42-qism savol javoblar

Savol javoblar t.me/Eski_Savollar_Bazasi telegram kanalidan olingan.

4101. Budapeshtlik injener Pomler uzoq urinishlardan keyin aerozol ballonchalari ichiga qo’shiladigan qimmatbaxo freon o’rnini bosuvchi ekologik toza moddani taklif qiladi. Uni qo’shgach aerozolni bemalol, qancha bo’lsa ishlab chiqarish mumkin bo’ldi.
SAVOL: Pomler freonni nima bilan almashtirishni taklif qilgan?

Javob: Havo

4102. Qadimdan odamlar dangasa va ishyoqmasligi uchun uni yoqtirishmagan. Yapon samuraylari qoidasiga ko’ra uni bab – baravar mavqeda ushlash talabi bo’lgan. Ular haqida 4 ming yil ilgari Qadimgi Misrda devorlarga chizilgan suratlar ham shoxidlik beradi.
SAVOL: nimani odamlar dangasa deb kamsitishgan?

Javob: Chap qo’lni

4103. Birinchi aforizm: 《 U o’zgalar tomonidan payxon etilgan yalanglik》.
Ikkinchi aforizm: 《Unda hayotning eng yorqin izlarini ko’rish mumkin》. Bu ikki aforizm bir holat haqida.
SAVOL: bu mashhur qaydlar nima haqida?

Javob: Yuzdagi ajinlar

4104. Kinotanqidchi Samuel Goldvinning ushbu mashhur jumlasini bitta so’z bilan yakunlang: 《Kino qachon o’ladi, qachonki kinoteatrlarda u bo’lmasa》.
SAVOL: nima bo’lmasa?

Javob: 《Kino qachon o’ladi, qachonki kinoteatrlarda qorong’ilik bo’lmasa》.

4105. Ispaniyada ayrim fermerlar uchun soliq bo’yicha chegirmalar mavjud. Soliqchilar bu fermerlarni ro’yxatga kiritib qo’yishadi.
SAVOL: qaysi hizmatlari uchun fermerlardan kam soliq olinadi?

Javob: Korridoga buqa yetishtirib berishgani uchun.

4106. Germaniyaning bir konservatoriyasida, bir ustoz har imtihonda bitta savolni qaytarishni yoqtirardi: » Baxning 30 ta farzandi bo’lgan, u hayotining butun umrini …. o’tkazgan». Hazilkash studentlar biri «… Germaniyada», yana biri «…. Teatrda» deb aytgan ekan.
SAVOL: Siz esa menga haqiqiy javobni ayting?

Javob: » Baxning 30 ta farzandi bo’lgan, u hayotining butun umrini qarzda o’tkazgan»

4107. Afsonaga ko’ra, Alloh taolo qopda rizq ulashganida, hammaga undan bitta – bitta tarqatgan ekan. Kavkazga kelganda, u qopda nima bo’lsa bari to’kilib ketgan, deyiladi. Shundan bo’lsa kerek, Kavkazda u narsa juda serob.
SAVOL: Kavkazda nima serob?

Javob: Til. Язык

4108. Tabiatga oshno bir zamonaviy shoirning o’z qiziqishlaridan kelib chiqib yozgan hokkusi shunday yangraydi:
May, iyun, iyul, avgust o’tib
Yetib keldik unga.
SAVOL: shoir nimaga qiziqqan?

Javob: Baliq oviga

4109. XV asrda Yevropada vabodan juda katta xavf paydo bo’ladi. Florentsiya yaqinida vabo tarqagach, dengizchilarni saqlaydigan bir orol bo’lgan. Kemani esa cho’ktirib yuborishgan. Lekin baribir shaharga vabo kirgan. Vabo cho’ktirilgan kemalardan tarqalgan ekan.
SAVOL: Cho’ktirilgan kemalardan qanday qilib vabo tarqashi mumkin?

Javob: Kema cho’ktirilganda uning ichidagi kalamushlar suvga, suv orqali shaharga kirgan. Shaharga vaboni kemiruvchilar olib kirgan.

4110. Latifa:
-Men negadir o’zimni yomon his qilyapman, isitmam bor shekilli.
-Hechqisi yo’q. Bitta sakrab olsang o’zingga kelasan.
SAVOL: latifadagi bemorni toping?

Javob: Termometr

4111. AQSH o’zining g’alati qonunlarini juda yaxshi bilamiz. Bu qonun aholiga hurmat tariqasida, Geri shahrida (Indiana shtatida) kuchga kirgan. Bu qonunda, X dan keyin, oradan kamida 4 soat o’tmagunicha teatrga borish taqiqlanadi.
SAVOL: X nima?

Javob: Sarimsoq yegandan keyin

4112. 1988-yil o’tkazilgan «XI Butun ittifoq . . . . . filmlar festivali»da namoyish etilgan filmlar orasida yetakchilardan biri «O’n uchinchi» filmi bo’lgan. Savol: Bu film kimga bag’ishlangan edi?
Javob: Film shaxmat bo’yicha 13-Jahon chempioni GARRI KASPAROVga bag’ishlangan edi.

4113. Valdimir Dal lug’atida bir so’zning bir nechta ruscha sinonimlari keltirilgan: Chirla, skorodumka, jeltaglazka, skorospelka.
SAVOL: Endi siz bu so’zning o’zbekchasini toping?

Javob: Quymoq

4114. Texnologiya rivojlanmagan davrda xabarlarni yuborish uchun choparlardan foydalanilar edi. Keyinchalik xabarni tezroq yetkazish maqsadida kabutarlardan foydalanilgan. Uddaburon Yaponlar, hattoki, tunda uchadigan kabutar zotlarini yaratdi. Buning esa o’ziga xos sababi bor. DIQQAT SAVOL: Yaponlar tunda uchadigan kabutarlardan qanday vaqtda foydalangan?
Javob: Urush vaqtida.
Kunduzi uchadigan kabutarlarini dushman merganlari urib tushirishini oldini olish maqsadida.

4115. 2006-yil yakuniga ko’ra Angliyada 1-raqamli sport turi – futbol. Pokistonda -chim hokkeyi, Saudiya Arabistonida – tuya poygasi, Mongoliyada esa u – sport.
SAVOL: qaysi sport?

Javob: Sumo. Qarangki, yapon sumochilarining eng kuchlilari mo’g’ullar ekan

4116. Sitsiliyaning eng qadimgi rivoyatdan:
Sitsiliyaning bu eng mashhur qiroli oroldan quvg’in bo’lib borib qolgan joy uning nomi bilan atalgan.
SAVOL: qirolning ismi nima bo’lgan?

Javob: Ital. Italiya.

4117. Original fikrlovchi Iosif Brodskiy shunday yozgan:
《 Yon atrofdagi joy tanqisligini vaqtning ko’pligi bilan to’ldirish mumkin》.
SAVOL: Brodskiy nimaga yoki qayerga bu ta’rifni bergan?

Javob: Qamoqxona

4118. 1995 yilgi ma’lumotga ko’ra, o’ta og’ir vaznda boks bo’yicha jahon chempioni bo’lgan Jeyms Smit bir sohada yagona bo’lgan. Chunki ungacha jahon chempionlarini birortasida u bo’lmagan.
SAVOL: Jeyms Smit boshqa chempionlardan nimasi bilan farq qiladi?

Javob: Oliy ma’lumoti bilan.

4119. Venetsiyadagi imoratlarning boshqa shahardagi uylardan ikkita farqi bor. Birinchisi hamma imoratlar suv ustida qurilgan.
SAVOL: ikkinchi farqni toping?

Javob: Bu shahardagi hamma uylarning suvda aksi bor. Ular qo’shaloq bo’lib ko’rinadi.

4120. O’tgan asr boshlarida yashagan Italiyalik bu qari ayol yoshlarga yordam berib yurgan. Boyligi tufayli juda qimmatbaho kiyimlar kiygan. Eng sevimli kiyimi zebra terisidan yoping’ich bo’lgan. O’limidan oldin boyligining ma’lum bir qismini o’zi to’plagan yoshlar guruhi istiqboli uchun vasiyat qilib qoldirgan.
SAVOL: GURUH nomini ayting?

Javob: Italiyaga bu jamoa nomi 《 Qari Siniora》 deb ataladi. Yo’l-yo’l zebra ko’rinishidagi futbolkada o’ynaydigan jamoa – Yuventus.

4121. 《Menga siz eng so’nggi chaqangizni berishdan qo’rqmang. Mol bilan qaytmasada, qalbingiz ko’chasiga erkinqushla uchib kiraman. So’ngra uysiz, hokisorlarni yuboring mening qoshimga. O’ksis qalblari ostonasini bir zumda tilloga aylantiraman》.
1903 – yilda bu bitik bir haykal ko’ksiga o’yib yozilgan.
SAVOL: Haykal nomini toping?

Javob: Ozodlik Haykali

4122. Bu internatsional atama avval pochta sohasida paydo bo’lgan, hozir esa juda ko’p sohalarda qo’llaniladi. Biror noma va xabarni zudlik bilan yetkazishda u usul qo’l kelgan.
SAVOL: qaysi internatsional so’z so’ralmoqda?

Javob: Estafeta

4123. Ilmiy kitoblarda u holatga shunday baho berilgan: katta hajmdagi energiya qisqa muddatda va o’lchangan miqdorda ozodlikka chiqadi.
SAVOL: bu nimaga berilgan baho?

Javob: Portlash

4124. Bilim haqida juda ko’p aforizmlar mavjud. Xitoy faylasufi Konfutsiy: 《Fikrsiz ta’lim berish befoyda ish, ta’limsiz quruq fikrning o’zi esa………..
SAVOL: aforizmni bir so’z bilan to’ldiring?

Javob: Xavfli

4125. U yulduzni bizda Zuxro, qadimgi rimda Sirius deb ataladi. U yulduzning lotincha atamasidan ko’proq maktab bolalari manfaatdordirlar.
SAVOL: Zuxro yulduzi lotinchasiga nima deb ataladi?

Javob: Kanikul

4126. Bugun teatr sahnasida mikrofonlar sahna tepasida osilib turadi.
SAVOL: Qadimgi Yunonistonda ovoz kuchaytirgich vazifasini nima o’tagan?

Javob: Aktyorlar niqobda o’ynashgan. niqob ovoz kuchaytirgich vazifasini o’tagan.

4127. XX asr boshlarida Parijdagi moda uylari bazalarida sichqonlar boqilgan.
SAVOL: undan nima maqsadda foydalanilgan?

Javob: Sichqonning mayin yungiga ishlov berilib; undan ulama kiprik yasalgan.

4128. Xitoy tilida ikki ieroglif birikib yangi ieroglif va so’z hosil qiladi. Masalan: «It» va «og’iz» ierogliflari birlashib «hurmoq» so’zini, «bug’u» va «yer» esa «chang» ieroglifini hosil qiladi. Savol: «uy» so’zini hosil qilish uchun qaysi so’zlardan foydalaniladi?
Javob: Tom va Devor

4129. Aleksandr Makedonskiy bu ishni harbiy nuqtai nazardan kundalik odatga kiritgan. Yunonlar motam kunlari uni qilishgan, rimliklar aksincha, motam kunlarida uni qilishmaydi. Afrikanus bu ishni kunda bajargan ilk rimlik hisoblanadi.
SAVOL: u qanday ish?

Javob: Soqol Olish

4130. AQSHda buning uchun odamlardan foydalanishgan. JAR hayvonlardan, fil, buqa, sher, leopard, begemotdan.
SAVOL: Rossiyada bu maqsadda nima ishlatilgan?

Javob: Shaharlar. Puldagi suratlar

4131. Juvonmardlik qoidasi bo’yicha uch narsani do’stu dushmanga ochiq tutmoq lozim ekan: uy eshigini, dasturxon boshini, xatto uni ham.
SAVOL: uchinchi narsani toping?

Javob: Hamyonni ochiq tutmoq kerak

4132. Qo’qon va Bekobodda deyarli har kuni kuchli shamollar bo’lib turadi, bu shamol hech kimga yoqmaydi. Faqat ulargina tez-tez shamol bo’lishini xohlashadi.
SAVOL: qaysi kasb egalari?

Javob: Ko’cha supuruvchilar

4133. Mikrobiologlarning tekshiruviga ko’ra, uni xonadonimizdagi eng iflos joy deyish mumkin. Uni har bir kvadrat sm. da 11,4 mikrob bor ekan.
SAVOL: eng iflos joy qayer?

Javob: Muzlatkich

4134. XX asr boshlarida Angliya Aloqa vaziri majburan barcha pochta tashuvchilarga maxsus qizil rangdagi kiyim kiyib yurishni buyuradi
SAVOL: nega?

Javob: Pochta tashuvchilar ish paytida qovoqxonalarga kirmasligi uchun.

4135. Fransua Mariakning so’zlari:
《 Men Germaniyani juda yaxshi ko’raman, endi mening baxtiyorligim ikki hissa oshdi 》.
SAVOL: u bu fikrni nechanchi yil aytgan?

Javob: 1949 yil. Shu yili Germaniya ikkiga bo’lingan.

4136. Uning ixtirochisi rassom va monax Fra Bartolomeo bo’lib, XVI asrda uni daraxtdan yasagan. 1858 yili britaniyalik savdogar unga jon kirgizdi. Hozir ular juda ko’payib ketgan, jonsizi ham jonlisi ham.
SAVOL: rassom Fra Bartolomeo nimani ixtiro qilgan?

Javob: Maneken

4137. Abdulla Qahhor hikmatlaridan:
Adabiy asar yozish uchun hech shubhasiz talant kerak, lekin yozilgan narsani o’chirish, kitobxonga zarur gaplaringizni qoldirish uchun talantning o’zi gina kifoya qilmaydi.
SAVOL: adib fikricha, adabiy asar yozishga yana nima zarur?

Javob: Insof

4138. Buni Yevropaga Sharqdan o’tgan deyiladi. Uning nomi fransuzchadan «uchadigan» ma’nosini beradi. Bizga tanish bo’lgan nomi esa ingliz Gersogi yeriga yaqin bo’lgan shahar nomiga aloqador. Unda «xol», «qur» kabi so’zlar bor. Dastlabki vaqtlarda aynan u sabab bir g’oz patlaridan ayriladi. Diqqat savol: Agar siz uning nima ekanligini bilgan bo’lsangiz, aytin-chi, umuman aloqasi bo’lmagan g’oz patlari unga nima uchun kerak?
Javob: Bu Batminton o’yini. G’oz patlari o’yin to’pi ‘volan’ni yaxshi uchishini ta’minlaydi.

4139. Juda ko’p egzotik o’simlik va jonzotlar yashashi uchun mahaliy aholi u yerni 《Allohning bog’i》deb ataydi. Jak Iv Krusto esa uni mo’jizalar korridori deb atagan.
SAVOL: bu joy nomini ikkita so’z bilan ifodalang?

Javob: Qizil dengiz.
Dengiz antiqa jonzodlarga boy. Ko’rinishi korridorga o’xshaydi.

4140. Agar yaxshilab o’ylab ko’rilsa inson o’zida uchta xo’jalik, ro’zg’or asbobini ko’tarib yuradi. Birinchisi – oshqozon, qozon.
SAVOL: qolgan ikkitasini toping?

Javob: Kurak. Bel

4141. Lotin tilida insonning tanasi qanday atalishini bilasizmi? Bu so’z bilan, ya’ni lotincha tana so’zi bilan hozirda harbiy qismlardan biri ataladi.
SAVOL: Lotin tilida tana qanday ataladi?

Javob: Inson tanasi lotin tilida 《korpus》 deb ataladi.

4142. Irlandiya azaldan katolik dini ta’sirida bo’lgan va u yerda ayollar juda tortinchoq sodda, bo’lishlari talab etilgan. Shuning uchun ular birmuncha qoloqroq bo’lishgan. Faqat bir kun ularga birmuncha erkinlik berilar ekan. Xatto o’z mayllaridagi yigitga ko’ngil izhor etishlari ham mumkin bo’lgan ekan.
SAVOL: bu qaysi oyning qaysi kuni?

Javob: 29- fevral kuni ularga erkinlik berilgan.

4143. Slavyanlarda azaldan mehribonlik bayrami o’tkaziladi. Aynan shu bayramda Ivan Grozniy amnistiya e’lon qilgan.
Savol: Xuddi shu kuni Ivan Grozniydan ibrat olgan fuqarolar qanday ishni bajarishgan?

Javob: Oddiy fuqarolar Ivan Grozniyga taqlid qilib uylaridagi qafasdagi qushlarni qafasdan chiqarib yuborishgan.

4144. AQSH prezidenti Jimmi Karter o’z memuarida, davlat gimni yangrayotganda o’zini yo’qotib qo’yish holati ro’y berishi uni karerasiga biroz potur yetkazishini yozgan. Shunda ruhshunos unga gimn yangrayotganda sanashni buyuradi.
Savol ruhshunos prezidentga nimani sanashni buyuradi?

Javob: Ruhshunos AQSH bayrog’idagi yulduzlarni sanashni maslahat bergan.

4145. Nima uchun vino, shampanlarni uzoq vaqt saqlash uchun tik holatda emas balki yotiq
holatda saqlashlarini aniq sababini ayting?

Javob: yog‘och tiqinlar qurib qoladi va ichiga havo kirib vino buziladi.

4146. Piterdagi dastlabki ajraluvchi mostlardan biri A. D. Menshikov tomonidan qurilgan
bo‘lib,undan o‘tish pullik edi. Piyodalardan 1 tanga, otliqlardan 2 tanga, aravalardan 5 tanga
olingan. Eng baland narx bir rubl nimalardan olingan?

Javob: KEMALARDAN.
Izoh: ikkiga ajraluvchi ko’priklar kema o’tishi uchun bir muncha energiya sarflaydi.

4147. Eron bayrog’idagi qizil rang mardlik timsoli bo’lsa, Islandiyada vulqonlarni aks ettiradi.
SAVOL: Portugaliya bayrog’idagi qizil rang nimani bildiradi?

Javob: INQILOB ( revolutsiya )

4148. Leonardo da Vinchi o’zi yasagan suv osti kemasi loyihasini nima sababdan yo’q qilib tashlagan?
Javob: Insonlar suv ostida ham bir-birlarini o’ldirmasliklari uchun

4149. 1947-1950 yillarning qatag’on qurboniga aylangan Said Ahmad 10 yil qamoq jazosini o’tagan.
SAVOL: Qamoqda yozuvchi nima ish bilan shug’ullangan?

Javob: Qamoqxona rassomi bo’lib ishlagan.

4150. Muskullar haqidagi ta’limot miologiya, bo’g’imlar haqidagi ta’limot astrologiya, ichki a’zolar haqidagi ta’limotni esa sizlar topasizlar?
Javob: Splanxnologiya

4151. O‘zining san’atdagi ilk qadamlarini u kabutarlarni tasvirlashdan boshlagan, aniqrog‘i o‘z otasi chizgan kabutarlarga oyoqchalar chizib qo‘yishdan boshlagan. Keyinchalik esa mashhur rassom bo‘lib yetishgach, u o‘zining bu qushga bo‘lgan muhabbatini yana bir bor namoyish qildi. Siz gap kim haqida ketayotganini anglagan bo‘lsangiz, u asosan rassomchilikning qaysi yo‘nalishida ijod qilganini yozib bering?
Javob: Kubizm

4152. Mashhur yunon haykaltaroshining ismiga hukmdorlik titullaridan birining nomini qo‘shadigan bo‘lsak, mashhur hukmdorning uchinchi o‘g‘lining nomi kelib chiqadi. Siz menga o‘sha mashhur hukmdorning kim ekanligini ayting?
Javob: Amir Temur ( Miron – shoh).

4153. Balxning Janubiy tarafidagi shahar yonida joylashgan otashparastlarning qadimiy butxonasi, 1972 yilda mamlakatimizda vujudga kelgan shaharcha, 1980 yilda tashkil etilgan tuman, Farg‘ona viloyati Furqat qishlog‘idagi qishloq va oliy liga futbol jamoasi aynan bir xil ataladi. Qanday ataladi?
Javob: Navbahor

4154. Islandiya poytaxti Reykyavikdan 112 km janubi-sharqda Surtsey degan vulqon bor. Bu vulqonning boshqa vulqinlardan farqi bor. Bu farq nimada?
Javob: Bu vulqon dengiz ostidan otilib chiqadi.

4155. O‘z mahsulotini jahon bozoriga chiqarib sotish oson ish emas va bu ishni hamma ham eplayvermaydi. Lekin bir shaharning aholisi xohlagan paytida o‘z mahsulotini u sifatli bo‘ladimi, sifatsiz bo‘ladimi, jahon standartlariga javob beradimi yo‘qmi baribir jahon bozoriga olib chiqib sotaveradi.
SAVOL: bu qaysi shahar?

Javob: Namangan

4156. Abumuhammad Ilyos ibn Yusuf ibn Zakiy Muyyad boshlab bergani an’anani keyinchalik boshqalar ham davom ettirganlar. Siz menga uning boshlab bergan an’anasi bilan bog‘liq sonni ayting?
Javob: 5
Yuqoridagi shaxs Nizomiy Ganjaviy

4157. Qadim zamonlarda uning kuyi eng yoqimli va go’zal hisoblanib «ular noyob sanalgan . Xon saroylarida parvarish qilingan. Ularning kuyi xatto she’rlarda doston» uni tanimaslikning iloji yo’q.
SAVOL: u nima ?

Javob: Bulbul

4158. Topishmoq
Shov tegirmonning toshi
Oltin egarning boshi
Shuni topgan kishining
Yuz o’ttiz ikki yoshi.

Javob: Tish

4159. 1921 yilgacha ishonchli bo‘lgan shahar birdaniga nomini o‘zgartiradi. 1997 yilga kelib o‘z o‘rnini oq qabrga bo‘shatib berdi.
SAVOL: bu voqealarning barchasi qaysi davlatda sodir bo‘ldi?

Javob: Qozog’iston

4160. «Jen do – di shao» Albatta, bu ibora Xitoyliklarga mos va xosdir. Bunda «do» va «shao»
«ko’p» va «kam» ma’nolarini beradi. Siz esa menga to’liq iborani yozib bering?

Javob: Odam ko’p – yer kam.

4161. 《Dunyoda haqiqat yo’q, lekin haqiqatdan balandroq turadigan narsa ham yo’q》, deb aynan u inson aytgan.
SAVOL: kim?

Javob: ANTONIO SALERI

4162. 1237- yilda mo’g’ullar bosqini davrida aynan Chingizxonning shu nabirasi Moskvani vayron qiladi.
SAVOL: qaysi nabirasi?

Javob: Botuxon

4163. Ozod Sharofiddinov aytgan: «Tanqidchi ijod bog’iga bolta emas uni ko’tarib kirishi kerak».
SAVOL: nimani?

Javob: Tokqaychi

4164. Plastik jarrohlarning fikricha, inson terisini qaritadigan vositalardan birinchisi tamaki ekan. Ikkinchisi esa aynan u.
SAVOL: ikkinchi omil nima?

Javob: Oftobda ko’p toblanish

4165. Yaponlar bir ishni bajarish uchun, bizdan ko’ra o’n bora ko’p ter to’kishlari kerak. Ammo bajarib olgach u ishni, bizdan ko’ra to’rt bora tez amalga oshira oladilar.
SAVOL: qaysi ishni bajarish uchun shuncha ko’p ishlashi kerak?

Javob: Yapon tilini o’rganish uchun. O’qishni o’rgangach, bizdan ko’ra 4 bora tezroq o’qiy olishadi.

4166. U gul diametri jihatdan barcha gullarni ortda qoldirgan. Bundan tashqari u barg va poyaga ega emas. Parazit holda yashaydi. Gul uni topgan 2 tadqiqotchi sharafiga nomlangan.
SAVOL: gulning nomi nima?

Javob: RAFLEZIYA ARNOLDI

4167. Aynan bu turk yozuvchisi va jamoat arbobi «Inson panoramasi» epopeyasi, shuningdek » 835 misra» va » Quyoshni madh etuvchi qo’shiq» she’riy to’plamlarining muallifi hisoblanadi.
SAVOL: u kim?

Javob: Nozim Hikmat

4168. Fazoviy jismlar tarkibining 23 foizini bu kimyoviy element tashkil etadi.
SAVOL: u qaysi element?

Javob: Geliy

4169. Chexov Uni » hech kim uning qayerda ekanligini bilmaydi, lekin qanday og’rishini hamma biladi»- deya ta’riflaydi. DIQQAT QILING SAVOL: siz uni nima ekanligini bilgan bo’lsangiz bizga uning 2 ta sinonimi bilan ayting?
Javob: KO’NGIL. YURAK, QALB, DIL

4170. Aynan u ikkinchi bo’lib dunyo bo’ylab sayohatga chiqishga qaror qilgan.
SAVOL: u inson kim?

Javob: FRENSIS DREYK

4171. Bu aktyor XX asrdagi eng beg’am ota rolini ijro etib, kino tariximizdan joy oldi.
SAVOL: bu qaysi aktyor?

Javob: Rahim Pirmuhamedov.

4172. Men U narsa ayollardagi 40 makrning biri deb o’ylayman. Qo’shimcha ravishda:
«Uni yashirmaydigan ayollarga ishonib bo’lmaydi, chunki bunday ayollar hamma narsaga tayyor bo’ladi» – degan edi Oskar Uayld. DIQQAT SAVOL: U nima yoki Ular qanday ayollar?

Javob: KO’Z YOSH. Ko’z yoshini yashirmaydigan ayollar

4173. Unga «eshiklarni ochuvchi oxirgi kalit», » haqiqiy donishmandni aniqlash mumkin bo’lgan haqiqiy belgi» kabi ta’riflar berilgan. Siz esa unga tayangan holda Uning nima ekanligini ayting?
Javob: Sabr

4174. Aynan shu Golland ekspeditsiyasiga rahbarlik qilgan shaxs XVI asrning 90-yillarida Shpitsbergen orolini qayta ochadi.
SAVOL: u inson kim?

Javob: Villem Barents

4175. Har yili o’tadigan Panama regatasining uzunligi shuncha kilometr va shuncha metrni tashkil qiladi.
SAVOL: necha kilometru necha metr?

Javob: 81 kilometr 600 metr

4176. Aleksandr Makedonskiy eramizdan avvalgi 330-320- yillarda O’rta Osiyo, Hindiston va u davlatga hujum uyushtiradi.
SAVOL: qayerga?

Javob: hozirgi Afg’oniston xududiga.

4177. Qora, qizil, sariq, oq rangli dengizlar bor.
SAVOL: moliyaviy jihatdan nomiga mos ko’lni toping?

Javob: Baykal- boyko’l

4178. Uning Vatani – Italiya. Xatto nomi ham Italiyancha. Uning Imkoniyatlaridan birinchi bo’lib va eng ko’p ibodatxonalar foydalangan. Uyg’onish davrida protestantlar bilan qarama – qarshiliklar u yerda aks etgan.
SAVOL: u nima?

Javob: Me’morchilikdagi barokko usuli.

4179. Angliyada davlat rahbari bosh vazir, bosh qo’mondonlikdan tashqari yana bir sohani ham boshqaradi.
SAVOL: qaysi sohani?

Javob: Bank boshqaruvi raisi.

4180. U maydonni saqlab turish ancha qimmatga tushadi. Birgina sug’orish uchun bir yilda 1 million tonna suv kerak bo’ladi. Aniqrog’i, 12 minglik shahar aholisining bir yil davomida sarf qiladigan suv hajmiga teng.
SAVOL: gap qaysi maydon haqida ketmoqda?

Javob: Golf maydonni

4181. Yapon ayoli erkagidan orqada yuradi.
SAVOL: ular orasidagi masofa nimaga qarab belgilangan?

Javob: Ayol kishi orqada yurganda erkak kishining soyasini ham bosmasligi kerak.

4182. Armanlar va gruzinlar uchun u joy tabiatning bir bo’lagi. U yerda yig’inlar, o’yin – kulgi, bayramlar o’tkazilgan. U yerda qarindosh – urug’lar bilan dildan suhbatlashib hordiq chiqarishgan.
SAVOL: ular o’zlarini qayerda erkin tutishgan?

Javob: Qabristonda

4183. «Qashshoqlarga ko’p narsa yetishmaydi, Ularga – hamma narsa».
Lotin tilida mavjud bo’lgan bu iboradagi «Ular» kimlar?

Javob: Ochko’zlarga

4184. Magazindagi dialogdan:
Haridor: 1 necha pul turadi?
Sotuvchi: 40 sent
Haridor: 27 chi?
Sotuvchi: 80 sent
Haridor: 610 necha pul turadi?
Sotuvchi: 120 sent, ser.
SAVOL: haridor nima sotib olyapti?

Javob: Uy raqami
Yopishtiriladigan raqam

4185. Amerika skanvordlarida berilgan topishmoqlardan: qorong’i xonadagi oq dasturxonda bir yarim soatlik lazzat.
SAVOL: topishmoqni ikkita so’z bilan yakunlang?

Javob: Kino zal

4186. Tasavvur qiling, turmush o’rtog’ingiz bilan to’yga ketyapsiz. Uydan chiqa turib, u shimingizga ……… to’kilib ketdi. Shunda himchistkada ishlaydigan onangiz valeriyanka ko’tarib chiqib shimingizni tozaladi.
SAVOL: shimga nima to’kilgan?

Javob: Siyoh

4187. 2000 yilda butun dunyoga mashhur Aleksandriya kutubxonasi yonib ketadi va juda ko’p 70% kitoblar yonib ketadi. Xatto 5 foiz kitoblar saqlanib qolishni imkoni bo’lmaydi.
Savol. Agar 70 % kitoblar o’tda yongan bo’lsa qolgan 30 % kitoblar nimani oqibatida yo’q bo’lgan?

Javob: Qolgan kitoblar yong’inni o’chirish uchun ko’p miqdorda suv sepilganligi sabab ivib ketgan.

4188. Savdo Do’konlarga kirganingizda shunday yozuvlarga ko’zingiz tushadi -» Qarzga berilmaydi -Xatto sizga ham» ,»Qarz munosabatni Buzadi».
Qamoqxonaning shunday bir yozilmagan qoidasi bor ekan:
«Qarz olinishi – X ni o’ldiradi,
Qarzni qaytarilmasligi Y ni o’ldiradi»
Diqqat savol: O’ylab ko’rib X va Y so’zlarni toping?

Javob: «Qarz olinishi -Obro’ni o’ldiradi,
Qarz qaytarilmasligi-Qarzdorni o’ldiradi»

4189. Yupiter atmosferasi eng yengil gaz bo’lgan vodoroddan tashkil topgan. Artur Klarkning fantastik asari qahramoni dirijabldan yupiter bo’ylab sayohat qiladi. SAVOL: Dirijabl nima bilan to’ldirilgan edi?
Javob: Vodorod. H

4190. Duplet
Savol Paolo Koeloning «Alkimyogar» asaridan
1⃣X lar xudoning biz bilan gaplashadigan tilidir
X-?
2⃣Y-xuddi makkora go’zal ayolga o’xshaydi.
Tez tez aqlu hushingni tortib oladi.
Y-?

Javob: X-TUSH Y-SAHRO

4191. Afrikadagi bir mahalliy futbol jamoalaridan biri o’z faoliyatinini boshlang’ich davrida mahalliy futbolchilarning to’pni qo’l bilan o’ynash juda ko’p kuzatilgan.Jamoa mutasaddilari bu holni oldini olishga kirishishdi va tez orada samarali yo’lni o’ylab topishdi. Shundan keyin futbolchilarda to’pni qo’l bilan o’ynash ko’rsatgichi ancha pasaydi.
Diqqat savol:Qanday usulni qo’llashgan?

Javob: O’yinchilar qo’llarida tanga bilan maydonga tushishgan. Futbolchilardan esa tangalarni tushurib yubormaslik talab qilingan

4192. Bir komediya filmda Asperger sindromi bilan kasallangan kishi katta mukofot oladi. U shunda o’zining e’tirofi bilan aytganda, «Endi esa o’zim qachonlardir ko’rgan odamlarga teskari ketma-ketlikda minnatdorchilik bildirmoqchiman» deydi. Diqqat savol. U o’zining uzoq nutqi so’nggida kimga minnatdorchilik bildirganini ayting?
Javob: Akusherga

4193. AQSHlik bog’bonlar bir mashhur shaxsga X ni yanada dunyoga mashhurroq qilgani uchun maxsus sertifikat berishgan ekan.
X-?

Javob: X-OLMA.
Mashhur shaxs esa albatta Stiv Jobs edi.

4194. Bu mashg’ulotni muntazam bajarish insonni kamtarlik sari yetaklaydi degan fikrlar bor. Hozirgi kunda bu mashg’ulot bilan shug’ullanuvchilar soni juda kamayib ketganini bilgan holda bu qanday mashg’ulot ekanini toping?
Javob: Kitob mutolaa qilish.

4195. Ma’lum hollarda yaponlar bambuk o’rmoni va yashil maymunni esga olishadi. Xitoylik esa bunday holda bizga tanish iborani esga oladi. SAVOL: O’sha iborani toping?
Javob: «Qorong’u xonada qora mushuk izlagandek» iborasi

4196. Bu Botanik olim hayotligida familiyasi bilan bog’liq juda ko’p kelishmovchilik bo’lganidan rosa asabiylashar ekan. U yaratgan «ixtiro»ni juda sevib iste’mol qilamiz. Xatto siz va biz ham uning familiyasida adashamiz. Ma’lumot uchun u yaratgan «ixtiro» umumiysi, bir kompaniya nomi bilan ham bog’liq
DIQQAT SAVOL: gap qaysi familiya haqida ketayapti?

Javob: Simirenko.
LEV PLATONOVICH SIMIRENKO yaratgan olma navini hammamiz yaxshi ko’ramizu ammo familiyasini xato ataymiz. Uning familiyasi Semirenko emas Simirenko bo’lgan.
Mashhur kompaniya iphone apple

4197. Fransuz tilidan «barcha to’siqlardan o’tuvchi» deb tarjima qilinuvchi mashhur multfilm qahramonini ayting?
Javob: PASPARTU

4198. U olim uchun ziynat, johil uchun esa parda hisoblanadi. U nima?
Javob. Sukut

4199. Said Ahmad: Adibning bu holatini, o’z qizini uzatib ostonada mung’ayib qolgan otaga qiyoslayman. Adib bu deganda qaysi holatni nazarda tutgan?
Javob: Asarga so’nggi nuqtani qo’yish. Asarni yakunlash.

4200. Yozuvchi ko’p yozganidan joniga tekkan sinchkov tinib tinchimas o’z qahramonini asarni tugatish niyatida o’ldiradi. Ammo butun London bosh ko’tarib » X ni qayta tiriltirmasang ortidan o’zing ham ketasan degan dag’dag’a bilan chiqishadi. Xatto qirolichayam asarni davom etirishni talab qiladi. Aytingchi bu qahramon X kim?
Javob: Sherlok Holmes