72-qism savol javoblar

Savol javoblar t.me/Eski_Savollar_Bazasi telegram kanalidan olingan.

7101. Sevimli Payg’ambarimiz Muhammad Mustafo SAV ni ona tomondan bobo va buvilari nomini bilasizmi?
Javob: Vahb ibn Abdulmanaf. Bobolari
Barra bint Abd al-Uzzo buvilari

7102. Aqlli inson alfani tark etib bettaga erishadi. Alfa ba betta o’rnidagi so’zni topamiz?
Javob: Dangasalik va Komillik

7103. Germaniya futbol jamoasi treneri Helmut Shon (ismini noto’g’ri yozgan bo’lsam uzr) haqida gapirishganda «U xatto X dagi suratida ham kulmagan» degan iborani qo’llashadi.
X ni toping?

Javob: To’yida

7104. Suqrot aqlni peshlaydi deb bu ishni qilgan, Pushkin va Tolstoy ham Suqrot kabi bu ishni qilgan, Hozirda bu ishni qilsak odamlar g’alati qarashadi. Bu ish nima ekanligini toping?
Javob: Yalang oyoq yurish

7105. Alfa- nemischa so’z bo’lib, » iltifotli, do’stona, rahmdil» degan ma’nolarni anglatadi. Yakob Grimm Alfani german ma’budasi deb hisoblagan. Shu bilan birga, Alfa- ko’plab yosh qiz, kampir, yigiruvchi, qishki bo’ronlar bekasi, Yovvoyi oyning yo’lboshchisi timsollarida odamlar oldida paydo bo’ladi.
Diqqat savol: Alfani yozib bering?

Javob: Holda.
Manba: Wikipediya.

7106. Ovqatlanish etiketiga oid savol. Siz rasmda ko’rib turgan holat nimani bildiradi?

Javob: Ovqat yoqmaganini ofitsiantga bildirish

7107. Hazilkashlarning fikriga ko’ra, bu ikki davlatning do’stligi haqida biron narsa deyish mushkul, chunki birining gerbida vilka, ikkinchisining gerbida tovuq bor. Diqqat savol: Bu ikki davlatni ayting?
Javob: Rossiya va Ukraina

7108. Diqqat savol: yuqoridagi suratda nima yoki kim tasvirlangan?

Javob: Kavboy tasvirlangan

7109. Suratda 1960-yildagi Venetsiya shahri tasvirlangan. Coca-Cola kompaniyasining San-Marko maydonidagi reklama yozuvini ko’rib turibsiz. Bu yozuv nimalar yordamida yaratilgan?

Javob: Kabutarlar

7110. Barcha hayvonlarda bo’lgan bu his tuyg’u, faqat cho’chqa va to’ng’izlarda yo’q ekan. Savol u qanaqa tuyg’u?
Javob: Rashk

7111. Jeyms Bibbining romanlarida juda ko»p ma’bud va ma’budalarga ta’rif berilgan. Har bir ma’budning o’z vazifasi bor. Ulardan eng samarasiz vazifa Braala ma’budining chekiga tushgan. Uning bandalari hatto unga sig’inishmaydi ham. Ayting-chi u kimlarning xudosi?
Javob: Ateist
Ya’ni xudosizlarning xudosi

7112. Bu transport vositasi germetik eshiklarga ega bo’lib bir tomonga harakatlanganda 10 soniyada 60 km/ soat tezlika, boshqa tomonga harakatlanganda esa 366 km/soat tezlikka ega bo’ladi. Bu ma’lumotlar shunday vositalarning barchasiga tegishli emas. Ular faqat ba’zi bir Taivandagilargagina xosdir. Bu transport vositasini ayting?
Javob: Lift

7113. «Avesto» da yozilishicha, agar uyingiz chirog’i yoniq va xonangiz yorug’ bo’lsa, ammo ……. bo’lsangiz ko’nglingiz yorishmaydi.
Diqqat savol: Nuqtalar o’rnidagi bitta so’zni toping?

Javob: Och

7114. Knopkali uyali aloqa vositalarida «5» raqami alohida belgi bilan ajratilgan bo’ladi. Masalan , «5» raqami bo’rttirilgan belgiga ega. Bu belgi kimlar uchun qo’yilgan?

Javob: ko’zi ojizlar uchun

7115. 2017-yilning olamshumul jangi shubhasiz, Floyd Meyvezer va Konor MakGregor o’rtasidagi boks jangi bo’ldi. Bunga asosiy sabab quyidagicha edi; shu vaqtgacha boks qiroli unvonini hech kimga bermay kelayotgan Meyvezer, aralash jang san’atlari chempionini hali o’zini sinab ko’rmagan sport turi orqali mushtlashib ko’rishga taklif qiladi. O’yin oldidan Uzreport TV sharhlovchisi Davron Fayzievdan o’yin uchun maxsus intervyusidan parcha: «Bu jang tarixiydir. Dengiz qiroli akula ya’ni Floyd Meyvezer, quruqlik qiroli sher ya’ni Konor Makgregor bilan jang olib boradi. Bu jangning farqli tarafi shundaki, akula va sherning jangi X da bo’ladi».
Savol: X ni toping?

Javob: Dengizda
Izoh: chunki, jang boks ringida bo’ldi ya’ni Meyvezening makonida! Biz Meyvezerni dengiz akulasi deb aytdik!

7116. Hazil savol:
Vinni PUX uylanishni istamasmish, ammo uni eshitib fikridan qaytibdi.
Uni 2 ta so’z bilan ayting?

Javob: Asal oyi

7117. XIX asrning oxirida 2 ta dori yaratiladi. Shundan bittasi-aspirin. Ikkinchisi esa yutal, astma va pnevmoniyaga qarshi edi. Lekin XX asrda bu dorini ishlab chiqarish to’xtatiladi. Bu dorini ichgan odam o’zini xuddi QAHRAMONLARDEK sezgan. Dorini nomi nima?
Javob: GEROIN
IZOH: HERO+INE
kalit so’z :HERO- qahramon.

7118. Yurtimizda dаvlat mulkini talоn-taroj qilish va korrupsiya holatlari tez-tez uchrаb turibdi. Internetdagi shunday mazmundagi bir maqola sarlavhasi ALFА ga emas Bеttaga deb nomlanadi. Diqqat savol. Alfa va betta bir biridan bir harfga farq qilishini bilgan holda alfa va bettani to’g’ri ketma ketlikda yozib bеring?
Javob: Alfa-kassa, Betta-kissa

7119. Yurtimiz to‘y-hashamlarida surnay ovozi albatta yangraydi. Har bir o‘zbek bu kuydan rohatlanadi. Surnaychi ham ko‘zlarini yumib, xuzur qilib chaladi. O‘zi maza qilgach, muhlislarni ham, eshituvchini ham mast qiladi. Lekin bir toifa surnaychilar borki, ularning ko‘zi doimo ochiq turishi kerak. Hissiyotga berilmasdan chalishi kerak, chunki ular.. Diqqat savol: nega bu surnaychi hissiyotga berilmay chalishi sababini yozib bering?
Javob: Bu toifadagi surnaychilar hissiyotga berilmasdan chalishi kerak, chunki ular ilon o‘ynatuvchilardir!

7120. Savol: bitlar, kanalar bundan 1.000.000 yillar oldin paydo bo’lgan. Lekin 170.000 yillar oldin ularning paydo bo’lishi kana bitlarni birdaniga ko’payishiga sabab bo’lgan. Ularni toping?
(Ular deganda jonsiz narsalar nazarda tutilgan)

Javob: Kiyim-Kechaklar

7121. Yuqoridagi karikaturada qaysi mashhur insonga yodgorlik yasalmoqda?

Javob: Charlz Darvin

7122. XX asrning birinchi yarmida ijod qilgan fransuz shoiri Pol Valerning sandiqcha ichidagi narsaga atab yozgan sheri bor. U predmet otamzotga tiriklikdan to umrining soʻnggi lahzalarigacha ham asqotishi haqida judayam falsafiy qilib sher bitgan. Sandiqchamizda nima bor?
Javob: Koʻzgu bor.
Odatda, odamzod tiriklikni boʻrttirishda ham kamchiliklarni yo’qotishda ham undan foydalanadi. Inson eng soʻnggi manzilga ketayotganda ham hatto unga murojaat qiladi

7123. Aforizmlar kitobida juda hayotiy va qiziqarli bir uchqur ibora bor:
Guvohlar oʻlishi bilan ular paydo bo’ladi degan.
Guvohlar qolmasa nima paydo bo’ladi?

Javob: Afsona,
Guvohlar oʻlsa chin haqiqat ochilmay qoladi haqiqat unutiladi va afsonalar paydo bo’ladi.

7124. Sevimli shoirimiz Anvar Obidjon ijodidan parcha tinglang:
Kecha oldim ,
Jiyancham,
Yig’lab yozgan xatingni.
Aytmasang ham boʻlardi
oldi-qochdi dardingni.
Mendan ahvol so’rabsan,
Yozsam ekan nima deb ?
Xullas,
Ishlab Yuribman
O’z etimni oʻzim yeb.
Diqqat savol: Ushbu hajviy she’rdagi bir vazifani bajaruvchi amaki jiyanlarni toping.

Javob: Amaki-qalam, Jiyan-ruchka

7125. Ikkinchi jahon urushi vaqtida yonib ketib tanib bo’lmay qolgan askarlarni yaʼni nemismi yoki sovetmi aniqlashni iloji bo’lmay qolganda hatto kiyim-kechaklar ham yonib ketgan bo’lsa, ularni faqat bir kichkina predmet orqali aniqlashgan ekan.
Xuddi kelishilgandek u predmetni shakli nemislarda boshqacha sovetlarda boshqacha bo’lgan.
O’sha predmetni toping?

Javob: poyabzal mixlari.
U eng olov kam yetib boradigan joyda turadi.
Nemislarda u toʻrtburchak sovetlarda dumaloq bo’lgan.

7126. Blogger Otabek Tillayev aytadi: «Google tarjimon atalmish hissiz robotning koʻmagiga suyanish har doim ham ishga yarayvermaydi. Chunki vaqti kelsa, bu matoh toponim bilan zoonimning farqiga bormay qoladi».
Blogger qaysi toponim va zoonimni nazarda tutmoqda?

Javob: Turkiya va Kurka
Ingliz tilida «Turkey»

7127. Alfa-har tomonni yakson qiladi. Alfa-gullarni, hayvonlarni, daraxtlarni va hokazolarni ham yo’q qiladi. Alfa temirni kemiruvchi, po’latni g’ajuvchi, toshni talqon qiluvchi kuchga egadir .
Diqqat savol: Alfani toping?

Javobi: Vaqt.
Manba: Jon Ronald Ruel Tolkinning » Hobbit yoxud borib qaytish» kitobidan.

7128. Savolda bir so’zdan bir necha harflar tushirib qoldirilgan.
XIX asr o’rtalarida Jeyms Kuk ekspeditsiyaga yo’l oladi. Ekspeditsiyalar davomida Kuk ARI lar hujumiga uchraydi. U ARI lar hujumidan sog’ salomat qutuladi va ularning «nish» laridan bir nechtasini o’zi bilan Buyuk Britaniyaga olib ketadi. ARI lar so’zini asl holida yozib bering?
Javob: Aborigenlar
Izoh: Jeyms Kuk o’sha vaqtda Amerikaga ekspeditsiya uyushtirgan.Natijada Aborigenlar hujumiga uchragan va ular Kukka «nish» ya’ni «nayza» uloqtirishgan va ulardan bir nechtasini qo’lga kiritishga muvaffaq bo’lgan.

7129. Siz yuqoridagi suratda Yevgeniy Samoylov karikaturasi personajining boshini ko’rib turibsiz. Uning qo’llarida esa 1974-yilda paydo bo’lgan bir predmet bor. Aynan, nima?

Javob: Qo’lida Rubikning Kubigi bor.

7130. Niderlandiya, Belgiya, Shvetsiya kabi davlatlarda 1-avgustda, Hindistonda 1-aprelda, Avstraliyada 1-yanvarda u bo’ladi?
Diqqat savol bizda u qachon?

Javob: Bilimlar kuni ya’ni 2-sentabr

7131. Ushbu asar qahramonining juda mashhur xitobi bor. Ushbu qahramon ushbu xitobini goh hayronlikdan, goh his-hayajondan, goh xursandchilkdan ishlatadi. Ushbu qahramonning o’zi juda xasis, manfaatparast, qo’rs odam obrazida asarda gavlantirilgan
Diqqat savol: Menga asar nomini emas , balki o’sha asar qahramonining nomini va qahramonning doimo aytadigan xitobini yozib bering?

Javobi: Solih Mahdum. Solih Mahdumning xitobi: » habba- habba».
Izoh: Gap Abdulla Qodiriyning » Mehrobdan chayon» romanidagi qahramon va uning xitobi haqida ketayotgan edi.

7132. Ushbu so’z forscha so’z bo’lib, » yo’ldan ozgan, adashgan, yanglishgan » degan ma’nolarni bildiradi. Ushbu sõz ba’zi yomon insonlarga koyish, haqorat sifatida ham ishlatiladi.
Diqqat savol: ushbu so’zni yozib bering?

Javob: Gumroh

7133. Topishmoq:
Zulfinsiz kalitsiz qutichaga oltin yombilari(quyma) yashirib qo’yilgan.
Diqqat savol: u nima?

Javob: Tuxum

7134. XX asr oxirlaridagi ma’lumotga ko’ra: Yer yuzi aholisining 10%, AQSH aholisining 5%, Angliya aholisining 7% ini ular tashkil qiladi. Bu ko’rsatkich Hindistonda 60% ga teng. Diqqat savol: Gap nima haqida ketmoqda?
Javob: Vegetarianlar (go’sht yemaydiganlar)

7135. Optimist doimo yonida 1 tanga olib yuradi.
Realist kamdan-kam hollarda yonida tanga olib yuradi.
Pessimist bunga ishonmaydi va aslo yonida tanga olib yurmaydi.
Savol: Aniq javob bering! Optimist bu tangani nimaga sarflaydi?

Javob: Lotoreya o’ynash

7136. Bavariyaning bir o‘yinida ikki futbolchi jarima zarbasini kim tepishda bahslashib qoladi. Ular murasaga kelishning ajoyib yo‘lini topishadi. Ular insoniyat tarixidagi eng qadimiy o‘yinlardan birini o‘ynashadi. Boshqa bir necha o‘yinlarda bahslarni hal qilish uchun ham bu o‘yinni biri necha marta o‘ynashadi keyinchalik. Savol: Gap qanday o’yin haqida bormoqda?
Javob: Tosh qaychi qog’oz

7137. Mashhur futbol murabbiyi Elenio Errera fikricha, omadga erishishning siri to’rtta tezlikda ekan: yugurish tezligi, pas berish tezligi, fint tezligi. Diqqat savol: Oxirgisini toping?

Javob: Fikrlash tezligi

7138. «Bolalarni kaltaklamay tarbiyalashning 1000 usuli» kitobida mingdan ziyod maslaxatlar berilgan. Savol: 1001-maslahatni mantiqan ayting?
Javob: Agar 1000 qoidalar samara bermasa, yaxshilab kaltaklang

7139. Yangi uylangan ikki yigit suhbatlashib qoldi.
-Do’stim, ayt-chi, bu dunyoda uylanib rohat topgan odam bormi? – so’radi biri.
-Men ham shu to’g’rida o’ylab-o’ylab, nihoyat uylanib rohat topgan bir odamni topdim, – deb javob berdi ikkinchisi.
-U odam kim ekan?
-X.
-Uning baxtli bo’lgani nimadan ma’lum?
-Unda Y-yo’q edi.
Diqqat savol: X va Y ni ayting?

Javob: X- Odam ato Y- Qaynona

7140. U qadimiy yunon mifologiyasida ilhombaxsh, sevimli qanotli otdir. Kompaniya nomi ro’yhatlarda (alfavit bo’yicha) birinchi turishi uchun unga o’zgarish qilingan va siz bilgan alfa nomini qoldirganlar. Savol alfa ni toping?
Javob: Asus

7141. Bir adabiy qahramon mashhur ishini amalga oshirish uchun 1920 soat yoki 115200 daqiqa sarflagan. Diqqat savol: U kim?
Javob: Fileas FOGG
Dunyo bo’ylab 80 kun.
Raqamlar 80 kunni soat va minutlardagi ko’rinishi edi

7142. Alfaning Janubiy Yevropa, Markaziy va Sharqiy Osiyo, Shimoliy Amerikada o’sadigan 40ga yaqin turi bor. Alfaning tarkibida 46-65% qand, 10% oqsil, 1,3% kislota, 200mg% S vitamini mavjud . Alfadan spirt va kuchsiz alkogolli ichimliklar tayyorlanadi. Alfa tabobatda oshqozon-ichak kasalliklarini davolashda ishlatiladi. Alfaning daraxtining yog’ochidan turli xil buyumlar yasaladi, parfumeriya sanoatida ishlatiladi, alfaning daraxtining gulidan efir moyi olinadi.
Diqqat savol: Alfani toping?

Javobi: Jiyda.

7143. Uning «_» bu laqabni olishiga otasining chodir tikuvchilik hunari sababchi bo’lgan ekan. U Samarqand va Buxoro shaharlarida ham yashab, ham ijod qilgan. Unga «Siyosatnoma» asarining muallifi Nizomilmulk Nishopur vaziri bo’lishini taklif qiladi. Ammo U rozi bo’lmaydi va Isfaxondagi rasadxonada matematika va astronomiya fani bo’yicha tadqiqotlar olib boradi.
Diqqat savol: U kim?

Javobi: Umar Xayyom.
Izoh: «Xayyom» laqabi Umarning otasining kasbi , ya’ni chodir tikuvchiligiga monand bo’lgan.

7144. Oʻzi shirin yeb bo’lmas,
Bemaza ham deb bo’lmas.
Boshi oxiri bir harf,
Jami boʻlib toʻrt harf.
Topishmoqni javobini toping?

Javob: Uyqu

7145. «Forbes» ma’lumotiga ko’ra, eng boy Alfa lar ro’yxatini Michael Jackson boshqarmoqda ekan.
Savol: alfa ni bir xil harflar bilan boshlanuvchi 2 ta so’z bilan ayting?

Javob: Marhum millionerlar

7146. Qisqa savollar
1.Qizil daraxt ma’nosini beruvchi davlat
Janubiy Amerikada joylashgan?
2.AQSH ning aynan shu prezidenti pochtachi bo’lgan. Savol: qaysi prezidenti?

Javob:
1.Bu davlat- Braziliya edi
2.Avraam Linkoln
AQSH ning 16-prezidenti

7147. Bir kuni 7 ta bokschi fotostudiyaga kelib, bizni «xuddi shunday» qilib suratga oling deb aytishadi. Fotograf esa «qanday qilib, bu nohaqlik emasmi» deb norozi bo’ladi.
Diqqat kutilmagan savol: bokschilar murabbiyi aslida ularga qanday surat olib kelishlarini so’ragan?

Javob: Murabbiy shogirdlariga 3×4 formatdagi surat olib kelishni so’raydi.
Ular buni boshqacha tushunishgan

7148. Hazil savol
Germaniyalik olim aytibdi. Biz mashina bilan kompyuterni chatishtirdik endi mashinaga o’tirsangiz o’zi yuradi debdi.
Xitoylik olim aytibdi biz qush bilan otni chatishtirdik endi otda ham uchamiz debdi.
O’zbek olimi esa tarvuz bilan suvarakni chatishtirdik endi tarvuzni kessangiz …. debdi.
Savol. Endi bu ixtirodan keyin nima bo’ladi?

Javob: danaklari o’zi yurib chiqib ketadi

7149. Qadimda yunonlar koʻz nur chiqarishi natijasida koʻradi deb hisoblashgan, aslida nur koʻzga kirishini bir olim buni tushunib yetgan. U eshik tirqishi qancha kichik boʻlsa, tasvir ham shunchalik tiniq boʻlishini aniqlagan. Va natijada «X»ni ixtiro qilgan. Uni oʻzbekcha ma’nosi «qorongʻu yoki alohida xona» degan ma’noni anglatadi.
Lekin biz uni hamma biladigan «X» nom bilan ataymiz
Diqqat savol: «X» nima?

Javob: Kamera

7150. Oʼzbek xalq maqollaridan birida bu buyum o’z vazifasini bajara olmasa »o’lim»ga xukm qilinishi haqida aytib o’tiladi.
Siz menga bu buyumni va o’sha maqolni aytib bering?

Javob: buyum- tovoq
Maqol: bor tovoqim, kel tovoqim, bormasang, kelmasang o’rtada sin tovoqim!

7151. Bir taniqli chet elning romanida C nomli bo’lim mavjud. Ammo undan oldingi bo’lim B yoki A deb nomlanmagan.
Diqqat savol: Shundan kelib chiqqan holda C bo’limidan oldingi bo’lim qanday nomlanganini toping?

Javob: Bu yerda C rim raqamidagi 100 sonini ifodalayapti. Undan oldingi bob esa 99 XCIX yoki IC

7152. Talabalar ligasi 2018 yildagi savol
Qadimgi sharq afsonasiga ko’ra: bir oilaning 2 ta o’g’l farzandi bo’ladi, 1 kuni Ota onasi o’g’illariga: «kim 1- dunyoni aylanib kelsa, o’shanga katta sovg’a bor» – debdi. To’ng’ich o’g’il darrov otiga minib tezda yo’lga chiqibdi.
Kenjasi esa shoshmabdi. Lekin, sekingina akasidan oldin , qisqa vaqtda bu ishni bajaribdi.
Diqqat savol: Kenja farzand qanday amal qo’llagan?

Javob: Kenja o’g’il ota-onam mening dunyoim degan ma’noda ular atrofini aylanib chiqqan

7153. 8 yoki 9-may. Bu sanani butun dunyo biladi. Bu sanani Rossiyada Gʻalaba kuni deb nishonlashadi. O’zbekistan da xotira kuni deb nishonlaymiz
Xoʻsh norveglar bu kunni qanday kun sifatida nishonlaydi?

Javob: II jahon urushidan soʻng norveglar Germaniyadan ozod boʻladi.
Shuning uchun bu sana Norvegiyada «Mustaqillik kuni» sifatida nishonlanadi

7154. Qadimda Vikinglar X dan jang vaqtida ajdodlari ruhi ularga hamroh bo’lishi uchun foydalanishgan. Miloddan avvalgi VII-VI asrda payda bo’lgan bu dinda esa X larni saqlab qo’yishgan. Xni 2 so’zda aniq qilib yozib bering?
Javob: Ajdodlari suyagi
(Qabul emas odamlar suyagi.)
Izoh: Vikinglar jangda ajdodlari ruhi ular bilan birga bo’lishini yagona yo’li ajdodlari suyagidan qurol yasab foydalanish dev bilishgan va zardushtiylik dinida ajdodlari suyagini ossuariylarda saqlashlari hech birimizga sur emas.

7155. Duplet_Savol
1.Asardan parchani tinglang:
«Men dahoman? Ishonish qiyin. Men Bart aytganday «Alfa» man. «Qobiliyatli yoki «Onggi past» kabi la’nati tamg’alardan qutulishga yordam beradigan juda ham xolis tasnif. «Alfa» so’zi bir insonning ham bilimdonligini, ham aqlsizligini anglatishi mumkin. Umrim bo’yi men bir «Alfa» man ».
Savol: Alfani ayting?
2.Ushbu termin islom moliyasida qurilish yoki ishlab chiqarish sohasidagi bitim hisoblanadi. Mijoz va sotuvchi o’rtasidagi shartlashuvga ko’ra, mahsulot ishlab chiqarish va uy qurishga ketadigan xomashyo ikkinchi tomon majburiyatlaridan deb qabul qilinadi.
Savol: «Alfa» dan bir harfga farq qiluvchi ushbu terminni ayting?

Javob:
1.»Istisno»
Izoh: Deniel Kizning «Eljernonga atalgan gullar» asaridan olingan jumlalar. Charlining o’zini xudoga tenglashtirgan «o’z ishini ustalari» ustidan qilgan hukmiga javoban Bart unga «Istisno» ekanligini aytadi. Ya’ni, «insonlar ustidan ularni bilmay turib hukm chiqarmaslik zarur»
2.»Istisna».
Izoh: https://t.me/moliyauzbek/2398

7156. Duplet.
1.Zamonaviy bir hazilga ko’ra Erkakar Alfa ga o’xsharkan.
Avval bittasi bilan mustahkam aloqa o’rnatib keyin agar uzoqlasha boshlasa boshqasi bilan aloqaga kirishar ekan.
Savol: Alfani toping ?
2.Zamonaviy hazilga ko’ra ayollar Betta ga o’xsharkan. Hammasi bilan bog’liqlikni saqlab turgan holda eng yaqini va kuchlisi bilan aloqani o’rnatarkan.
Savol»: Betta ni toping?

Javob:
1.Alfa- Bluetooth
2.Betta- Wi Fi ( share It ham qabul qilinadi)

7157. Talabalar ligasi 2018 yilgi savol
1863- 1864 – yillarda bo’lib o’tgan Ozodlik qo’zg’olonida Rus podshosi qo’shinlaridan qochgan kam sonli Polshaliklar qo’zg’olon rahbari yo’lda 1 qahvaxoga kirib 300 chelak suv so’raydi. Va hamma suvni yerga to’kib tashlaydi. Bu yo’l bilan qo’zg’olon rahbari ruslarga qarshi bir ayyorlik ishlatish edi.
Diqqat savol: nega bunday amal qilinganini aniq ayting?

Javob: Qo’zg’olonchilar sonini ko’p qilib ko’rsatish maqsadida
Izoh: qo’zg’olon boshliqining maqsadi quyidagicha: rus qo’shinlari qahvaxonaga kirib qo’zg’olonchilar nechchi kishi edi deganda, qahvaxona egasi: bilmayman, 300 chelak suv olishdi otlarini sug’orishmoqchi edilar shekilli deydi. Bu gap esa ruslarni cho’chitib qo’yadi. Bu esa kam sonli qo’zg’alonchilarni ko’p qilib ko’rsatishga yordam bergan

7158. «Volvo» avtkompaniyasi muhandisi Nils Bolin, butunjahon sog’liqni saqlash tashkilotidan orden qabul qilgan.
Diqqat savol: Nils Bolin nimani ixtiro qilgan?

Javob: Xavfsizlik kamari

7159. Nima uchun Shimoliy Afrikada yashovchi Oq qorin bulduruq qushi suvda cho’milib darrov uchib ketadi?
Javob: Patlarida bolalariga suv olib borgan

7160. Qadimgi rus lug’atshunosi Dall deyarli, barcha so’zlarga izoh bergan. Lekin Dall tushinmagan so’zlar ham bo’lgan( ularga yozma izoh berolmagan).
Diqqat savol: Dall bunday so’zlarni izohlashda qanday yo’l tutgan?

Javob: Suratlar yordamida

7161. Yaponlar afsonasiga ko’ra:
Ma’buda Idinami va ma’bud Idinaki bir kuni uchrashuvga chiqadi.
Va ma’buda Idinami: «qanday kelishgan yigit» -deydi.
Ma’bud Idinaki ham shunday kompliment qiladi.
Oradan vaqt o’tib Ular turmush qurishadi va farzandlari bir – biridan xunuk bo’lib tug’ula boshlaydi.
Bunga esa afsonada aytilishicha, ularning yaponiya odatlaridan birini buzganliklari sabab qilib ko’rsatiladi.
Diqqat savol: Yaponlarning qaysi odati buzulganligini aniq ayting?

Javob: Yaponiyada Ayol kishi erkakdan oldin gapirmaydi

7162. Mashhur Yozuvchi Jek London asari qahramoniga 2 ta toshbaqa sovg’a qilishadi. Lekin u toshbaqalarni nomlashda rosa qiynaladi. Bir necha yil o’tib, ularga Presis va Lesli deb nom beradi.
Diqqat savol: asar qahramoniga toshbaqalarni nomlashda nima to’sqinlik qilgan?

Javob: Jinsini aniqlash

7163. Aleksandr Dyumaning «Graf Monte Kristo» asarida Danglarning qizi va prokuror Vilforning o’g’li o’rtasidagi to’yning buzilishini negadir asar oxirida xayrli ish deb aytib o’tiladi.
Diqqat savol: to’yning buzilishini xayrli deb aytilishiga nima sabab qilib ko’rsatiladi?

Javob: Ular aka- singil bo’lib chiqadi

7164. Latifada aytilishicha: bir yuk mashinasida yong’in chiqadi. Yong’inni o’chirish maqsadida 3 ta o’t o’chirish mashinasi yetib keladi.
Lekin, qancha urinishmasin, yong’inni o’chira olishmaydi. Bunga sabab esa, yuk mashinada olib ketilayotgan X edi.
Diqqat savol: yuk mashinada nima olib ketilayotgan edi?

Javob: Pampers

7165. Toshkentga safarimizda Mersedes- Benz avtobuslariga duch keldik. Ushbu firma avtobuslari XX asrning 90- yillarida O’zbekistonga kirib kelgan ekan. Avtobuslar ikkiga bo’linadi: katta va mikro avtobuslar.
Katta yoki boshqacha qilib aytganda uzun avtobuslarning ichida yozilgan shunday ko’rsatkichlarga ko’zingiz tushadi: 26 raqami, 79 raqami, va 0 raqami..
Diqqat savol: gap qanday ko’rsatkichlar haqida ketayotganini bilgan bo’lsangiz, 0 raqami nimani ifodalashini ayting?

Javob: Nogironlar o’tirish joyi soni

7166. Bir rus filmi qahramoni tavallud ayyomida o’z yoshini yashirish maqsadida unga sovg’a tariqasida keltirilgan tortga qarab
-Men hali qariganim yo’q, bu mening burjimga ishora bo’lsa kerak –deb qo’yadi.
Diqqat Savol: Siz menga qahramonimizning yoshi nechada ekanligini ayting?

Javob: 69
Izoh: ♋️ rak burji

7167. 1977-yili Angliyada Charli Chaplinga bag’ishlangan hujjatli film suratga olinadi. Bu film uning umri poyoniga yetib borayotgani uchun unga nisbatan millatning hurmati yuzasidan ishlangan edi. Film «Mister X» deb nomlangan
Diqqat SAVOL: «X» o’rnidagi so’zni toping?

Javob: DAYDI
Chunki, Chaplin ijro etgan barcha rollarida daydi obrazida gavdalangan

7168. Italyan bastakori Rossini 20 yoshidan keyin bor-yo’g’i 3 marta yig’lagan ekan. Birinchi marta, ilk yozgan operasi Fiasco muvaffaqiyatsizlikka uchraganda. Ikkinchi marta, Nikkolo Paganini ijrosidagi kuyni eshitganda. Uchinchi marta esa xotini bilan arazlashib qolganida.
Diqqat SAVOL: Xotinidan ajragan Rossinini nima yig’latgan?

Javob: PIYOZ
Chunki, Rossini xotini bilan urishib qolgandan keyin o’zi ovqat tayyorlashga majbur bo’lgan va piyoz archayotganida beixtiyor ko’zidan yosh chiqqan

7169. O’tgan asrning 20-30 yillarida bu narsa Amerikada ixtiro qilingan. Uning asoschilari mixer ishlab chiqaruvchi kompaniya edi. 50-yillarga kelib unga qo’shimcha funksiya ya’ni issiqlik va havo yo’naltirgich ham qo’shildi. 60-yillarga kelib esa bu ixtironing sotuvi jadallik bilan o’sib ketdi.
Diqqat SAVOL: Ixtironing nimaligi tushunarli bo’lsa, nimaga uning savdosi 60-yillarda keskin o’sib ketdi?

Javob: Erkaklar hisobiga ortgan
Chunki, o’sha vaqtlardagi mashhur The Beatles, Rolling Stones, Modern Talking kabi guruhlarning imidj shunaqa edi va erkaklar shunday bo’lishga intilishgan.

7170. Taniqli o’zbek adibi O’tkir Hoshimovning «Daftar hoshiyasidagi bitiklar» asaridan parcha: «Tarix takrorlanib turadi degan gap bor. Insoniyat ibtidoiy jamoa tuzumidan bugungi tamaddungacha qancha urinishlar oqibatida yetib kelgan. Ishonasizmi, bugun insoniyat yana ibtidoiy tuzumga qayta boshlaganining ilk belgilari hozirdan ko’rinmoqda», deb yozuvchi shunday bir dalilni keltiradi.
Diqqat SAVOL: Yozuvchi tamaddunning yemirilishiga sabab etib qanday dalilni keltirgan?

Javob: Odamlar kitob o’qimay qo’yganini takidlaydi.

7172. Qadimgi Rimda ular xizmatkorlar edi. Bizning vaziyatimizda ular, nazariy jihatdan, xalqqa xizmat qilishlari kerak, lekin mamlakatning to’liq egalari kabi o’zini tutishlari kerak.
Diqqat savol: Ular kimlar?

Javob: Vazirlar

7173. Tari Mors detektivida bir qiz o’z onasining dafn marosimida bir notanish yigitni ko’rib qoladi va bir ko’rishda sevib qoladi. Bir necha kundan keyin qiz o’z singlisini o’ldiradi
Savol: singlisini o’ldirishga nima sabab bo’ladi?

Javob: Qiz singlisini o’ldirsa motamga o’sha yigit yana keladi. Qizning maqsadi yigitni yana ko’rish. Shuning uchun o’z singlisini o’ldiradi

7174. Ingliz psixologi David Lyuis Alfa faqatgina ayollar uchun xavfsiz ekanligini ta’kidlaydi, erkaklar uchun bu xavfli kasalliklar manbai bo’lishi mumkin. Tadqiqotlar shuni ko’rsatdiki, ayollarning faqat to’rtdan biri yurak urishi kabi kichik anormalliklarga ega. Erkak kishilar, aksincha, bunga juda salbiy ta’sir ko’rsatdilar: ularning pulsi ortdi, aritmiya o’zini namoyon qila boshladi va qon bosimi keskin pasayib ketdi. Bunga sabab esa biz eslab o’tgan Alfa
 Diqqat savol: Yaqinda rus tiliga kirib kelgan inglizcha so’zni toping?
( Afla ni toping demoqchimiz 😉

Javob: SHOPPING
Harid qilish

7175. Mark Tven Yer yuzidagi eng xavfli joy deb «alfa»ni hisoblagan, chunki u erda eng ko’p odamlar o’lmoqda.
Alfani 1 ta so’z bilan ayting?

Javob: Karovat

7176. «Zakovat» INTELLEKTUAL o’yini boshlovchisi Abdurasul Abdullayev biz so’ramoqchi bo’lgan so’zni bir o’yinda kamida 6 marta ishlatishi aniq. Aynan shu so’zning oxiriga bitta harf qo’shib, so’z ichidagi 2 ta unlini o’rnini almashtirsak, Sharqiy Afrikadagi bir mamlakat nomi kelib chiqadi.
Diqqat savol: qaysi so’z haqida gap ketyapti?

Javob: So’z—- Raund
Mamlakat— Ruanda

7177. Meditsina sohasida kasalliklarni o’z shtrix kodi bo’lishini ko’pchilik bilmasa kerak shulardan H5N1 kodli kasallikni biz mahalliylashgan nomi bilan mashhurligini bilamiz
Diqqat savol: Shu kasallikning(mahalliylashgan) biz biladigan nomini ayting ?

Javob: Parranda grippi

7178. 1900-yilgi Olimpiada o’yinlarida Buyuk Britaniya tashabbusi bilan bir sport turi Olimpiada o’yinlari dasturiga kiritiladi. Lekin, u ko’pgina davlatlarda ommalashmagani tufayli keyingi yillardagi Olimpiada o’yinlari dasturiga kiritilmaydi.
Diqqat SAVOL: Qaysi sport turi faqat 1900-yilgi o’yinlarda mavjud bo’lgan?

Javob: Kriket

7179. Ikkinchi jahon urushi davrida diktor Yuriy Levatanning obro’yi juda baland bo’lgan. Unda shaxsan Stalinning o’zi imzo chekgan guvohnoma bo’lgan. U xohlagan mashinasini to’xtatib, televideniyaga yetib olish huquqiga ega bo’lgan. Faqat unga hech kim bilan hech qayerda bir ishni qilishga ruxsat berilmagan.
Diqqat savol: nimaga ruxsat yo’q?

Javob: Suratga tushishga ruxsat bo’lmagan.

7180. 90-yillarda Rossiyada killerlar ya’ni yollanma qotillar soni ko’payib ketadi. Nataliya Romanovaning aytishicha qotillarning ko’pchiligi o’z xizmatlari uchun ya’ni mukofot sifatida buyurtmachilardan 9 grammli Alfa qabul qilib olishgan.
Diqqat savol: qotillar o’z buyurtmachilaridan 9 grammli nima olishgan?

Javob: 9 grammli o’q
Izoh: ko’pchilik qotillar xizmatlarini bajarib bo’lganlaridan keyin o’z buyurtmachilari tomonidan o’ldirilganlar va ko’pincha 9 grammli o’q bilan otib o’ldirilganlar

7181. Dinda shunday gap bor:
» Ayol kishi Alfa ( Alfa- tana a’zosi) ga o’xshatiladi. Agar erkin qo’ysang ichingga botadi. To’g’rilayman desang sinadi»
Diqqat savol: Alfani ayting

Javob: Qovurg’a ( yetim qovurg’a)

7182. Topishmoq:
Is biladi it emas,
In izlaydi tulki emas.
Qanoti bor uchadi,
Ammo o’zi qush emas.
Diqqat savol: u nima?

Javob: Qo’ng’iz

7183. Topishmoq:
Jummoq qo’ydim jup-jupgina,
Tomizg’i tol-tolgina,
Tolqon bersang ochaman.
Diqqat savol: u nima?

Javob: Pashmak

7184. Bu ish bir qator mamlakatlarda jinoyat hisoblanadi. Lekin shunday bo’lsada kavkaz mamlakatlarida, qirg’iziston va tojiklarda ko’p kuzatiladi. O’zbekistonda deyarli kuzatilmaydi derdimu lekin qoraqalpoqlarda bu ish haligacha kuzatilmoqda.
Diqqat savol: Gap nima haqida ketyabdi, u ishni 2 so’z bilan ayting?

Javob: Kelin o’g’irlash

7185. 1911-yili butun Fransiya politsiyasi oyoqqa turdi barcha chegara va joylar qo’riqlanayotgan edi. Maqsad esa Alfa ni topish. Uni xattoki jinni xonadan ham qidirishga majbur bo’lishgan chunki ba’zilar o’zlarini Alfa ni sevgilisiman deb ataganlar. Oxir oqibat 1913-yilda Alfa ni topishdi.
Diqqat savol: Butun Fransiya qidirgan Alfa kim yoki nima edi?

Javob: Mona Liza

7186. Ushbu rasmda siz Angliya premier ligasining chempionlik kubogini ko’rib turibsiz. Kubok Royal Jewellers kompaniyasi tomonidan yaratilgan. Kumushning 925 probasidan quyilgan. Kubokning dizayni Angliya davlat gerbidagi 3 ta sher timsoliga asoslangan. Ikkita sher kubokning ushlagichida joylashganini ko’rishingiz mumkin. Kubokni vazifasidan kelib chiqib,
Mantiqan o’ylab uchinchi sherni toping?

Javob: 3- sher chempion jamoa kapitani ya’ni kubokni ko’taruvchi futbolchini 3- sherga qiyoslashadi

7187. O’z mahsulotini sotish uchun reklamachilar qanday ishlarga qo’l urmaydi deysiz. Jumladan bir reklamada qiz bola bokaldan trubochka orqali ichimlik ichyapti.
Diqqat savol: Hurmatli bilimdonlar siz o’z fantaziyangizni ishga solib nima reklama qilinayotgini ayting?

Javob: Nasos
Agar nasosning ishlash funksiyasini bilsangiz rostan ham rasm qandaydir ma’noda nasosni bildirar ekan

7188. Fransiya parlamenti 1998-yili 24-iyunda nima sababdan o’z faoliyatini bir necha soat oldin yakunlagan?
Javob: Fransiyaning futbol bo’yicha jahon chempionatidagi o’yinini tomosha qilish uchun

7189. 2009- yilda Angliyaning Stokport shahrida aholining tuz iste’moli oshib ketishi natijasida ko’plab odamlar semirib ketishgan. Hokimiyat semirishni oldini olish maqsadida ishlab chiqaruvchilardan “Alfa”ning sonini 10 tadan 5 taga kamaytirishni talab qilib qo’ygan.
“Alfa”ni ikkita so’z bilan ifodalang?

Javob: Tuzdon Teshigi

7190. Fransuz olimlarining aytishicha bir toifadagi insonlar umri davomida biz so’ramoqchi bo’lgan mahsulotni 5 kg gacha «iste’mol» qilar ekan.
Hayron qolarli jihati u mahsulot ovqatlanish paytida organizm uchun qaysidir ma’noda foydali ekan.
Diqqat savol: Gap qaysi mahsulot haqida ketayapdi. Aniq ayting?

Javob: Lab bo’yog’i (Pomada)

7191. Ruslarda shunday hazil gap bor:
Butun dunyo bo’ylab odamlarni tashish transporti iks dir.
Diqqat savol: Hazilga aniqlik kiriting ( iks ni toping)?

Javob: Oyoq kiyim (Poyabzal)

7192. Avstraliyalik sotuvchi Fred Jonsning ishlab chiqarayotgan mahsuloti 3 km gacha «yura oladi»
U hech qanday transport vazifasi bo’lmasa, mahsulotni toping?

Javob: Sharikli ruchka

7193. Sachenоv «Miya refleksi haqida» deb nomlangan kitobida quyidagicha izoh bergan:
«Barcha yoshdagi jonzotlarda uni uchratish mumkin. Uning tarkibi bir xil ammo miqyosi, sababi har xil. Ehtiyojga qarab unga talab turlicha bo’ladi. U vaqti vaqti bilan o’zgarib turadi. Ammo miyada o’zgarmas bo’lib qolaveradi».
Diqqat savol: u nimani shunday ta’riflagan?

Javob: Sevgi

7194. Roviylar derlar: Dunyoda sevintiruvchi biron narsa yoʻqki, ketidan … narsa kelmasa.
Savol: nuqtalar oʻrniga 2ta soʻz qoʻying.
Manba Tohir Malikning «Shaytanat» kitobidan.

Javob: Xafa qilguvchi

7195. «Iskandarnoma» asaridagi » Arastu o’gitlari» bobida – » kimki shuhrat va yuqori mansabga erishsa, o’sha insonda to’g’ri yo’ldan og’ishga xohish – istak paydo bo’ladi»,- degan satrlar bor.
Ushbu so’zlardan keyin Bir sport turidagi X va Y misol tariqasida keltiriladi.
Diqqat savol ikkita :
1.qaysi sport ?
2.X va Y ni toping?

Javob: 1. SHAXMAT
2.PIYODA VA FARZIN
izoh: piyoda ham oldin faqat to’g’ri yo’nalishda yuradi, farzin bo’lgach esa…. ( tushinib oldingiz degan umiddaman)

7196. Chiston
Bir otim bor ajabgina dumlari bor gajakkina hali kelsa ko’rasiz kulla-kula oʻlasiz.

Javob: Chayon

7197. Alfa ni tezligi taxminan soatiga 2 km. Bir kunda taxminan 200 metr masofa bosib o’tadi. Alfa ni harakati quyidagicha: birdaniga orqa chap va oldingi o’ng oyoq-qo’llarini yoki orqa o’ng va oldingi chap oyoq-qo’llarini harakatga keltiradi. Alfani toping?
Javob: Chaqaloq

7198. Hayot yo’li nadir? Qabr toshida
Ikki sana aro qisqa chiziqdir!
Bu maqol tulkining tilidan aytilgan. O’tmishda ovchilar tulkini tutish uchun qopqonni tuproqqa ko’mib, ustiga Betta qo’yishgan. Tulki uni yeyman deb kelib, tuzoqqa tushishini mo’ljallashgandi. Ammo hamma tulkilar ham qo’lga tushavermasdi. Men bir maqol etimologiyasi bilan sizlarni tanishtirdim.
Diqqat savol: Betta qatnashgan o’zbek maqolini yozib bering?

Javob: Gap bu yerda qopqonga qo’yiladigan suniy dum ( biror hayvon quyrug’i shaklidagi) haqida edi.
Maqol: BIR BALOSI BO’LMASA,
SHUDGORDA QUYRUQ NA QILUR?

7199. Mashhur italyan qo‘shiqchisi Karuzo safarga chiqqanida mashinasi buzilib qolib, bir fermerning qo‘rg‘oniga tushadi.
Qo‘shiqchi o‘z ismini aytganida fermer o‘rnidan sakrab turadi va Karuzoning qo‘lini hayajon bilan qisib, shunday xitob qiladi:
– Men qachonlardir bir kuni o‘z uyimda «Uni»ni ko’raman deb o’ylamagandim.
Savol: Fermer qo’shiqchini kim bilan adashtirgan edi?

Javob: Robinzon Kruzo

7200. 1928-yilning 18-noyabrida u 1-marta ,,Villi poroxod» da paydo bo’ladi shundan keyin u mashhur bo’lib ketadi va hozirda uni rasmi bilan 100 lab mahsulotlar chiqariladi
Diqqat savol: gap nima yoki kim haqida ketayotganini ayting?

Javob: Mikki Maus