49-qism savol javoblar

Savol javoblar t.me/Eski_Savollar_Bazasi telegram kanalidan olingan.

4801. Telefon aloqasi, internet aloqasi, skayp aloqalari bilan hammamiz foydalanamiz. Bir birlarimiz bilan aloqaga chiqib gaplashamiz. Albatta bular uchun hammasiga pul to’laymiz. Voz kechishni hayolimizga ham keltirmaymiz. Afsuski (paradoks) hozirgi kunda bepul to’g’ridan to’g’ri aloqa turi borki, bundan ko’pchilik odamlar foydalanishmaydi. Savol: Qanday aloqa to’g’risida gap ketayabdi?
Javob: Namoz o’qish

4802. Rossiya va Germaniya o‘rtasida II- Jahon urush bo‘lib o‘tganidan xabardormiz. Qizig‘i shundaki, urish olib borayotgan bu ikki davlat urush vaqtida futbol bo‘yicha o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishadi. Diqqat savol: bu o‘rtoqlik uchravuning mohiyati va sababi nimada edi?
Javob: Yangi yilga atab o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lgan. Urushni ham qonun-qoidalari bor. Bu haqida kodeks ham qabul qilingan

4803. Butun jahon sog’likni saqlash tashkiloti ma’lumotiga ko’ra maktab o’qituvchilarining kasb kasalligi u hisoblanadi Bu kasalik unchalik og’ir hisoblanmaydi lekin ayrim baxtli odamlardan tashqari hamma ertami kechmi ushbu kasallikka duchor bo’ladi O’sha baxtlilar ham o’z baxtidan xursand bo’lmaydi albatta Mashhur shoirimiz o’zining bir she’rida odamlarga ushbu kasallika chalinishini tilagan Maktab o’qituvchilari esa bu kasallikka ertaroq chalinar ekanlar endi siz menga ushbu kasallikni ayting?
Javob: Sochga oq tushishi

4804. Sa’nat olamida turli darajadagi ijodkorlarni ulug’ sa’natkor, mashhur artist, Taniqli rassom, atoqli rejisyor deb atashadi ammo bir vaqtning o’zida ham Daho ham mashhur ham betakror degan sifatlarga har kim ham erishavermaydi. Ammo ko’plab mulfilmlarini ko’rgan inson bu sifatlarga qo’shilmasdan iloji yo’q. Aytingchi Uold Disneyni do’stlari qo’shtirnoq ichida qanday atashgan?
Javob: Qaynar buloq

4805. Reklama posterlarning birida politsya hodimi devor ortiga o’tirgan holatda yashirinib olgan qo’lida pistolet bilan lekin politsya ofitseri «oyog’ini» devorni yonidan chiqarib «oyig’iga» diqqat bilan qarab nimadur qilmoqda Diqqat savol bu suratda  nima reklama qilinyabdi?

Javob: Tufli kremi reklamasi. Tuflisi yaltiraganligi sabab devor uyog‘idagi jinoyatchini ko‘ra oladi demoqchi.

4806. Qadimda cherkovdagilar sig’inish uchun ertalab uxlab qolmaslik uchun bir «budilnik»dan foydalanishgan ekanlar. Bunga o’xshash budulnikdan ayrimlar boshqalarni uyg’otish uchun ko’p foydalanadi. Savol: Cherkovdagilarni qo’llagan «budilnik»larini izohlang?
Javob: Oyoqlariga sham qistirib uxlagan sham yonib bolib ochsa oyoq qiziydi va uyg’otadi. Paxta mavsumida hech kim kursdoshlari oyog‘iga sham o‘rniga qog‘ozdan foydalanib hazil qilmaganmi?

4807. Chumolilar paydo bo‘lganiga bir necha yuz ming yillar bo‘lgan. Ular onggi shunchalik shakllanib ketganki, tug‘uliboq instinkt orqali ishlab ketaveradi. Bilamiz, chumolilar donni o‘z iniga g‘amlaydi. Iniga olib kirib ketgan bug‘doy yoki arpa donini ular ikki bo‘lakga bo‘lib qo‘yadi. Savol: chumolilar donni nega ikkiga bo‘lib qo‘yadi?
Javob: Donni ko‘karib, qaytadan unib ketmasligi uchun.

4808. O‘rta asrlarda fransuz kibor honimlari o‘rtasida hisob-kitob ketgan. Ana shu hisob-kitoblarga ko‘ra honimlarning go‘zallik darajalari belgilangan. Diqqat savol: u qanday hisob-kitobki honimlarning go‘zallik darajalarini aniqlab bergan?
Javob: Erkaklar o‘rtasida ularni deb uyushtirilgan duellar soniga qarab.

4809. Detektiv_Savol
Ishxonaning seyfidan pullar yo’qolgani haqida xabar keldi Sherlokga va voqea joyiga yetib bordi
Ishxonada faqat birgina xodim bo’lgan va bo’lib o’tgan voqeani aytib berishga tutshdi.
Ishlarim ko’pligi sababli ishxonada qoldim. Chiroqni o’chirib lampa bilan ishlashni boshladi. 2 soatcha o’tgach seyf turgan xonadan ovozlar kela boshladi. Bu o’g’ri edi. Men lampadan lampochkani qo’lim bilan yechib oldim va uni yerga qattiq urib tashladim. Uning ovozi xuddi to’pqoncha ovoziga o’xshardi va «qo’lingni kutar» deb baqirdim. O’g’ri meni polisiyachi deb o’ylab qochib qoldi. Lekin u pullarni olib qochishga ulguribdi. Qo’riqchilar o’g’rini tutisha olishmadi deb gapini tugatdi xodim.
Sherlok xodimga qarab hech qanday o’g’ri bo’lmagan, sizning yolg’oningiz mukammal chiqmadi deya uni mahkamaga olib ketdi.
Diqqat savol Sherlok nega pullarni aynan xodimning o’zi olgan va uning gaplari to’qima degan qarorga keldi?

Javob: Xodim lampada orqali 2 soatcha ishlaganini aytdi. Bu vaqtgacha lampaning lampochkasi qo’l tegizib bo’lmas darajada qaynoq bo’lishi kerak edi. U esa qo’lllari bilan lampochkani yechib olganini va uni ko’tarib borib yerga tashlaganini aytdi. Demak u yolg’on gapiryapti.

4810. Har kim baxtni o‘zicha belgilaydi.
Suqrot fikricha, Birinchi baxting, sen qandaydur jonzod bo‘lib emas, inson bo‘lib dunyoga kelganing baxting. Ikkinchi baxting, ayol bo‘lib emas erkak bo‘lib tug‘ilganing. Uchinchi baxting, sen yovvoyi emas… Suqrot fikrini to‘diring?

Javob: Yunon bo‘lib tug‘ilganing uchun

4811. Rasul Hamzatovning «Mening Dog‘istonim» romanida bir ibora mavjud: «Avar erkaklari faqat ikki holatda tiz cho‘kishi mumkin». Sizlar nima deb o‘ylaysizlar, avar erkaklari qaysi ikki holatda tiz cho‘kishkari mumkin?
Javob: 1) Buloqdan suv ichganda. 2)yoriga gul uzganda

4812. D.Eyngard, Muhammad Solih, Abdurahmon Tole, Fazliy Namangoniy. Mazkur tarixchilarning bir-biriga qanday bog‘liq jihati bor?
Javob: Yuqoridagi tarixchilarning hammasi – Shaxsiy tarixchilardir. Jumladan:
D.Eyngard-Buyuk Karlniki,
Muhammad Solih-Shayboniyhonniki,
Abdurahmon Tole-Abulfayzhonniki,
Fazliy Namangoniy-Amir Umarhonniki (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/5469?comment=26623)

4813. Amir Temur lashkarlari jang paytida temirdan, jezzdan yasalgan sovutlar kiyib yurishgan. Aytingchi, nimaga bu sovutlarda mayda-mayda teshikchalar bo‘lgan?
Javob: Sovut og‘irligini kamaytirish uchun.

4814. 1908 yilda Vyatkin tomonidan Ulug‘bek rasadxonasini topib, qazishma ishlarini olib borishda qazish ishlarini tezroq tugatish uchun 40 tadan arab va yahudiy millati vakillaridan foydalanadi. Diqqat savol: Qazishma ishlarini tugatish uchun nega aynan arab va yahudiylardan foydalanadi?
Javob: Islom dinida bilamiz juma namozi katta ahamiyat kasb etadi. Arablar juma kuni umuman ishlamagan. Yahudiylar esa shanba kuni toat-ibodat qilgan. Shu tariqa juma kuni arablar o‘rniga yahudiylar, shanba kuni yahudiylar o’rniga arablash ishlab, qazishma ishlarini tezroq tugatishga harakat qilishgan (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/5471?comment=26679).

4815. XIX asr boshlarida Angliyada ideal jentelmen qoidasi paydo bo’ldi . Ushbu qoidaga ko’ra haqiqiy jentelmenlar nimani bir kunda 6 marta almashtirishi kerak?
Javob: Qo’lqop

4816. Diqqat savol: Biz sizlardan so‘rayotgan narsa ikki marta tug‘iladi, bir marta o‘ladi. Bu nima?
Javob: Tuxum va jo’ja

4817. Savol: O‘zbeklar erta tongni uy yumushlari yoki chiroyli nonushta bilan qarshi oladilar. Qadimgi rimliklar erta tongni qanday yumush bilan qarshi olishgan?
Javob: Qadimgi Rimliklar erta tongni fol ochish bilan boshlashgan

4818. Mashhur sayyoh Marko Polo sayyohatlaridan birida, qaroqchilarga talanganini yozadi. Kemadagi barcha savdogarlar, boy-badavlat kishilarni barcha molu-davlatlari tortib olinganidan so’ng, ularning hammalariga majburlab dengiz suvi ham ichirildi. Nima maqsadda ichirishayotgani tez orada ma’lum bo’ldi. Nega savdogarlarga dengiz suvi majburlab ichirilgan?
Javob: Dengiz suvi sho’r va u tez ko’ngilni aynatadi. Natijada ular qayd qilishadi. Odatda eng qimmatbaho toshlarni ular yutib yuborishgan. Bundan xabar topgan qaroqchilar hammani ehtiyot shart bitta-bitta tekshirib ko’rishgan.

4819. Qaysi mahsulotning kashf etilishi natijasida XIX asrda tibbiy operatsiyalar paytida infeksiyalardan himoyalanish mukammal darajaga yetgan. Bu mahsulot nima ekanligini toping?
Javob: Sovun

4820. Qaysi alloma “Arablar va g‘ayri arablar ustozi” nomini olgan edi?
Javob: Az Zamaxshariy

4821. Qisqa_savollar_3taligi
1. Sayf-ul Alloh nomini olgan ajdodimizni toping?
2.Olimlarning hisob-kitob qilishlaricha, hozirgi kunda insoniyat nechta til va shevada gaplashadi?
3.Yuqoridagi, umuman jahondagi tillardan o‘rganish darajasining qiyinligi bo‘yicha qaysi tillar murakkab sanaladi?

Javob:
1.Amir Temur. Hakim sattoriyning «oltin silsila» kitobi. 81-bet
2.6000
3.Xitoy, arab

4822. Amerika mustaqilligi uchun kurashgan va AQShning birinchi prezidenti bo’lgan Jorj Vashingtonga Angliyada 1921 yilda haykal qo’yishmoqchi bo’lishgan. Ammo Vashington hech qachon Angliya tuprog’iga oyoq qo’ymaslikka qasam ichgan edi. Lekin niyatlari jiddiy bo’lgan inglizlar bunday qiyin vaziyatga yo’l topib, Vashington haykalini o’rnatishga erishadilar. Diqqat savol: qanday qilib?
Javob: AQShdan Britaniyaga 3 tonna tuproq olib kelib, ustiga Vashington haykali o‘rnatilgan

4823. Choyxonaga kirganmisiz hech kuzatganmisiz?
Qanday mavzuda suhbat ketadi?
Har xil mavzuda jamiki yangiliklar gazetada chopilmay turiboq choyxonada gurung bo’lib ulguradi bu sharqona ma’lumot manbai hisoblangan hurmatli bilimdonlar sharqda matbuot manbai choyxona bo’lsa qadimda yevropada bu vazifani qayer bajargan?

Javob: Temirchi ustaxonalarida

4824. Deyl Karnegi fikricha inson uchun dunyoda 3ta eng zarur narsa mavjud. Birinchisi yordamida hayotimiz shaklanadi
Ikkinchisi bilan uni saqlab turamiz.
Uchinchisi bilan keyingi dunyo taradudini ko’ramiz. Odam uchun muhim 3ta eng muhim narsa nomlarini ayting?

Javob: Turmush qurish. Boylik. Din

4825. Suvorov muhim janglar oldidan jangchilar diqqatini bir yerga to’plash uchun tunda ochiq joyga yotqizgan Savol diqqatni to’plash uchun ularga qanday vazifa bergan?
Javob: Yulduzlarni sanashni

4826. Karl Yung uni jinsiy simvol deb bilgan. Zigmund Freyd esa yuqoridagi fikrga butkul qarshi chiqqan.
Jon Golsuorsi u orqali erkak kishi haqida to’liq ma’lumot olish mumkin degan ayniqsa bir konservatorni u siz tasavvur qilish qiyin.
Savol kimni?

Javob: Cherchill sigaret haqida edi.

4827. 1987-yili Avstriya poytaxti Venada bo’lib o’tgan jahon chempionati qatnashchilari oldida bitta vazifa bor edi K.L.M ni qaysi jamoa to’xtata olsagina boshqa jamoalarga imkon topiladi. Bo’lmasa iloji yo’q qanday jahon chempionati va qaysi K.L.M lar haqida gap ketmoqda.?
Javob: Bu hokkey bo’yicha jahon chempionati edi Krutov Makarov Larianov edi

4828. Dunyoda shunday narsalar borki 2ta narsa birlashsa dunyo ko’z o’ngida bitta nom bilan namoyon bo’ladi. Biz so’raydigan narsa faqat qish oylarida birlashadi ularning biri faqat shamol uchun dahldor bo’lsa ikkinchisining kelib chiqishi ildizlari Gretsiyaga borib taqaladi hurmatli bilimdonlar ularni birgalikdagi nomlashini yozib bering?
Javob: Biatlon

4829. Detektiv_Savol
Janob Sit Sherlok Holmsga qo’ng’iroq qildi va unga zudlik bilan yordam kerakligi, uni seyfini kimdir ochib pullarini o’g’irlagani haqida aytdi. Sherlok voqea joyiga yetib keldi va bo’lib o’tgan voqeani janob Sitdan so’radi.
-Men uyda edim. Seyfda ishxonaning muhim xujjatlari va katta miqdorda pul bor edi. Meni sekretarimdan qo’ng’iroq bo’ldi va seyfni kimdir ochganini va ichidagi pullarni o’g’irlab ketganini aytdi. Kabinetga kelsam muhim xujjatlar yerda yotibdi, pullar esa yo’q- deb xovlikib gapirdi.
Seyfning ochish raqamlarini kimlar bilardi deb so’radi Holms.
Sekretarim, hisobchi va jiyanim deya javob berdi.
Sherlok xonnani yaxshilab kuzatdi stol ustida varoqlar, kompyuter, telefon va bir necha mayda buyumlar. Hech qayerda o’g’rining barmoq izlari yo’q Janob Sitda 3 gumondorni chaqirishni so’radi.
Birinchi bo’lib kabinetga men kirdim, kirsam seyf ochiq va pullar yo’q edi va darrov xonadagi telefondan xo’jayinga, jiyaniga va hisobchiga qo’ng’iroq qilib bo’lib o’tgani voqeani aytim dedi sekretar.
Ikkinchi gumondor Tog’am mendan biror marta pullarini qizg’onmaganlar, ularni o’g’irlashdan menga foyda yo’q gapini tugatdi jiyani.
Uchinchi gumondor Men endi ishga kelishga otlanayotgandim. Faqat korxonaga pul kerek bo’lganda seyfni ochaman dedi hisobchi.
Hammaning gapini eshitib bo’lgach: o’g’ri juda aqlli ekan ammo meni alday oladigan darajada emas deya kulib qo’ydi va o’g’rining kimligini aytdi.
Diqqat savol siz menga o’g’ri kimligini va Sherlok o’g’rini qanday aniqlaganini ayting?

Javob: O’g’ri sekretar! Xonadagi biror buyumda barmoq izlari yo’q edi. Sekretar esa hammaga xonadagi telefondan qo’ng’iroq qilganini aytadi. U qo’ng’iroq qilganida telefonda barmoq izlari qolishi kerak edi. Demak u yo yolg’on gapiryabdi yoki barcha barmoq izlari tozalangan sekretar tomonidan.

4830. Texaslik soxta pul tayyorlovchi Jeyms Forchin sheriklari bilan chiqisha olmay yakka holda ishlashga qaror qiladi. U asbob yordamida bir necha ming dollar tayyorlaydi. U bu pullarni bankka qo’ymoqchi bo’ladi va shu zahotiyoq qo’lga olinadi. Diqqat savol: Buning sababini bitta so’z bilan ayting?.
Javob: Daltonizim.
Ranglarni ajrata olmaslik

4831. Kosmetik mahsulotlar ishlab chiqaruvchi kompaniyalardan birining aytishicha, mijozlar uning mahsulotlaridan foydalanish chog’ida nohush holatlardan butkul xoli bo’ladilar. Shundan kelib chiqib, kompaniya o’ziga xos shior tanlagan. Diqqat savol: O’sha shiorni toping?
Javob: Go’zallik qurbonlik talab qilmaydi. (Bu ibora orqali go’zal bo’lish uchun biz sizga hech qanday qurbonliksiz tabiiy yordam beramiz deyishmoqchi bo’lishgan)

4832. Bu davlatning qayerda joylashganligini ehtimol ko’pchilik bilmasligi mumkin. Savol esa u davlatning qirolining uzundan uzun ismi haqida:
«Golbasto Momarem Gurdillo Shoffin Mulli Ulli Gyu».
Sizningcha gap qaysi davlat haqida ketmoqda?

Javob: «Liliputiya». Jonatan Sviftning «Gulleverning sarguzashtlari » asarida keltirilgan.

4833. Quyidagi rasmga e’tibor bering.
Unda bir davlatni hududiy bo’linmalari bilan bog’liq bir narsa ifodalangan.
Bu davlat qaysi davlat va raqamlar nimani bildiradi?

Javob: Irlandiya
Izoh: 26ta graflik Irlandiyada
6ta graflik Shimoliy Irlandiyada.
Bu ikki qisim davlat birlashish istagida yuqoridagi 26+6=1 yozuvni tarqatishgan edi!

4834. Qadimgi vizantiyaliklar bu dengizni Skif,
Ruslar Pont,
Italiyaliklar Buyuk,
Arablar rus dengizi deb atashgan. Ho’sh hurmatli bilimdonlar biz u dengizni qanday ataymiz?

Javob: Qora dengiz

4835. «Radus» so’zini hammamiz bilamiz. Bu so’z bizga lotin tilidan kirib kelgan. Qadimgi rimliklar bu so’z bilan hozirgi kunda ko’pchiligimiz foydalanadigan(asosan o’g’il bollar) bir narsani nomlashgan. O’sha davrda boshqa narsada ishlatilgan.
Nimani radus deb atashgan edi?

Javob: G’ildirak

4836. Nyu-York telefon kompaniyasi 5000 ta qo’ng’iroq suhbatini yozib olishdi va eng ko’p ishlatilgan so’zni aniqlashdi.
Sizningcha bu so’z qaysi so’z deb o’ylaysiz? (Alo, Alyo so’zlari emas)

Javob: «Men» so’zi

4837. Qadimgi Rimlik usta darvozaga qulf o’ylab topdi va bu darvozani boshqalaridan farqli jihati esa darvozaning odam tamonga ochiladigan tamoniga bir so’zni yozib qo’ydi va keyinchalik bu so’z keng tarqaldi va hozirgi kunimizda ham biz bu so’zdan foydalanamiz.
Gap qaysi so’z haqida ketmoqda?

Javob: Yanvar

4838. Xitoyliklar «baxt suvini» choy, qog’oz va forforni bilan bir qatorda ishlatishadi. Sizningcha nimani xitoyliklar «baxt suvi» deb atashgan?
Javob: Bizda aroq xitoyda sake deb nomlangan o’simlikdan tayyorlangan alkagol ichimligini «baxt suvi» deb atashgan ekan.

4839. III-asrda Xitoy olimlari bu narsaning xitoy tilidagi «Chi-nan» nomini «Dengizdagi qush», «Dengizda uchuvchi qush» deb o’zgartirishadi.
Sizningcha Chi-nan nima bo’lishi mumkin?

Javob: Kompas

4840. Bu qorishmani qadimda lotin tilida «pulvis» , angiliyaliklar «pauda» , fransuzlar «pudra» , boltiq bo’yi davlatlarida esa «parslas» deb atashgan. Qadimgi ruslar esa bu narsadan jarohatlangan odamga birinchi tibbiy yordam vositasida qo’llashgan.
Gap nima haqida ketmoqda?

Javob: «Porox» (portlovchi qorishma)

4841. Bir binoning kiraverishida, Qur’oni Karimning 89-surasi «Al-Fadjr», ya’ni «Shafaq»dan 4 oxirgi oyati yozilgan: -«Sen osoyishta bo’lgan qalb! Sen hudoning oldiga mamnuniyat va erishgan hursandchiliklarning bilan qaytgin! Mening qo’llarim bilan kir! Mening jannatimga kir! » so’zlari bitilgan. Ma’lumotlarga qaraganda u yerga juma kunlari va ramazon oyi kirib bo’lmas ekan!
Savol: Bu qaysi bino?

Javob: Tojmahal

4842. Bu mashhur asar oxirgi yillarda ko’p davlatlarda o’zining haqiyqiy nomi bilan sotilayotgani yo’q. Asar nomida masalan indeys, askar, dengizchi degan so’zlar paydo bo’lmoqda. Eng ko’p nashr etilgan nomi esa «Hech kim qolmadi» deb nomlanadi.
Gap qaysi asar haqida ketmoqda?

Javob: O’nta negr bolasi (Agata Krista)

4843. London metrosi dastlab paydo bo’lganida vagonlarda u narsa yo’q edi. Metropoliten ma’murlari uni yo’qligini ikki sabab bilan izohlashgan. Ammo metro yo’lovchilari uni yo’qligidan diskanfort bo’laverganliklari uchun ular metro vagonlarida paydo bo’ladi.
Gap nima haqida ketmoqda?

Javo: Oynalari(Deraza).
Izoh: London metrosida dastlab oyna(deraza) yo’q edi. Vagondagi yo’lovchilar tashqarini ko’rolmasdan diskanfort bo’laverganliklari sabab vagonlarga deraza o’rnatiladi.

4844. Bu narsa Amerikaga birinchi bo’lib Charlz Foster tomonidan olib kelingan. U Brazilyaga sayohati davomida mahalliy hindu qabilalarida u narsani ko’radi. Hindular uni suyakdan tekis qilib tayyorlashgan edi.
Foster uni yog’ochdan tayyorlangan deb o’ylaydi va 1904-yilda Butunjahon ko’rgazmasida uni dumaloq yog’ochdan yasalgan variantini taqdim etadi. Foster nimani hindulardan o’rganib olib kelgan edi?

Javob: Tish tozalagich(zubachistka)

4845. Amerikada «BATF» davlat byurosi mavjud. Bu byuroning vazifasi Amerikaga boshqa davlatlardan olib kelingan 3 narsani nazorat qilish:
1.Alkagol ichimliklari
2.Tamaki mahsulotlari
3.?
(Bureau of Alcohol, Tobacco and F..)
Javob: Bureau of Alcohol, Tobacoo and Firearms-Alkagol, Tamaki va Portlovchi(Olovli) qurollar byurosi.

4846. U haqida Eron shohi Nodirshoh shunday ta’riflaydi:
-» Janubga,Shimolga, G’arbga,Sharqqa va osmonga qarab tosh otsangiz toshning borib tushgan manziligacha oltin, kumush, olmos, qimmatbaho toshlar bilan to’ldirsangiz uning qiymatiga teng bo’ladi.
Nodirshoh yuqorida nimaga ta’rif beradi?

Javob: Ko’hinur

4847. Yapon ayollarining tushunchasiga ko’ra agar erkak kishi yetarlicha o’ziga to’q bo’lsa qayerda bo’lmasligi kerak?
Javob: Uyda. Yapon ayollarining tushunchasiga ko’ra agar erkak kishi o’ziga to’q, sog’lom bo’lsa uyda o’tirmaydi deb hisoblashar ekan.

4848. Qadimgi yunon rivoyatlariga ko’ra Afina xudosining bolalikdagi do’sti tasodifan vafot etib qoladi. Afina do’stining xotirasi, nomini hamma eslab yurishini xohlaydi va unga atab bir joyga uning ismini o’rnatadi.
Siz qayerda ekanligini emas do’stining ismini ayting?

Javob: Pallant. Afina haqidagi ma’lumotlarda Afina Pallada degan nomini uchratishimiz mumkin.

4849. Qadimgi turkiy xalqlarda to’y a’za 40 kun davom etgan. To’yning 40 kun davom etishi bu baxtni ko’proq nishonlash istagi, a’zaning 40 kun davom etishi esa o’sha vafot etgan odamga hurmatni namoyon etishga urinish edi va a’zaning 40 kun davom etishida yana bir amaliy maqsad ham ko’zlangan edi. Qanday maqsad?
Javob: A’zaning 40 kun davom etishi marxumning uzoq yurtlarda qarindoshlari bo’lsa yetib kelishi maqsadi ko’zlangan edi.

4850. Buxoro viloyatining G’ijduvon va ayrim tumanlarida kelin kuyov nikoh to’yi kuni stulga o’tirmasdan 4-6 soatgacha tik oyoqda turib to’yni o’tqazishar ekan. Becharalarga stul yo’qmikan deyishingiz mumkun lekin bu tadbirni asl sababini bilganingizdan keyin fikringizni o’zgartirasiz.
Nimaga kelin kiyov o’tirishiga ruxsat berilmaydi?

Javob: Kelin-kuyovning sog’lom ekanligini sinash uchun tik oyoqda turishi talab qilinadi.

4851. Hasan haftaning dushanba, seshanba va chorshanba kunlari yolg’on gapiradi, qolgan kunlari esa faqat rost gapiradi. Husan Payshanba, Juma, Shanba kunlari yolg’on ishlatib, qolgan kunlari rost gapiradi. Kunlardan bir kuni ular orasida suhbat shunday bo’ldi:
Hasan -» Ertaga men rost gapiradigan kun»,
Husan -«Ertaga men yolg’on gapiradigan kun».
Suhbat haftaning qaysi kuni bo’lib o’tmoqda?

Javob: Shanba

4852. Quyida O’zbek milliy do’ppisining eng keng tarqalgan turlaridan biri keltirilmoqda. Do’ppining yuqori qismida qizil chiziq bilan ko’rsatilgan qismda nimaning shakli tikilgan va uning ma’nosini bilasizmi?

Javob: Bodom. Hayot va unumdorlik ramzi.
Farg’ona vodiysida Qalampir ekanligi takidlanadi.

4853. Amerikada M-D-Y, Yaponiyada Y-M-D, Yevropada D-M-Y.
Agar siz yuqoridagi belgining bizda qanaqa ekanligini topgan bo’lsangiz uning hozirgi qiymatini ayting?

Javob: 04.01.2024

4854. 1969-yil 8-mart kuni «Appalon-9» raketasi astronavtlari u narsadan foydalanishadi.
U 1893-yilda Nyu-Yorklik o’qituvchilar Milred Hill va Smit Hill tomonidan yaratilgan.
Gap nima haqida ketmoqda?

Javob: Happy birthday to you(qo’shig’i)

4855. Avstriyada hukumdor Mari Terezi davrida 16 yil, qadimgi Rim davrida 30 yil, XIII asr Chingizxon davrida 56 yil. Bizda bu ko’rsatgich ancha kichik.
Bu qanday ko’rsatgich?

Javob: Armiyada xizmat vaqti

4856. Bu narsa haqida Napaleon III Aleksandr II ga shunday degan edi:
-«Agar u narsa italiyaliklarga tegishli bo’lganida men uchun mo’ljallangan bo’lardi. Agar polyaklarga tegishli bo’lganida sen uchun mo’ljallangan bo’lardi».
Gap nima haqida ketmoqda?

Javob: Bomba

4857. Qadimgi yunon olimi Afin Aristotel odamlarni 3 turga ajratadi:
1.Boy
2.O’rtahol
3.Kambag’al
O’tgan asrimizning olimlari yuqoridagi 3ta turga To’rtinchi tur odamlarini ham qo’shib yozishgan. Aristotel hatto bu to’rtinchi turni odamlar deb hisoblamagan.
To’rtinchi tur odamlar sizning kimlar edi?

Javob: Qullar

4858. Amerikada X lar soni bor yog’i 100ta. Agar kimdir hurmatga loyiq insonni ko’rib qolganida unga hurmat belgisi deb 101-chi X deb atashadi.
X-ni toping?

Javob: Senatorlar

4859. 1933-yilda Nobel mukofoti sovrindori bo’lgan Angliyalik fizik olim Dirak mukofotdan bosh tortadi. Sababini esa mashhurlikdan va matbuot reklamalarda o’zini nomini tilga olinishini xohlamasligi bilan tushuntiradi.
Shunda do’sti Rezerford unga bir gapni aytadi va o’sha gapdan keyin Dirak mukofotni qabul qilib oladi.
Rezerford Dirakga nima degan bo’lishi mumkin?

Javob: Mukofotni rad etsangiz yanayam ko’proq shov-shuv ko’tariladi va matbut faqat siz haqingizda yozishadi.

4860. Shimoli dengizchilar hukumdori bo’lgan vikinlar. X-XI asrlarda. Ishsizlikdan O’zlarini kemalarida o’rta yer, dengizigacha suzishib borishgan. Ish izlab albatta. Ular ma’lum vaqtgacha yaqinlaridan uzog’da bo’lgan. Va ular qaytib kelishganida, ularni yaqinlari ikkincha marotaba. O’rtayer dengizga bormasligiga qarshilik qilishgan. Diqat savol u yaqinlarini nima xavotirga solgan. Nega yana qaytib ketishlariga qarshilik qilishgan?
Javob: Qorayib ketishgan
Izoh: ular sariq tanli bo’lishgan. Erlari qorayib ketishidan qo’rqib xotinlari qarshilik ko’rsatishgan

4861. Braziliya hindulari ularni «Osmonning yerga qulab tushgan bir qismi»- deb ta’rif berishgan. Bu juda chiroyli tasvirlash shundaymi. Gap nima haqida?
Javob: Kapalak

4862. Savoldagi hozir biz ishlatadigan narsani dastlab faqat ayollar umuman boshqa maqsadda ishlatishgan. Bu Yevropaga XVI asrda kirib kelgan va undan faqat ayollar foydalanishsada, ammo yozuvchi Jonas Xenvey 30 yil foydalangani sababli ham ayollar, ham erkaklar foydalanadigan narsa bo’lib ketgan. Bu nima edi.?
Javob: Soyabon

4863. AQSHda an’anaga ko’ra «Marshal» ular bilan ko’rishganida so’rashi kerak bo’lgan so’zlarning birinchisi: -«Muhimi sen tirikmisan» degan so’z. Marshal kimdan yoki kimlardan so’ragan?
Javob: Yong’indan zararlangan odamlardan.
Marshal so’zining ma’nosi – «Yong’indan qutqaruvchilar boshlig’i»

4864. Detektiv_Savol
Mashhur biznesmen Jorjni xonasida o’lik holda topishdi. Voqea joyiga Sherlok Holms yetib keldi. Yerda o’lik yotibdi, boshiga o’q uzilgan, qo’lida katta miqdorda qarz bo’lganligi haqida xujjat. Oldida esa ovoz yozadigan eski diktafonlardan biri. Sherlok diktafonni bosishi bilan «Men bunga chidolmayman, men tamomman» degan so’zlar va o’q ovozi eshitildi.
Yordamchi serjant Sherlokga qarab «xa bu o’z-o’zini o’ldirish, bankrotlikka chiday olmagan» deb qo’ydi.
Sherlok esa «Men boshqacha fikrdaman kimdir Jorjni qiynab o’ldirib ketgan. Bu qotillik» deya javob berdi.
Sizlar menga Sherlok nega bunday qarorga kelganini ayting?

Javob: O’zini gaplarini diktafonga yozdirib, boshidan o’q uzgan odam diktafonni orqaga aylantirib qo’yishni mumkin emas. Sherlok diktafonni bosganlarida hammasi boshidan eshitildi. Demak kimdir uni shu gaplarni aytishga majburlab qo’ygan va diktafonni orqaga aylantirib qo’ygan.

4865. Ma’lumotlarga ko’ra Stalin Moskvadagi teatrlardan biriga telefon qiladi va direktorni so’raydi. «Chiqib ketgan» degan javobni eshitgan Stalin 10 minutdan keyin yana telefon qilishini aytadi. 10 minutdan keyin telefon qilgan Stalin yana direktor bilan gaplasholmaydi.
Nima deb o’ylaysiz Stalin teatr direktori bilan nima sabab gaplasholmagan?

Javob: Direktor Stalin sizni so’rayapti degan vaqtida yuragi yorilib o’lgan ekan.

4866. U o’zining rangi bilan atalmaydi. Aksincha rang undan nomini tortib olgan. Xitoyliklar uning rangini oltin deb atashadi.
Gap nima haqida ketmoqda?

Javob: Apelsin

4867. O’tgan asrda Angliya parlamenti chap qo’l qoidasini tasdiqlaydi. Bu qonun o’zining piyodalarini bir narsadan himoya qiladi. Sizningcha nimadan bo’lishi mumkin?
Javob: O’ng qo’lida qamchisi bo’lgan Aravakashkar qamchisidan.

4868. Buyuk Britaniya qirolichasi Elizaveta II 1926-yil 21-aprelda tug’ulgan. Qirolicha tug’ulgan kun bayram sifatida negadir tug’ulgan kunida emas iyun oyining ikkinchi shanba kuni nishonlanadi. Qanday sabab bilan?
Javob: Qirolicha tug’ilgan kun ob-xavo noqulay bo’lgan paytlarga to’g’ri kelganligi sabab eng qulay vaqt iyul oyining ikkinchi shanbasida nishonlanadi.

4869. Filip Makedonskiy Spartaga hujum qilish oldidan Spartalik elchiga shunday deydi: -«Men butun Gretsiyani birlashtirdim. Mening armiyam dunyodagi eng kuchli armiya. Taslim bo’linglar. Agar men sizning darvozalaringizni buzsam, Agar sizning devorlaringizni urib qulatsam butun aholingizni qirib tashlayman. Bu gaplarni eshitgan elchi zudlik bilan spartaga qaytadi va Spartaliklardan javob maktubini keltiradi. Maktubda faqat bitta so’z yozilgan edi. Sizningcha yuqoridagi Filip gaplariga mos javob yozilgan xatda qanday so’z bo’lishi mumkin deb o’ylaysizlar?
Javob: ..Agar

4870. 1971-yilda Vengriya sanoati 6400ta ishlab chiqaradi va 5100ta eksport qiladi.Ulardan 30ta davlatga eksport amalga oshirilgan. Nimalardan?
Javob: «Ikarus» avtobuslari.

4871. Professor Kraevich Dengiz kuchlari akademiyasida o’qituvchi bo’lib ishlagan. U fizika darsini o’qitish jarayonida bir narsasiz o’quvchilarga tasavvurni mukammal yetkazib berishga qiynalayotganligidan e’tiroz bildiradi. Professor uning yordamida o’qitishni nemischa kraydefizik deb ataydi. Nemischa Krayde so’zi faqat fizikada emas balki to’quvchilik(tikuvchilik) sanoatida ham uchrashini aytadi. Siznincha Krayde so’zi ning ma’nosi nima?
Javob: Bo’r(мел)

4872. Oskar Uayldning ayollar haqidagi fikricha Bu narsani aytuvchi ayollar ishonchli emas, shuning uchun ular har narsa qila olishliklari mumkin. Oskar fikrcha nimani aytgan ayollar?
Javob: Yoshini aytgan ayollar

4873. XVI asrdan boshlab, yelpig’ich Yevropaga kirib kela boshlagan. Aynan shu paytdan boshlab, u ayollar aksessuariga aylana boshladi va do’konlarda sotila boshlanadi. Uni turli ko’rinishda yasay boshlashadi. Yelpig’ichlarni kelishi bilan Yevropada ishsiz yurgan bir soha kishilariga talab ko’paya boshlagan. Aytingchi, u qaysi kasb egalari yasagan?
Javob: Rassomlar.
Yelpigʻichlar koʻpaygani sari unga bezak beruvchi rassomlarga ham talab koʻpaygan

4874. Hozirgi zamonaviy ayol qizlarimizning sevimli bo’lgan baland poshnali oyoq kiyimlardan ilk bor Mo’g’ilar foydalanishgan ekan.
Savol: Baland poshna nima uchun kerak bo’lgan?

Javob: O’zangidan oyoq chiqib ketmasligi uchun chavondozlar kiyib yurishgan

4875. Xonada 3ta lampochka bor. Unga qo’shni xonada siz turibsiz va 3ta viklyuchatel ham sizni yoningizda. Qanday qilib lampochkali xonaga bir marta kirib qaysi viklyuchatel qaysi lampochkaniki ekanligini aniqlash mumkin?
Javob: Birinchi bo’lib xohlagan 3ta viklyuchatellardan birini 5 minut yoqib turamiz va eslab qolamiz qaysi viklyuchatelni yoqqanimizni, keyin yonidagi viklyuchatelni 30 sekund yoqib o’chiramiz va xonaga kirib lampochkalarni ushlab qaysi biri(5minut yoqilgani) eng issiq, qaysi biri iliq(30sekund) va sovuq ekanligidan bilamiz.

4876. Sizda 2ta shisha idish bor: biri 3 litrlik, ikkinchisi 5 litrlik. Bu ikkita idish yordamida qanday qilib 1 litr suvni o’lchab olish mumkin?
Javob: 3litrlik idishni to’ldirib suv olamiz va 5litrlik idishga quyamiz. 3litrlik idishga yana bir marta to’ldirib suv olamiz va 5litrlik idishni to’lgunicha quyamiz, natijada 3litrlik idishda 1litr suv qoladi.

4877. U 1988-yilda 91 sekundda 20 million dollor ishlab oldi. Siz uning kimligini emas qaysi soha vakili ekanligini ayting?
Javob: Boks, Mayk Tayson.

4878. Birma davlatidagi Padaun qabilasi ayollarida bir urf odat bor. Quyida rasmda ko’rsatilgandek bo’yini uzun bo’lgan Birma ayolini go’zal hisoblashar ekan. Bu bo’yidagi halqani ayollarga 5 yoshidan boshlab taqib qo’yishar ekan. Og’irligi bazan 12 kilogacha bo’ladigan bu jezzdan yasalgan halqani yechib tashlash mumkin emas, mobodo yechib olinsa bo’yining uzunligi boshni ko’tarolmasdan yonga qiyshayib qolishi mumkun. Aslida bu halqaning kiyilib yurilishiga qadimgi padaun qabilasida bo’lgan bir rivoyatni sabab qilib ko’rsatishadi.
Siz u qanday rivoyatligini emas bu bo’yin halqaning vazifasini o’ylab ko’ringchi?

Javobi; Odamxo’r yo’lbarsdan.
Rivoyatga ko’ra qadimgi padaun qabilasiga odamxo’r yo’lbars hujum qiladi va ayollar hamda qizlarni bo’ynidan g’ajib ketaveradi.
O’sha davrdan ayollarni bo’ynidan himoya qilish uchun taqilgan jezz halqa keyinchalik urf-odatga aylanib ketadi.

4879. Qadimgi Kvakut hindularning qabilasida qarzga pul yoki buyum olish sharmandalik hisoblangan. Chunki qarzdor qarz evaziga biror nimani garovga qo’yishi kerak edi.
Qarz to’lanmaguncha garovdagi narsa qaytarilmaydi va qarzdorni ko’rganlar uni qo’l siltab ko’rsatishgan.
Qarzdor nimani garovga qo’ygan?

Javob: Garovga o’z ismini qo’ygan

4880. Hamma emas lekin ko’pchilik maqtanishni yaxshi ko’radi kimdur aqli bilan kimdur mansabi kimdur yutuqlari bilan maqtanadi, O’zini ulug’laydi va unga bu ne’matlarni alloh berganini unitib qo’yadi.
Savol bizga alloh bermagan narsa nima ?
Nimaga o’zimiz erishganmiz va maqtanishimiz mumkin ?

Javob: O’zimiz erishgan yagona narsa bu gunohlarimizdir. Qolgan hammasi uchun yaratganga shukr qilmog’imiz kerak

4881. Quyidagi rasmga e’tibor berishingizni so’raymiz.
Rasmdagi shaklning ma’nosi:
-«Faqat qirolichaning ko’zlari uchun» degan ma’noni bildirishi ta’kidlangan. Yelizaveta I saroyidagi mahfiy xizmat M16 ning xizmatchisi Jeyms Bandga 007 raqami berilishiga sabab bo’lganligi tahmin qilinadigan bu rasmda nima tasvirlangan va uni Bond qayerda ishlatgan?

Javob: Imzosi.(Qirolichaga yuborgan hisobotlariga rasmdagi kabi imzo qo’ygan va keyinchalik bu unung nomiga qo’shib aytiladigan bo’ldi.

4882. Quyida keltirilgan O’zbek xalq maqollaridan biridagi qoldirib ketilgan so’zni toping?
-«Ko’pni yomonlagan ko’muvsiz qolar,
Ko’pni yomonlagan ***»

Javob: «Ko’milar».(bu yerda unitilar xalq nazaridan qolar ma’nosida).

4883. Qashqadaryo viloyatidan topilgan VII asrga oid. Ostadon degan nomi esa lotin tilidan kelib chiqqan.
Zardushtiylik dinidan qolgan udumga ko’ra bu suratdagi narsaning sohibining jinsiga bog’liq sirtida erkak yoki ayol mabud rasmi tushurilgan.
Savol: Siz bizga bu narsaning nima ekanligini emas,yuqoridagi Ostadon nomining o’zbekcha ma’nosini ayting?

Javob: «Suyak makoni»

4884. Bir kuni o’g’ri qasrni xazina saqlanadigan xonasiga kirish uchun darvozada turgan soqchining qanday parol so’rashini eshitib ko’ribdi: Birinchi kelgan vazirga soqchi –“ parol 12” debdi, shunda haligi kelgan vazir “6” deb javob bergan ekan darvoza ochilib vazirni ichkariga kiritibdi. O’g’ri yana kuzatib o’tirgan ekan yana bir vazir kelib darvozani taqillatibdi. Soqchi –“parol 22” degan ekan , 11 deb javob beribdi va soqchi uni ham ichkariga kiritibdi. Shunda o’g’ri o’ylabdi,Agar soqchi menga nechini aytsa Men o’shani yarmini aytishim kerak ekan” deb o’ylab eshikni taqqilatgan ekan, Soqchi “4” debdi, shunda o’g’ri 2 deb javob bergan ekan Soqchi o’g’rini tanib qolibdi va xibsga olgan ekan.
Sizningcha o’g’ri nechi sonini aytishi kerak edi?

Javob: 4.
(Bu yerda gap soqchi aytgan paroldagi raqamda nechta harf qatnashganligi haqida ketmoqda: Soqchi:-«4(to’rt)».

4885. Fransiyaning bu «kuch-quvvati» dunyoda 3-o’rinda turadi. U 1204-yilda Filip Avgust tarafidan ilk ko’rinishi namoyon qilindi.
Hatto 2012-yilda mashhur Luvr muzeyiga tashrif buyurgan 9.7 million kishi uni ko’rish uchun o’z hisoblaridan pul to’lashga tayyor edilar.
Gap nima haqida ketmoqda?

Javob: Luvr Muzeyi.

4886. 2015-yilda ular soni bor yo’g’i 201 tani tashkil qilgan. Ularning birinchisi Nemis millatiga mansub bo’lsa, 201-chisi Yaponiya va Kolumbiya vakili hisoblanishar ekan. Javobingizni aniq qilib ayting , sizningcha gap kimlar yoki qanday insonlar haqida ketmoqda?
Javob: Nobel mukofotini yutgan fizik olimlar haqida.

4887. Tarixdan ma’lumki Buyuk Britaniya qirollik xonadoni nafaqat Britaniyada balki butun dunyo diqqat markazida bo’lib kelgan. 60 yildan oshiqroq qirollikni qirolicha boshqarib kelgan. 1936-yilda qirollik oilasida bo’lib o’tgan bir voqea sabab Qirol Eduard VIII taxtdan voz kechadi. Oilada o’g’il farzand yo’qligi sabab 10 yoshli Ellezaveta taxt merosxoriga aylanadi va 1953-yilda taxtga o’tirgunicha otasi Qirollikni boshqaradi. Qanday voqea sabab Eduard VIII taxtdan voz kechganligini o’ylab ko’ringchi?
Javob: Uollis Simpson shu amerikalik beva ayol sabab taxtdan voz kechgan edi.

4888. Unga a’zo 13ta davlat ichidan negadir quyidagi 6ta shahar tanlab olingan:
Rim, Stakgolm, Amsterdam, Budapesht, Madrid, Montevideo.
Bu oltida shahar ichidan 5tasi Yevropada joylashganligini va uning asoschilari Yevropalik ekanligini hisobga olinib 6-chi shahar tanlab olingan.
Siz bizga uning nomini emas, eng so’ngi prezidentining ismini aniq qilib ayting?

Javob: Janni Infantino.(FIFA)

4889. 1889-yilda dunyo uni yuzini ko’rdi. Yaratuvchi tomonidan taqdiriga 20 yil yashash bitilgan ammo u bugungi kunimizgacha yashab hech kimni sotmadi lekin 1925-yilning o’zidayoq uni 2 marta sotishgan edi.
Gap kim yoki nima haqida ketmoqda?

Javob: Eyfel minorasi

4890. Detektiv_Savol
Demak sizning jinoyatni tasvirlab berishingizcha o’g’rilar kechasi soat 22da sizning ishxonangizga kirishgan va elektrni uzib qo’yishgan siz ularni ko’ra olmasligingiz uchun.Ular fonar orqali ishlashgan,bir o’g’ri sizning qo’llaringizni bog’lab sizga xabardor bo’lgan,qolganlari pullarni o’g’irlashgan va taxminan 24da ular ishxonangizdan pullar bilan chiqib ketishgan.Keyin siz elektrni yoqib, menga qo’ng’iroq qilib jinoyat sodir etilgan joyga kelishimni so’radiz.Men 25 daqiqada sizning oldingizga keldim.Mening gaplarim xuddi siz jinoyatni tasvirlab berganday to’g’rimi deya so’radi Sherlok soatsozdan.
Xa hammasi to’g’ri-deya javob berdi jabrlangan soatsoz.
Siz aldayabsiz! Barcha menga aytib bergan gaplaringiz yolg’on dedi Sherlok soatsozga qarab.
Diqqat savol siz menga nega Holms soatsoz aldayabdi degan qarorga kelganini sababini ayting?

Javob: Agar rasmdagi soatlarga e’tibor bersangiz u yerda elektr soat qolgan soatlardan bor yo’g’i 10 daqiqaga ortda ekanligani ko’rish mumkin. Agar rostan ham jinoyat sodir etilib elektr o’chirilib qo’yilganda, elektr soat qolganlaridan kamida 2 soatga ortda qolishi kerak edi.

4891. Quyidagilardan qaysi biri bu ro’yhatda ortiqcha?
1.Leonardo Dikaprio.
2.Eshton Kutcher.
3.Keyj Nikolos.
4.Eddi Myorfi.
5.Richard Gir
6.Maykl Keyn.
7.Tom Kruz.

Javob: Maykl Keyn. Ingliz (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/5585?comment=27811)

4892. Quyida eramizdan oldingi davrlarga oid qadimiy topilma ko’rsatilgan.
Bu topilmaning vazifasini ayting?

Javob: Vaqti bilish uchun(suv soati).

4893. «Mo’jizalar maydonchasi» Rossiyada namoyish etiladigan tele-shou. Unda eng yuqori cho’qqiga chiqqan bir ishtirokchi super o’yinda qatnashadi.
Savol esa yana bir mo’jizalar maydoni haqida. Unga 294 qadam tashlasangiz 56 metrga ko’chgan bo’lasiz.
Gap qaysi mo’jiza maydoni haqida ketmoqda deb o’ylaysiz?

Javob: Piza Minorasi

4894. Bir kuni yozuvchi Ernest Xemingeuy sevgan insonidan sovg’a oladi. Mashhur yozuvchi bu sovg’ani bugungi kunimizdagi pulemot o’q otar quroliga qiyoslagandi. Qanday sovg’a haqida gap ketmoqda?
Javob: Yozuv mashinakasi.

4895. Bir kuni mashhur fizik Albert Enshteyn uyiga fizik shogirtlaridan biri tashrif buyuradi va uzoq suhbatdan keyin Enshteyn bir chashkaga yarim qilib qahva olib keladi. Birinchi bo’lib Enshteyning o’zi chashkaga yarim chashka qahvani yarimigacha ichadi va shogirdiga uzatadi. Shogirdi ham chashkadagi qolgan qahvani yarimi ichib yana Enshteynnga qaytaradi, xuddi shunday chashkadagi qahva batamom kamayib qolgunicha almashib qahva ichishadi. Va oxirida Enshteyn shogirdiga savol beradi: -“ Agar biz chashkadagi qahvani oxirgi tomchisigacha bo’lib ichishimiz mumkin bo’lganida hammasi bo’lib boshidagi yarim chashkaning qancha qismini ichgan bo’lamiz?
Javob: 2/3 qismini.

4896. 40-chi, sen fil!
41-chi, sen o’zing fil!
42-chi, sen eshshak!
43-chi, sen ham fil!
44-chi ham eshshak!
44-chining ismini ayting?

Javob: Barak Obama.
(Amerikaliklar orasida quyidagi ajratish bor, Respublikachilarni fillar, Demokratlarni Eshshaklar deyishadi).

4897. Bir mashhur Italyan yozuvchisi UNI yo’l chiptasidagi biletga o’xshatadi va uni asal yoki vareni bilan yopishtirishni maslahat beradi. Nimani?
Javob: Pochta markasi

4898. Sobiq SSSR , AQSH, Angliya va Xitoyning Maskvadagi 1943-yilgi kengashi va 1945-yilgi San Fransiskodagi ustavlarining qabul qilinishi. Bu bir organizatsiyaning ilk shakllanish bosqichlari edi. Siz bizga bu organizatsiyaning nomini emas, O’zbekiston Respublikasining bu organizatsiyaga qo’shilgan vaqtidagi yetakchisining millatini ayting?
Javob: Afrikalik(Yegipet).

4899. Litva.
Bu davlatning quyidagi tashkilotlardan qaysi biriga a’zo emasligini aytib bera olasizni?
1) BMT
2) NATO
3) MAGATE
4) OPEK
5) YUNESKO

Javob: Opek

4900. Havoda o’rtacha 900km/soat,
Suvda o’rtacha 225000km/soat,
Shishada o’rtacha 200000km/soat,
Vakumda o’rtacha 299792458m/sekund
Gap nima haqida ketayotganligini topgan bo’lsangiz yuqoridagi tezliklardan qaysi biri noto’g’ri yozildi?

Javob: 900km/soat.
Gap yorug’lik tezligi haqida edi