikkinchi betiga dori ichgandan keyingi yaxshi bo’lyatgan holati ya’ni o’tirgan holatini chizibdi , uchinchi betiga butunlay shifo topganini chizibdi. kitob tayyor bo’lgach bir arab davlati podshoxiga jo’natibdi podshox uni tezda zindonga tashlashni buyuribdi. Savol nima sababdan zindonga tashlashni buyurdi?
Javob. Rasm holatini olsak, arablarda kitob teskari ochiladi. Shunda sog’ holatini birinchi ko’rgan, kasal bo’lgan holati oxiri ko’ringan. Podshox o’ylaganki bu dori odamni o’ldiradi deb.

2626. «Ozodlik haykali» , «Ozodlik ma‘budasi» so‘zlarini eshitgansiz.
Qaysi davlat «Ozodlik oroli» deb nomlanadi?

Javob: Kuba

2627. O‘tkir Hoshimovning «Ikki eshik orasi «ramanidan olingan parcha
Odam qimmatbaho narsasini yo’qotsa achinadi. Tuhmatga qolsa boshini tog’-toshga uradi.Qadri yerga urilsa,isyon ko’taradi.Yaqin kishilaridan ayrilsa dod soladi…Lekin undan ayrilsang g’alati bo’larkan. Hech nimaga,hech kimga,hatto o’z qadringga ham achinmaysan.Dod solmaysan. Isyon ko’tarmaysan…Go’yo sen o’lgansan.
Savol: Inson nimadan ayrilsa go‘yoki o‘lganday bo‘ladi?

Javob. Umididan ayrilsa.

2628. Ritsarlar ichida eng ashaddiylari Angliyada davr surushgan. Qirol Artur paytidagi yig‘inlarda manman ritsarlar unvon talashavergach ,qirol Artur hammani teppa-tengligiga erishadi.Qirol Artur yig‘inlarda nimani joriy qilgan?
Javob: Aylana Stol

2629. Angliyada maktab o‘quvchilarini shu nom bilan atashgan. Ispaniyada insonlarning munosabati shu so‘z bilan izohlangan. Polshada bo‘ydoqlar shu nomda atalgan.
bu qaysi so‘z?

Javob: Kovaler

2630. Amsterdamning Kyokenxof hududida juda katta lolalar muzeyi bor. Bu muzeyga kirganda odamlar , 2 ta chipta sotib olishlari mumkin. 1 tasi muzeyga kirishlari uchun.
ikkinchisi nima uchun olinadi?

Javob. Velosipedlar uchun.
Izoh: sababi muzey juda ham katta. Piyoda aylanish ancha vaqt talab qiladi.

2631. Jaloliddin Rumiy dunyoda hamma narsa suvga to‘yadi. X suv ichida yursa ham suvga to‘ymaydi. Buni ilmga qiyos qilib aytadilarki: “Go‘yo sizlar ilm olishda Xga o‘xshanglar, X suvga to‘ymagani kabi sizlar ham ilm ichida yurib ilmga to‘ymanglar”, – deganlar.
Savol X nima?

Javob: Baliq

2632. Bu predmet ayrim insonlar uchun juda zarur hisoblanadi.U predmet o‘sha insonlar uchun maxsus yig‘ma tarizda ishlab chiqariladi.Agar yig‘ma bo‘lmasa uni yo‘qotib qo‘yishlari mumkun.
Savol:Bu predmet nima?

Javob. Yig’ma hassa ko’zi ojizlar uchun?‍?

2633. She‘riy savol.
Qadimda bobolar saqlab jonini,
Do‘ppilar ichiga solib yurushgan
Momolar jixozlab kelin uyini
Palaklar qatiga tiklab qo‘yishgan.
Bir shoiri zamon -tarifi maysa,
Unga suyangandi gar o‘lib qolsa.
Savol: Hurmatli bilimdonlar aytingchi she‘rda nima ta’riflangan?

Javob. Yalpiz

2634. «U» avliyo emas…
ammo kezi kelsa…
oqni qora…
qorani oq qilishga qodir…
Savol :Bu ta’riflar nimaga tegishli?

Javob. Pul

2635. Buyuk Ipak yo‘li bir necha asrlar mobaynida xalqlarni , davlatlarni bog‘lab turgan.Bilasiz karvon transporti tuya va ot .Lekin ko‘pgina karvonboshlar o‘zlari bilan 2-3ta eshak ham olib yurushgani manbalarda keltirilgan.Ularni birov mingan yo minmagani muhum emas .Ular asosan karvon to‘xtaydigan manzilga yetib borgach, o‘z vazifasini bajarishgan.
Savol :Karvonboshlar nega bu jonzotlarni olib yurishgan?

Javob: Quduq suvlari avval eshaklarga berilgan agar zaharlanmasa keyin boshqalarga berilgan

2636. Tibbiyot otasi Gippokrat juda ko‘p kasalliklarni davolash usullarini joriy qilgan.Bir toifa bemorlar uchun klinika tashkil etib , bemorlarni faqat sut ,asal va tuz berib davolangan.Uning fikricha bu kabi bemorlarga shu uchta maxsulot foydalidir.
Savol: Qanday bemorlar shu uch maxsulotlar bilan davolagan?

Javob: Gippokrat bunday usulda aqldan ozgan va jinnilarni shu usulda davolagan

2637. Aflotunning fikricha A B dan kuchli , B esa A dan ko‘ra uzunroq. Agarda A o‘ta kuchli bo‘lsa , B ga kun qolmaydi. Yordam tariqasida shuni aytish mumkunki , insonlarda avval A paydo bo‘ladi, keyin esa B .
Savol: A va B ning nima ekanligini toping?

Javob: A-muhabbat B- ayriliq .
Muhabbat ajralishdan kuchli, vaqt nuqtai nazaridan qaralganda ayriliq muhabbatdan uzunroq.

2638. Shekspirning uchqur iborasi:
«U tabiatning insonga bergan shoxona ziyofatidir». Yaxshi ziyofatdan keyingi holatni yodga oling .
Savol :Shekspir nimani shohona ziyofatga qiyoslagan?

Javob: Uyquni

2639. VIII asrda yashab ijod etgan Xitoy shoiri Li Bayning to‘rtligi.
Gulzor aro bir ko‘za sharob
Yo‘q xamrozim ichurman yolg‘iz
Kel,Oy ich men bila boda ,
Uch jon bo‘lib men, sen va …..
Savol :uch nuqta o‘rnini to‘ldiring?

Javob: soya

2640. Siz yil sayin o‘sasiz
U-chi nurga qaraydi.
Kichraysa-da jussasi
Xamroxlikka yaraydi.
Savol: She‘rda ta’riflangan hamrox nima?

Javob: Soya

2641. Yana Xitoyga sayoxat qilamiz
Qadimgi Xitoyda bir kasb egasi bo‘lish uchun imtihon o‘tkazilib,sinovda qatnashayotganlarning oldiga mix qoqilgan taxtalar qo‘yilgan.
Savol: Mix qoqilgan taxtachalardagi mixlarni sug‘urganlarga qaysi kasb bilan shug‘ullanishga ruxsat berilgan?

Javob: Tish shifokori

2642. Qadimgi Rimda ilm bilan muntazam shug‘ullangan kishilarni shunday nomlashgan.
Savol ;Bunday kishilarni qanday atashgan?

Javob: Student

2643. Bir necha yillar oldin Ganada bir qonunni amaliyotda qo’llab ko’rishdi.
Unga ko’ra ajrashmoqchi bo’lgan oila eng baxtli kunlaridan birini eslashi va o’z qarorlarini qayta o’ylab ko’rishlarining antiqa talab qo’yilgan.
Diqqat savol: unga ko’ra er xotin qanday majburiyatni bajarishi kerak bo’lgan?

Javob: ular to’y kunidagi kiyimlarini kiyishlari kerak bo’lgan.
Eng yaxshi kun bu nikoh kuni Deb etirof etilgan.

2644. Yapon Xokkusi bitta so‘z bilan yakunlang.
Xaltasini to‘ldirib
Sevgiga ,g‘amga ,baxtga..
Kirib keldi……
Diqqat savol: Kim kirib keldi?

Javob: Pochtachi

2645. Fransuz yozuvchisi Prosper Merime «Agar baxt ulashiladigan uy qurilganida edi, unda eng katta zalni u uchun bergan bo‘lishardi hamda eshigiga quydagi ikkita so‘zli taxtacha ilib qo‘yilar edi» degan ..
Savol : baxt uyida eng katta zalni nima uchun berishar edi?

Javob. Eng katta zal kutush zali
Taxtachaga kutush zali deb yozilgan.
Izoh:Baxt tarqatadigan uyga hamma baxt izlab keladi odam ko‘p bo‘ladi shunga eng katta xonani kutush zaliga bergan

2646. AQSHning Nyu Jersi shtati Kreskill shaxrida mushuklar bo‘yniga qo‘ng‘iroqchalar osib qo‘yish majburiy etib belgilangan. Diqqat savol: Nima sababdan shunday qilingan?
Javob. Qushlarni asrab qolish uchun bo‘yniga qo‘ng‘iroq ilib qo‘yishgan

2647. Fransuz reklama plakati: bitta dinozavr, dinozavr tuxumini o’g’irlab ketyotgan kishini ta’qib qilyapti.
Diqqat savol: Plakatda qaysi sport turi reklama qilinyapti?

Javob. Amerikancha futbol(regbi)

2648. Dostoyevskiy o‘z asarlarida ularni
«Yuradigan va gapiradigan gazetalar «degan .
Savol: U kimlarga nisbatan bunday tarifni bergan?

Javob: G’iybatchilar

2649. Meksika prezidenti Alvaro Obregon: «Men bu lavozimga daʻvogar boshqa insonlardan ustunligim shundaki, har qanaqasiga ham Davlat g’aznasini ulardan ko’ra kamroq o’maraman!» degandi va u bu gapiga qanday isbot keltirgan?
Javob: uning bir qo’li bo’lmagan

2650. «Tasavvur ruhiyatga, ruhiyat esa maishiy turmushga «degan falsafiy iborani inkor qilmoqchi bo‘lgan Amerikalik bir tadbirkor shahar markazidan restoran ochibdi. Uning rangini bironta qaxvaxona va restoranda uchramaydigan oq rangga bo‘yabdi Xashamatli oppoq restoran mijozlarni jalb qilish o‘rniga ,negadir ularda noxush his uyg‘otar emish.
Savol:Nega noxush his uyg‘otishi sababini izohlang?

Javob. Oq rang ko‘pchilikga » Shifoxonani eslatgan»

2651. Xristofor Kolumb ilk sayohatiga chiqayotib askarlar , zobitlar va matroschilarning eng tajribalilarini to‘plagan. U 3 -4 ta arab dengizchilarini ham matroslar safiga majburan kirgizadi. Ulardan yana boshqa vazifada foydalanmoqchi bo‘ladi.
Savol:Kolumb nima uchun arab dengizchilarini ekipajga kiritadi?

Javob. Kolumb ilk sayohatida Hindistonga bormoqchi bo‘lgan hind tili arab tiliga o‘xshash bo‘ladi borganda arablardan tarjimon sifatida foydalanaman degan…

2652. Pifagor sergap va og‘zi bo‘sh odamlarni chug‘urchuqa o‘xshatadi. Raqamlarni eng aniq va narsalardir deydi. Insonlar orasida bo‘ladigan hazil -mutoyibani nozik baholab uni bir ne’mat bn taqqoslagan
Savol : Pifagor xazil -mutoyibani qaysi ne’matga qiyoslagan?

Javob: Tuz

2653. Bu ixtiro haqida ko‘p fikrlar aytilgan.Masalan dengizchilar u bilan safarlari tezroq o‘tishiga ishonishgan
Fenimor Kuper asaridagi xindu sarkardalaridan biri u uchun 2ta ot berilgani yozilgan. Gabrel Garsiya Markesni «Yolg‘izlikning 100 yili» asari qaxramoni bo‘lmish lo‘li Melkiades unga qarab turib «Fan masofani yo‘qotadi» degan fikirni aytadi.
Savol : yuqoridagi ta’riflar nimaga nisbatan berilgan?

Javob. Durbin

2654. O‘tkir Hoshimovdan aforizm: ‘‘ U pastkash insonlarda uchraydigan eng og‘ir ‘‘kasallik‘‘ lardan biridir. Eng yomoni bu ‘‘kasallik‘‘ ka giriftor bo‘lganlar o‘zlarini ham, mehribon insonlarini ham hurmat qilishmaydi, qiynoqqa duchor qilishadi‘‘.
Ammo hadislarda O‘tkir Hoshimov aytayotgan ‘‘kasallik‘‘ ga duchor bo‘lmagan erkaklarga jannat harom ekanligi aytilgan.
DIQQAT SAVOL: Gap nima haqida ketmoqda?

Javob: Rashk

2655. Bugungi kunda deyarli hammaning xonadonida bor bo‘lgan BU buyum xitoyliklar nazaricha kelajakni bashorat qiladi. BU buyum yasalganiga ming yillardan oshdi. UNI O‘zbekiston hududlarida ham yasashgan.
Savol: Bu qaysi buyum?

Javob: Ko’zgu

2656. U narsaning tili bo‘lganda ,u o‘zi haqida shunday degan bo‘lardi:
«Qachonlardir men juda katta edim, menda katta vujud yashardi.
So‘ngra ag‘darishib meni vujuddan ajratib olishdi.Vujud tuproqa aylanib ketdi, men esa pastroqda bo‘lsa ham xizmatimni qilib yurubman «
Savol: Yunon bitiklaridan qolgan jumboqni ,yani gap nima haqida ketayotganini ayting?

Javob. Hayvon terisi.
Izoh :tanasi yer bilan bitta bo‘lib ketadi ammo teridan tikilgan oyoq kiyim yerga yaqin pastda bo‘lsa ham hizmat qiladi..

2657. Leonid Solovyov «Nasriddin haqida qissa » asarida : Bozor arafasi Buxoroga Misirdan , Hindistondan ,Afg‘onistonu ,
Xitoydan karvonlar oqimi yopirilib kela boshlaydi. Eng qizig‘i , asl buxoroliklar bozorga qancha mol kelganini uylarida o‘tirib bilishar edi»deb yozadi.Qissada buxoroliklar bu narsani bir predmet orqali bilishgani qayd etilgan.
Savol: O‘sha predmet nima?

Javob: qo’ng’iroq

2658. Fransiya 1810-yili Niderlandiyani bosib olib ,axoli ro‘yxatini tuzushga kirishadi.Lekin jiddiy muammoga duch keladi. SHundan so‘ng Fransiya imperatori niderlandiyaliklar uchun yangi qonun joriy qiladi.
Savol : axolini ro‘yxatga olishda qanday muammoga duch kelinadi?

Javob. O‘sha vaqtgacha Niderlandiya fuqarolarida familya bo‘lmagan.
Ungacha faqat ismlari bo‘lgan xolos

2659. Ekinlar odatda o‘sish davrida sug‘oriladi. Lekin parkentlik moxir bog‘bonlar toklarga kech kuz kunlarida suv qo‘yishadi.
Savol: Bu bilan ular nimani oldini olishadi?

Javob. Kemiruvchilar

2660. Shimoliy xududlardagi shaharlar orasidan o‘rtadigan daryolar qishda muzlaydi.Ular baxorda , yani erish paytida katta xavf tug‘durishi mumkun. Muzlar yig‘ilib ,to‘planib to‘g‘on va ko‘priklarga zarar yetkazmasligi uchun portlatiladi.Asosiy portlashdan oldin qirg‘oqqa yaqin joyda kuchsizroq portlatish amalga oshiriladi.
Diqqat savol:Nima maqsadda?

Javob. Katta portlashdan oldin baliqlarni ogohlantirishgan.

2661. Buyuk faylasuf va olim Suqrot juda faqir xayot kechirgan. Uning topgani yeb -ichishga arang yetgan xolos .Uning shogirdlari bilan bo‘ladigan suhbatlari bazan tonggacha davom etgan. Shogirdlari bunday suhbatga undan olib kelishgan .Bu ma‘lumotni uning shogirdlaridan biri bo‘lmish Diospiriy » ……. dagi suhbatlar » nomli asarida yozib qoldirgan.
Savol: Shogirdlari suhbatga olib kelgan uni toping?

Javob: O’tin

2662. Nobel mukofati sovrindori yozuvchi Orxon Pomuq » Mening ismim Qirmizi» ramanida sharq rassomlarida g‘alati odatlar bo‘lganini yozgan . Asarda yozilishicha ,rassomlarda azonda och qoringa yong‘oq va atirgul bargini aralshtirib yeb , bomdoddan so‘ng saharmardon ko‘kka termulib o‘tirish odati bo‘lgan ekan.
Savol: Ular bu bilan nimani oldini olishgan ?

Javob. Ko‘rish qobilyatining pasaymasligi uchun shu amallarni qilishar ekan

2663. Qadimgi Olimpiada o‘yinlari jangovar tayyorgarlikni oshirish uchun xizmat qilgan : nayza otish, yugurish, ot chopish, disk uloqtirish .
Savol:disk uloqtirish ularga nimaga kerak bo‘lgan bu bilan jangdagi qaysi xolat uchun malaka oshirishgan?

Javob. Diskga xatni bog‘lab daryoni nargi tarafiga uzatib xabar almashishgan.

2664. Volterning uni » Tarixning katta opasi» deyishida qandaydir mubolag‘a bordek tuyuladi. Balki o‘zi shu sohani yoqtirgani uchun mana shu iborani qo‘llagandir.
Ammo u har sohada zarur, yani sartaroshgayam , oshpazgayam ,
qandolatchigayam ,
adabiyotchigayam kerak . Uolt Disney birinchi «Oskar» ini aynan shu nomdagi multfilimi uchun olgan.
Savol: Yuqoridagi ta’rif nimaga nisbatan berilmoqda?

Javob: Fantaziyaga nisbatan berilgan

2665. Misrning qadimiy fojialaridan biri bo‘lmish » Osiris qissasi» da Seta Osirisni o‘ldiradi , Isidaning o‘g‘li Gora esa Osirisning qotilini jazolaydi. 30 asr ilgari aytilgan bu afsona keyinchalik bir nechta asarlarning yaratilishiga sabab bo‘ladi. Shulardan eng mashhur 2 tasining nomini topishingiz kerak.
Birinchisi 1603 yilda nashr qilingan
Ikkinchisi 1994 yilda suratga olingan.
Savol : Qadimgi Misr afsonasi voqealariga o‘xshash bu ikki asarning nomini toping?

Javob: Birinchisi : Xamlet.
Ikkinchisi: «Qirol sher»

2666. Abdulla Avloniyning bir she‘rida 2ta jonzot so‘zlashadi. Aniqrog‘i, biri so‘zlaydi , ikkinchisi eshitadi.
Xayratda men, bu ishga ajab
Menga suvratda o‘xshayursan xob
Nima uchun seni suyar inson,
Meni ko‘rsa bo‘lur joni larzon!
Nimaga suymayur meni barisi,
Seni siylab boqadur xar birisi,
Men tishlab xayot kechirsam sen,
Tishlab umringni poyoniga yetkazarsan.
Savol: Bir -biriga o‘xshash bu ikki jonzotning nomini toping?

Javob: Ilon-so‘zlovchi va zuluk-tinglovchi

2667. Qadimgi Misr papiruslarida qolgan bitiklaridan :
Minglab qullar va soliq undiruchilar
Undan kun ko‘rgan
Xech kim aniq aytmas uning kelib chiqishi.
Ushbuni o‘qib bo‘lib, siz ham
Topib ko‘ring uning indallosini
Savol: Qadimgi bu yozuvda nima tariflanmoqda ?

Javob: Nil daryosi

2668. U moslama haqidagi eng xolis baxoni rassomlar berishgan .
Masalan rus rassomi Shishkin uni tabiat va rassom o‘rtasidagi eng qattiqqo‘l o‘qtuvchiga qiyoslagan. Yanayam aniqlashtirsak , u tabiat va rassomni birlashtira oldigan
yakka-yu yagona vositachi.
Savol :Gap nima haqida ketayapti?

Javob: Fotokamera

2669. Sochi uzun go‘zal bir ona
Vujudida bordur bir necha bola
Sovuq shabbodayu, changu g‘ubordan
O‘rab -chirmab bo‘lib giryona
Bolalarni bag‘rida qo‘ymaydi sira
Zolimlar uzun sochlarini yulub olishadi.
Bolalarni bag‘rudan uzub olishib
Yemoq uchun qaynoq suvga solishdi.
Savol: She‘rda tariflangan narsa nima?

Javob: Makkajo’xori

2670. Yapon xalq topishmog‘i
Ertalab qora qushcha
Kunduzi qizil qushcha
Kechasi oppoq qushcha.
Bu ta’rif bir narsa uchun aytilgan.
Savol: U nima ?

Javob. Ko’mir

2671. Finlyandiya, Nоrvegiya, Shvetsiyada yangi yil kuni uni sоvg’a qilishsa bilingki, sizga baxt va iliqlik istashayоtgan bo’ladi. Yunоnistоn va Ispaniyada u xavf-xatar belgisi bo’lgan. Haqiqatdan ham undan katta xavf bo’lishi mumkin. Savоl u nima?
Javob: Gugurt

2672. L.N.Tolstoy maishiy turmushga bag’ishlangan barcha asarlar, roman bo’ladimi, film bo’ladimi, qissa afsona bo’ladimi voqealar rivojlanib borib u bilan tugaydi, hayotda esa aksincha hamma voqealar undan keyin boshlanadi degan. Mantiqiy o’ylab aytingchi, L.N.Tolstoy nimani nazarda tutgan?
Javob: To’y

2673. Qo’qon xonligi davrida mashhur Qo’qon bozoriga vodiy bo’ylab turli tomonlardan kishilar to’planar edi. Qizig’I bir xil mahsulotni bir xil miqdorda olib kelgan bo’lsa ham sharq tomondan kelgan sotuvchiga 100 tanga, g’arb tomonidan kelgan sotuvchiga esa 50 tanga soliq solingan. Savol: nega g’arb tomondan kelgan sotuvchilarga ikki barobar kam soliq solingan?
Javob. G’arb tomondan kelgan sotuvchilarga kelayotganlarida ham, ketayotganlarida ham ko’zlariga quyosh tushib turishini hisobga olib ulardan kam haq olingan.

2674. II jaxon urushida Angliya askarlari tomonidan Norvegiyaning ozod etilganligi sharafiga Londonning aynan bir maydoniga har yili Norvegiya sovg’asi keltiriladi.
Diqqat savol: Bu sovg’a nima ?

Javob. Yangi yil archasi

2675. Yaponiyada o’qituvchi talabalariga:
«Sening muvaffaqiyating aynan uning muvaffaqiyatidir, sening omadsizliging aynan uning omadsizligidir» deb uqtirar ekan.
Diqqat: Uni bir so’zda aniq ayting?

Javob: Yaponiya

2676. Go’zallik dunyoni qutqaradi degan mashxur ibora borligini hammamiz eshitganmiz. Ammo dunyoga mashxur filmlaridan biri ushbu ibora bilan tugaydi: «Uni majoziy ma’noda turli xil qurollar yoki havo kuchlari emas,balki go’zallik halok qildi».
Diqqat savol: Gap qaysi film haqida ketmoqda?

Javob. King kong

2677. 2020-yilda turli so‘zlar va gaplar chellenjga aylandi. Shu so‘zlardan biri esa hatto kulgu ustalari tomonidan ham ko‘p bor ishlatildi. Bizga mashhur aktrisa Zarina Nizomiddinova ham konsertda shu so’zdan foydalandi.
O‘yindan chetlamagan holda men so‘rayotgan chellenjga aylangan so‘zni toping.?

Javob. Tugadi

2678. Ular haqida A.S.Makarenko: »Ular jamiyatning hayotbaxsh kuchi, ularsiz jamiyat jonsiz va sovuq ko‘rinadi.» degan bo‘lsa, V. Gyugo: »Ular baxtni daf’atan va beixtiyor Hazm qilib olaveradilar, negaki, ularning o‘zi shodlik va baxtdan iboratdir» deydi.
Ular o‘rnidagi so‘zni ayting?

Javob: Bolalar

2679. Nobel mukofoti sovrindori Bunin shunday yozadi:
«U misli tobut,faqat qopqog’i yo’q va juda chuqurda.Qopqog’i yo’q tobut ko’milganda ustiga tuproq tashlanadi.Lekin afsuski uning ustiga tuproq emas ……..
Gap nima haqida ketayotganini topib jumlani to’ldiring?

Javob: suv
Titanik suv ostiga cho’kishi

2680. Dominus (Xudo)
Rerum (Materiya)
Miraculum (Mo‘jiza)
Familias planetarium (Quyosh tizimi)
Solis (Quyosh)
Lactea via (Somon yo‘li)
Siderae (Falak)
DIQQAT SAVOL: Ushbu so‘zlarning qisqartma ko‘rinishi qaysi sohada ishlatilishini aniq ayting?

Javob. Musiqada
bular notalar 1-bog’indagi so’zlar

2681. To’nkarilgan jomday ko’rinar osmon,
Ostida zabundir kimki bilag’on!
… va … do’stligini ko’r,
Lab qoʻyib o’pishar, o’rtalikda qon!
Diqqat savol: nuqtalarni toʻldiring?
Yordam: muallifi Umar Xayyom

Javob. Shisha va qadah

2682. Yozuvchi Jon Irving «Men har doim qayoqqa ketayotganimni bilishni istayman » degan .
Albatta bu gapi bilan u shaxarning bir joyidan ikkinchi joyiga borishni nazarda tutmagan gap uning ijodiga aloqodor edi.
SAVOL: Urving yuqoridagi istagini ro‘yobga chiqarish uchun o‘z asarlarini yozish jarayonida qanday qoidaga amal qilgan?

Javob. Avval o‘z asarlarining oxirini yozib olgan.
Izoh: Avval asari qanday tugashini yozgan undan keyin boshidan boshlab yozgan ,shunda u qayoqqa ketayotganini asar qanday tugashini bilgan.

2683. Aziz Nesin «Futbol qiroli» asarida U kishilarni
‘‘ futbolda omadi yurishmagan kishilar ‘‘ deb ta’rif bergan.
DIQQAT SAVOL: Kimlarni?

Javob: Hakamlar

2684. Bir taniqli odamning aytishicha, bu kasb egalarining qo’li va tili saraton o’smasiga o’xshaydi, agar u o’z kasbining ustasi bo’lsa uning qo’li va tili avval boshqalarni beorom qilar va oxirida esa o’zining boshiga yetarkan, u kasb egasining aytishicha u hattoki onasiga ham yoqmaydimi demak u o’z kasbining haqiqiy ustasi hisoblanar ekan.
Diqqat savol: Gap qaysi kasb egalari haqida ketayotganligini aniq ayting?

Javob. Jurnalistlar

2685. U 1896 yilda vafot etdi va vafotidan roppa rosa 5 yil o’tib xuddi shu kunda “Dunyoga qaytdi”.
Savol: Gap kim haqida ketyapti?

Javob. A. Nobel

2686. Bir ilmiy blogdan olingan xazilomiz rasmda BIRINCHI IKKINCHIGA savol bermoqda : «Sen xali ham yolg‘izmisan ?». «Doimo»-deb javob qaytarmoqda IKKINCHI .
Diqqat savol: BIRINCHI va IKKINCHI kimlar yoki nimalar iloji boricha qisqa qilib 2 ta so’z bilan yozib bering?

Javob. DNK & RNK

2687. Cho’ponlar qo’ylarini haydash va o’zini himoya qilish uchun turli hil daraxtlardan tayoqlar qilishadi, lekin cho’ponlar ichida eng ko’p tayoq tayyorlanadigan daraxt bu zarang. Birinchidan zarang qattiq, juda mustahkam, osonlikcha sinmaydi lekin bu uning cho’ponlar orasida mashxur bo’lishining asosiy sababi emas.
Diqqat Savol: Nega cho’ponlar o’zlari bilan aynan zarang daraxtidan tayyorlangan tayoqlarni olib yurishni maqul ko’radi?

Javob. Chunki zarang daraxtidan tayyorlangan tayoqlar qo’lni terlatmaydi

2688. «Futbol» dasturida Pep Gvardiola(Manchester Citi FC murabbiyi)ning taktikasi haqida so’z ketadi.
Ularning aytishicha Gvardiola prinspial inson u o’zining rejasiga, uslubiga ishonadi. Unda faqat bitta reja bor, faqat «A plan». Agarda ikkinchi reja bo’lsa ham bu reja g’oyasi SHUNDAY bo’lardi deyishadi.
Diqqat savol: siz «B plan» yani ikkinchi reja qanday ekanini ayting?

Javob: «A plan» dan voz kechmaslik

2689. PUSHKIN davrida UShBU JARAYoN asosiy qatnashchilardan tashqari bitta shifokorning ham ishtirok etishi odati bo’lgan. Nonna Marchenko, o’sha davr urf odatlarini haqidagi kitobida, BU JARAYON noqonuniy hisoblangani uchun baʻzi muttaxam shifokorlar JARAYONDA qatnashish uchun juda katta miqdorda pul so’rar edilar, deb yozgan.
Diqqat savol: JARAYONNI bir so’z bilan ayting Bu qanaqa jarayon?

Javob. Duel
Izoh. Pushkin yordam o‘rnida aytib o‘tildi. Duel esa noqonuniniy va yakunida shifokor yordami talab etiladigan jarayondir.

2690. Aleksey Ivanov romanida Sovet lagerlaridan biridagi vampirlar haqida gap ketadi. Romandagi vampirlar maxsus bir timsol bilangina kunduz kunlari harakatlana olishadi. O’sha maxsus timsol bir vaqtni o’zida vampirlarni tish izlarini ham yopib yurishga ham as qotadi.
Diqqat Savol: Bizga Maxsus timsol so’zlari bilan almashtirilgan so’zlarini yozib bering?

Javob: Pioner Galstuklari
Izoh. Voqealar Pioner lagerida bo’lib o‘tgan. Sovet pionerlari maxsus timsoli esa aynan QIZIL GALSTUKLARDIR.

2691. Manbaalarda kelishicha bu hayvon evolyutsiyachilarning tabiiy tanlanish qonuniga to’g’ri kelmaydigan jonzotdir. Ularning nazariyasiga ko’ra bu hayvon ham dinozavlar bilan yo’q bo’lib ketishi kerak edi. Holbuki, u hayvonlar tarixi jihatidan eng qadimgi jonzot turidir. Ozuqasi esa o’simlikning qurigani, o’t-o’lanning naq sellulyuzaga aylangan jismidir. Shu sabab ba’zi olimlar jonzotlarda sellulyuzani hazm qilish uchun maxsus ichak kerak deydilar. Ammo u oddiy hazm tizimiga ega jonzotlar ichida sellulyozani eng yaxshi hazm qila oladigan hayvondir.
Diqqat Savol: Gap qaysi hayvon haqida ketmoqda?

Javob. Tuya.
Izoh: Uning ko‘plab mo‘jizalarga egaligi Quroni Karimda ham takidlangan bolib, “G‘oshiya” surasining 17-oyatida “Ular tuyaning qanday yaratilganiga hanuz qaramaydilarmi?” deya uqtirilgan

2692. E.Vohidov ijodidan savol:
Bu qaltis dard
Ziyrak bo’ling
Belgilari ayondir:
Bosh sal egik, qo’l ko’krakda,
Til chuchuk, yuz alvondir
Ularga ko’p duch kelganman,
Ko’nglim darhol sezadi
Bu insonlar odob bilan
Yuragimni ezadi.
Diqqat savol: Erkin Vohidov nimaga nisbatan shunday ta’rif bergan?

Javob: Uyatchanlik

2693. Demak oson savollar turkumidan
Bundayin simsetkalarni ayrim davlatlarning aeraportlarida uchratish mumkin
Kutganingizdek savolim undagi tuynuk nima uchunligini so’rashdan iborat?

Javob. Jurnalistlar suratga olish uchun

2694. 1822-yili Buyuk Britaniya Kolumbning Amerikani ochganiga 400 yil to’lishi munosabati bilan Kolumb tasviri tushirilgan marka nashr qilinadi. Markadagi suratda Kolumb kemada uzoqqa qarab turgani tasvirlanadi. Keyin bu marka bir tarixiy xatolik tufayli yig’ishtirib olinadi.
Xristofor Kolumb ko’rinishidagi qanday davriy xatolik tufayli markalar bekor qilingan?

Javob: O’sha davrda durbin ixtiro qilinmagan edi . Markada esa Kolumb qo’lida durbin bo’lgan. Shuning uchun marka yig’ishtirib olingan.

2695. Bir kasb egalarining ko‘zi juda o‘tkirligi va xotirasini ancha yaxshiligini juda ko‘p aytiladi.
Bu kasb egalari kimlar edi?

Javob. Ular sof toza havoda mehnat qilishadi. Uzoqlarga ko‘p termilishadi. Minglab qo‘y qo‘zilar ichidan o‘zlarinikini tanlaydilar. Bular CHO‘PONLAR edi.

2696. Usmoniylar davrida uylarning darvozasi yonida ikkita bolgʻacha bo’lgan. Biri katta va biri kichik.
nima uchun darvoza oldida aynan ikkita bolg‘acha bo‘lgan?

Javob. Taqqillatayotgan kishining ayol yoki erkakligini bilish uchun .
Ya‘ni kichik bolg‘acha ayollar va kattasi esa erkaklar uchun.

2697. Erkin Vohidovning she‘ridan parcha
Bu dargohda hech tinmas g‘ulu
Bu dargohda hech so‘nmas chiroq
Bunda yondosh shodlik va qayg‘u
Bunda yondosh visol va firoq
Savol: Shoir bu she‘rida qayerni ta’riflagan?

Javob. Shoir o‘z She’rida «Vokzalga » ta’rif bergan..

2698. XVIII-asrda Parijda ustiga ipak va shoyidan jimjimador eng so‘nggi modada kiyingan ammo oyog‘ida qo‘pol va xunuk oyoq kiyim kiygan dvoryan ayollarni uchratish mumkin edi.Lekin eng qizig‘i atrofdagilar nazarida bu kabi kiyingan ayollarning statusi bir muncha ko‘tarilgan.
Savol: Odamlarning ushbu ayolning darajasi yuqori deb o‘ylashiga sabab bo‘lganini bir so‘zda yozib bering?

Javob. Ot
Izoh: Qo‘pol va xunuk oyoq kiyim kiygan ayollarni oti bor deb o‘ylashgan.

2699. Unga juda ko‘p ta’rif berilgan.
Viktor Gyugo : «U insonga hujum qiluvchi dushmandir «
Professor Botkin » Bosh miya bilan asabni undan omon saqlash zarur .Yo‘qsa insonni tez qaritadi» degan .
U haqida eng dono fikrni «Qobusnoma»da o‘qish mumkun : «U 72 soatdan keyin o‘ta xavfli bo‘la boshlaydi» .Har birimizning xonadonimizda uning dushmani bo‘lgan yoqimli narsani ko‘plab uchratish mumkun …
Savol : U narsa va uning dushmani nima?

Javob. Bu narsa Uyqusizlik va uning dushmani yostiq..

2700. Xozir ko‘pgina yengil avtomobillarga haydovchi va yo‘lovchilarni jarohat olishdan saqlash uchun xafsizlik yostiqchalari o‘rnatilgan . Statistik ma‘lumotlarga ko‘ra bu moslama ishga tushgan xolatlarda , asosan u predmat orqali jarohat olish ko‘p kuzatilar ekan.
Savol :Yostiqcha ishga tushganda nima orqali jarohat olish ko‘p kuzatiladi?

Javob. Ko’zoynak