81-qism savol javoblar

Savol javoblar t.me/Eski_Savollar_Bazasi telegram kanalidan olingan.

8001.

Aksariyat sharq allomalari va buyuk olimlarining ismi sharifida o‘zlari tug‘ilgan shahar nomi qayd etiladi. Masalan, Buxoriy, Hamadoniy, Shoshiy, Xorazmiy, Farg‘oniy va boshqalar. Gʻarb daholari orasida ham bunday holatlar juda kam bo‘lsa-da, uchrab turadi. Jumladan, o‘ta mashhur bir insonning taxallusi o‘zi tug‘ilib o‘sgan mittigina shaharcha nomi bilan bog‘liq. Bugunda uning ismi ham, taxallusi ham buyuk.
Diqqat savol: bu g‘arb dahosining ismi-sharifini toping?

Javob: Leonardo da Vinchi (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10383?comment=84132)

8002.

Alisher Navoiy “Hayrat ul-abror” asarining 64-bob, 12-maqolatida u narsani olovdan qo‘rqmas ilon obrazida tasvirlagan. “Uning fusunkor, nozik uchishi bunga dalildir. Uning sehri qorong‘ilik qa’ridan nozik boqishlarida namoyon bo‘ladi”.
Diqqat savol: Navoiy bu ta’rifni nimaga nisbatan keltirib o‘tgan?

Javob: “U nur ustidan vatan qilgan qorong‘i qal’a mahbusidir. U har gal nozik tilini chiqarishi bilan, albatta, bir sehr, karomat ko‘rsatadi”. Navoiy ta’rifidagi bu narsa — (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10385?comment=84161)qalam. (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10385?comment=84161)

8003.

O‘zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyid qalamiga mansub bir she’rdan parcha:
Har ko‘ngil ishq ichra pok tiynat bo‘lar kundur bu kun,
Bitta so‘z olam aro ziynat bo‘lar kundur bu kun.
Tiyra dunyoga ziyo sochgay munavvar bir ism,
Bir ismdan bir ulus millat bo‘lar kundur bu kun.
Sezgan bo‘lsangiz, shoir qandaydir sanaga, kunga va kimgadir shama qilmoqda.
Diqqat savol: kim va qaysi kun haqida gap ketmoqda?

Javob: Bu kun barcha turkiylar uchun moʻtabar kun. Shoir Sirojiddin Sayyid bu she’rni Navoiy bobomizning tavallud topgan kuni — 9 fevralda yozgan. (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10387?comment=84178)

8004.

Vasiliy Yanning “Botu” romanida keltirilishicha, mo‘g‘ul armiyasida 2 ta jonzot doimo ular bilan birga bo‘lgan. Birinchisi, albatta ot, ikkinchisi …
Diqqat savol: ikkinchisining nomini emas, uni nima maqsadda olib yurishgani toping?

Javob: Har bir yuzboshining guruhida o‘sha jonzotdan bittadan olib yurilgan. Ular o‘zlari bilan xo‘roz olib yurishgan. Chunki xo‘roz har qanday sharoitda ham saharda uyg‘onib qichqiradi. (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10388?comment=84196)

8005.

Aksariyat sharq xalqlari, xususan arab, hind, turk xalqlari choyni beli ingichka shisha idishda ichadi. Idishning beli ingichka yasalishiga bir nechta sabab bor. Birinchidan, qo‘l sirpanib ketmasligi uchun. Ikkinchidan, aynan shu shakl tufayli idishning tepa qismiga issiq kamroq chiqadi va choy sovib qolmaydi. Idishning beli ingichka yasalishiga yana bitta sabab bor.
Diqqat savol: uchinchi sabab nima?

Javob: Idishning beli ingichkaligidan choy qoldiqlari, shama, limon yoki boshqa mevalar pastki qismda qolib ketadi. 3-sababi ana shu (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10389?comment=84201)

8006.

XVI-XVII asrlarda miltiqlar uncha uzoqqa otmagan. Chunki qurollar uncha mukammal bo‘lmagan. Oradagi masofa ma’lum bir o‘lchamga yetganda o‘q otilsa nishonga tegishi mumkin. Xo‘sh, jang paytida bu masofa qanday aniqlanadi? Qurolsozlar, raqibni diqqat bilan kuzatish zarur, u ko‘ringandan keyin o‘q uzsa bo‘ladi, deb maslahat berishadi.
Savol: nimaning ko‘rinishi bilan o‘q uzish kerakligi maslahat beriladi?

Javob: Ko‘zning oqi ko‘rinishi bilan. (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10391?comment=84326)

8007.

Oxirgi 30-35 yil ichida Xitoy davlati juda rivojlanib ketdi. 70-80-yillardagi ma’lumot bo‘yicha, Pekindagi har 100 ta oilaga 87 ta televizor, 103 ta radiopriyomnik, 40 ta kir yuvadigan mashina va 162 ta … to‘g‘ri kelishi rasman qayd etilgan.
Diqqat savol: nima 162 ta to‘g‘ri kelgan?

Javob: Velosiped (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10392?comment=84344)

8008.

Bugun fermer xo‘jaliklari butun dunyoda rivojlanmoqda. 2016-yilning birinchi kvartalida bir ro‘znomada belarussiyalik 18 ta fermerga bittadan traktor sovg‘a qilingani haqida xabar berildi.
Savol: kimlarga bunday sovg‘alar berildi?

Javob: Belarussiyalik 18 ta fermer ayolga hukumat 8 mart Xotin-qizlar bayramiga sovg‘a qilib traktor bergan. (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10393?comment=84351)

8009.

Yangi Gvineyaning papuas qabilasi aholisida yaqin qarindoshining o’lganiga motam ishorasi sifatida o’z qo’l barmoqlaridan birini kesib tashlaganliklarini eshitgansiz. XX asrning 50-yillarigacha papuaslar orasida barcha barmoqlari yo’q insonlarni ko’plab topish mumkin edi. (Ko’pgina qarindoshlari o’lganligi sabab) 50-yillardan keyin papuaslar orasida 6-7 ta barmog’i kesilganlarini uchratishimiz mumkin ediyu lekin barcha barmoqlari yo’qlari deyarli uchramay qoldi. Nima uchun?

Javob: 50-yillardan keyin papuaslar xristian dinini qabul qila boshladi va tabiiyki cho’qinish ritualini ijro etish uchun kamida 3 ta barmoq bo’lishi talab etilardi. (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10394?comment=84363)

8010.

Biz yashayotgan jamiyat alfadan yasalgan gumbazni eslatadi. Agar alfa lar bir-birini tutib turmasa, bu gumbaz shu zahoti qulab, vayron bo’ladi. Alfani toping?

Javob: Tosh (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10395?comment=84391)

8011.

Detektiv_Savol

Biz Sit bilan eshik oldida sigaret chakib o’tirgandik va men xayrlashib mashinaga o’tirdim.
2-daqiqa o’tar o’tmas portlash ovozi eshitildi. Portlash Sitning uyidan bo’ldi. Eh Sit do’stim deb yig’lashga tushdi Mark.
Inspektorlar fikriga ko’ra uyda gaz ancha yoniq turgan va qandaydir kichik tutashuvdan ham portlash bo’lgan degan fikrga kelishdi.
Xolms inspektor va Markning fikrini eshitib Markka qarab: «gaz atayin yoniq qolgan va siz qotil» – deya gapini tugatdi.
Aytingchi Xolms nega bunday fikrga kelgan?

Javob: Mark Sit bilan eshik tagida sigaret chakib turishganini aytgandi. Uyda gaz ancha yoniq qolganini inobatga olsak, sigaret chaqilayotgan payt portalash bo’lishi kerak edi. Demak Mark aldayapti! (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10396?comment=84429)

8012.

Qadimgi Rimda yigit bola qiz bola bilan uchrashuvga chiqqanda yigit qizga gulchambar bilan kumush xanjar ham bergan. Savol kumush xanjarni nima uchun bergan?

Javob: Ko’zgu sifatida foydalangan (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10398?comment=84436)

8013.

Nemislar bunday vaziyatda obrazli qilib aytganda “Chamadonlarini yig’ishtirishni boshlaydi» .
Ruslar esa bunday vaziyatda kesishni boshlaydi. Aynan nimani ?

Javob: Haqiqat (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10399?comment=84446)

8014.

2002-yilgi Jahon Chempionati mobaynida hakamlikka e’tirozlar juda ko’payib ketdi. Shu tufayli ba’zi hazillar ham paydo bo’ldi. Shulardan biri: Ispaniya vakillaridan biri Janubiy Koreya bilan baxsdan oldin terma jamoaga shuncha miqdordagi kartochka ko’rsatilishini taxmin qiladi. Diqqat savol: Futbolchining taxminini maksimal aniqlikda ayting?

Javob: Bitta sariq va ikkita qizil. Bu Ispaniya bayrog’ini hosil qiladi (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10400?comment=84491).

8015.

2002-yilgi Jahon chempionatining madhiyasi sifatida amerikalik xonanda ayol Anasteyshaning qo’shig’i tanlab olingan. Bu voqeadan so’ng u shunday degandi: Men hech qachon futbol o’ynamaganman. Agar futbol o’ynasam, hammasi qayg’uli yakun topishi aniq. Sababi alfalarimdan ayrilishim mumkin. Diqqat savol: alfani toping?

Javob: Oyoq tirnoqlari (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10402?comment=84500)

8016.

Armaniston va Eronda yashovchi yazidlar – o’ziga xos dinning tarafdorlari hisoblanishadi. Ularning dini zardushtiylik diniga borib taqaladi, biroq nasroniylik va islomning tasiriga uchragan. Yazidlar turmushida taqiqlar ko’p. Ular xo’roz, gazol, baliq go’shti, qovoqni yeya olmaydilar. Ularga yo’talish, tupurish, xushtak chalish, chanqovuz va tor chalish, ko’k rangdagi kiyimlarni kiyish mumkin emas. Yazidlar birinchi bo’g’inida sh, ikkinchi bo’g’inida esa t tovushlari bo’lgan so’zlarni aytish mumkin emas. Nima uchun ular bunday so’zlardan qo’rqadilar?

Javob: Shayton ovoziga o’xshagani uchun (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10403?comment=84514)

8017.

1798-yilda bir yepiskop shunday degandi:
“Bizga qurol bilan ta’sir ko‘rsatishdan samara ko‘rmagan fransuzlar bizga ta’sir ko‘rsatishning nozik va xavfli usulini o‘ylab topishdi. Ular bizning yoshlarimizning ahloqini buzishga tushishdi”. Aytingchi, yepiskopni bunday gaplarni aytishiga sabab nimada edi?

Javob: Balet (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10407?comment=84566)

8018.

Hozirgacha ikkita futbolchi besh marotaba Jahon chempionatlarida qatnashgan. Albatta bu noyob natija. Ammo, shvetsiyalik Erik Nilson va shvetsariyalik Alfred Bikkel ikki marotabadan Jahon chempionatlarida qatnashgan bo’lishsa-da, bu ham o-ziga xos noyob natija. Diqqat savol: O’sha o’ziga xoslikni toping?

Javob: Ikkinchi Jahon urushidan oldingi va keyingi Jahon chempionatlarida ishtirok etishgan. Bilasiz, 1938-yildan 1950-yilgacha tanaffus yuzaga kelgan. (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10408?comment=84575)

8019.

Detektiv_Savol

Mening ismim Jorj. Men Gagarin ko’chasidagi 1-burilish oldidagi do’konda ishlayman. do’konga o’t ketdi. yordam bering
Shu xolda Xolmsga qilingan qo’ng’iroq uzilib qoldi. Xolms darrov o’t o’chiruvchilarga yong’in haqida xabar berdi va o’zi ham o’sha manzilga yo’l oldi.
O’t o’chiruvchilar voqea joyiga yetib kelib yong’inni o’chirishni boshlashgandi. O’t ham o’chirildi Xolms, qutqaruvchilar va inspektor do’kon ichiga kirishdi. Do’konda joylashgan xonada stol ustida bir erkak xushidan ketgan xolda yotibdi.
Janob Xolms bu sizga qo’ng’iroq qilgan janob bo’lsa kerak. Yaxshiyam manzilni aytishga ulguribdi, agar ulgurmay xushidan ketganda bormi.
Xolms stol ustida turgan telefondan trubkani oldida tez yordamga qo’ng’iroq qildi va inspektorga qarab bu erkak xushiga kelgandan keyin uni mahkamaga olib boring, bu yerda yana boshqa gap bor -deya gapini tugatdi.
Aytingchi Xolms nega inspektorga bunday degan?

Javob: Jorj qo’ng’iroq payti xushidan ketdi. Xolms esa trubkani telefondan oldi. Xushi ketgan odamning trubkasi yerga tushishi yoki umumun telefonda bo’lmasligi kerak! Xonadagi telefon trubkasi o’z o’rnida turgandi. (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10410?comment=84590)

8020.

Bu shaharning asosiy bayramlari quyidagilar: fevralda – karnaval, mayda – regata (sport kemalarining poygasi), oktyabrda  – tumanlar festivali, noyabrda – vabodan xalos bo’lish sharafiga uyishtiriluvchi bayram. Diqqat savol: Bu shaharda avgust oxiri sentabr boshlarida qanday tadbir bo’lib o’tadi?

Javob: Venetsiya kinofestivali (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10411?comment=84596)

8021.

2002-yil San-Fransisko okruglaridan birida besh kishi pichoqlandi. 2004-yilda benzopila bilan qurollangan kishi odamlar to’dasiga hujum qildi.  2006-yilda to’qqiz kishi ko’chadagi mushtlashuvlar paytida otib ketildi. Qizig’i, voqelalarning barchasi bir kunda sodir bo’lgan. Diqqat savol: Qaysi kuni?

Javob: 31-oktabr. Hellowen kunida. Shundan so’ng ommaviy sayillarga barham berildi. (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10412?comment=84607)

8022.

1988-yilning 26-sentabrida fransuz Buaven Everestga qo’shimcha bir yuk bilan ko’tarildi. Bu yuk ko’tarilish jarayonida xalal berganmi yo’qmi bilmadimu, ammo 12 daqiqada bazaga qaytib kelishiga yordam bergan. Diqqat savol: Qo’shimcha yuk nima edi?

Javob: Parashyut (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10413?comment=84617)

8023.

Arman topishmog’i:
O’rtada bodom, atrofida esa tikanlar. Diqqat savol: Topishmoqning javobini aniq toping?

Javob: Ko’z va kipriklar (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10414?comment=84631)

8024.

«Liverpul” ning bir necha yillar oldingi Chempionlar Ligasidagi uchrashuvlaridan birida sharhlovchi klubni ispan murabbiyi boshqarayotganini, jamoada ispan futbolchilari ko’payib borayotganini aytarkan, hatto Stiven Jerrardning u narsasi sariq rangda ekanligini alohida ta’kidlaydi. Diqqat savol: Uni ikki so’z bilan ayting?

Javob: Sardorlik bog’ichi (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10415?comment=84640). Qizil formada sariq rangli sardorlik bog’ichi tursa, Ispaniya bayrog’ini eslatib yuboradi.

8025.

,,Kelajakka qaytib” filmi kinoteatrlarda namoyish etiladi va katta shuhrat qozonadi. Shundan so’ng bir yil o’tib, film kassetalarda sotuvga chiqadi. Kassetalarda esa kichik bir o’zgarish bor edi. O’zgarishni originalda 3 so’z bilan ayting?

Javob: To be continued (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10416?comment=84668). Filmning keying qismini ishlash rejasi paydo bo’lgan

8026.

Hazil e’lon: ULAR ni sotaman! O’lchamlari: 44, 46, 48, 50, 52, 54. Boshqa kutolmayman! Lusi. ULAR ning eng yaxshi uchtaligi sohibalari Greys Kelli, Jaklin Kennedi, Nikol Kidman ekan. U nima?

Javob: Kelin ko’ylagi (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10419?comment=84709)

8027.

Xristofor Kolumb uzoq vaqt amerika safari uchun jamoa yig’olmaydi. Ispaniya qiroli esa unga ajoyib yo’l bilan yordam berishni maqsad qiladi. Diqqat savol: Uning yo’lini lotin tilidagi so’z bilan izohlang?

Javob: Amnistiya (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10420?comment=84736)

8028.

XIX asrda Misr beyi Fransiyaga ajoyib sovg’a yuboradi. Sovg’ani olib kelayotgan kemada esa teshik ochishga to’g’ri keldi. Sovg’ani ayting?

Javob: Jirafa (Zarafa ismli) (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10424?comment=84761)

8029.

Bundan 100 yilcha ilgari Shotlandiyadagi bir mehmonxonada yoshi ancha katta bir muloyimgina sayohatchi hassasini unutib qoldirgan. Mehmonxona xo’jayini hassaga «Daniyalik yozuvchi … … …» deb yozib pochtaga bergan. Pochtachi manzilsiz posilkaning egasi-yozuvchini qiynalmay topa olgan. Sababi bu yozuvchi o’zining «askari» va «mittigina qizalog’i», «uy parrandasi» yu «sovuq ayol» i bilan allaqachon tanilib ulgurgandi. Savol: u kim?

Javob: Xans Kristian Anderson. (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10425?comment=84769)
Izoh: «askar»- Qalay askarcha
«mitti qizaloq»-Dyumovochka
«uy parrandasi»-Irkit òrdakcha
«sovuq ayol»- Qor malikasi

8030.

Ispanlar U yerga XVI asrda bordilar. Ular bu yerda oltin va kumush topish umidida edilar. Shuning uchun bu yerga «kumushli» deb nom berdilar. Lekin bu yerda na oltin, na kumush bor edi. Ammo hozir u yerda oltinga teng talantlar bor. Savol: U yer qayer?

Javon: Argentina (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10426?comment=84787)
 «Argentum»-«kumush» davriy sistemada. Argentinalik futbolchi talantlar esa hammamizga ma’lum

8031.

Savol oddiy va biroz faktga asoslangan: mantiqan o’ylab aytingchi, «Sokinlik bazasi» qayerda joylashgan va uni kim ochgan?

Javob: Oyda. Uni Nil Armstrong ochgan (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10427?comment=84799)

8032.

Biz bugun oshxonada ishlatadigan bir qurilma elementidan bir mashhur inson sug’orish uchun daryodan suv chiqarishda foydalangan. U inson tufayli bugun kemalarimiz dengizda suzib yuribdi. U inson xatto bizni «qimirlatmoqchi» ham bo’lgan. Savol: U inson kimligini va uning bir mashhur gapini aytib bering?

Javob: «Evrika!!!». Bu Arximed edi. (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10428?comment=84816)
Izoh: qurilma elementi bu vint. Arximed vintini hamma eshitgan. Kemalar Arximed qonuni bo’yicha suzadi. «Qimirlatish» u esa u richagdan foydalanib yerni o’qidan siljitmoqchi bòlgani.

8033.

Rimda ajoyib yodgorliklar, haykallar juda ko’p. Ammo ularning ichida bitta haykal borki, uni kechalari yoritishmaydi, sayyohlarga ko’rsatishni xohlashmaydi. Chunki 1600-yilda bu yerda bir mudxish xodisa ro’y bergan va o’sha kuni Italiya buyuk bir farzandidan ayrilgan edi. Savol: bu hodisa kim bilan ro’y bergan?

Javob: Jordano Bruno bilan. (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10430?comment=84843)
1600-yilda shu yerda gulhan yoqiladi va unda italyan astronomi, faylasufi va shoiri hamda uning nodir kitoblari yoqib yuboriladi.

8034.

90-yillar boshida maxsus silikon protez barmoqlar savdosi gullab-yashnadi. Buning sababchisi kimlar edi?

Javob: Yakudzalar (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10431?comment=84857). Yaponiyada jinoiy guruhlarga qarshi qonun qabul qilingach, kesilgan barmoqlarni yashirish avj olgan

8035.

Germaniyada XXI asr boshidan beri pivo savdosi hajmi kamayib bormoqda. Bu tendensiya faqat bir marta buzilgan. Qaysi yilda?

Javob: 2006-yilda. JCH o’tkazilgan (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10432?comment=84869)

8036.

«Dinamo” Tbilisi  Londonga turnir uyushtirganda jamoaga Jorj Skenlan tarjimonlik qiladi. U uchun eng og’iri o’yindan keyin alfa larni tarjima qilish edi. Alfa nima?

Javob: Tost ya’ni qadah so’zlarini (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10433?comment=84882)

8037.

Bu so’zni ko’pchilik ruscha so’z deb o’ylaydi. Aslida esa bu fransuzcha so’z bo’lib, «O’t yoquvchi» degan ma’noni bildiradi. Savol: Qaysi so’z?

Javob: «Shafyor» so’zi. (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10440?comment=84954)
Izoh: XVIII asrda endi bug’ mashinalari chiqqan bo’lib, haydovchilar avval qozondagi suvni tagiga o’t yoqib, qaynatib, bug’ hosil bo’lgachgina yo’lda davom etishgan.

8038.

Mars sayyorasini qizilligi sababli urush homiysi deb qarab kelingan. Aslida uning qizilligi sababi uning tarkibidagi bir modda. Savol bu qaysi modda?

Javob: Temir (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10441?comment=84962)

8039.

Bitta Gollivudning mashhur filmi polyak tiliga «Elektron qotili» deb tarjima qilingan sababi filmning asl nomi polyak tilida o’qituvchi degan ma’noni bildirar ekan bu qaysi film?

Javob: Terminator (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10442?comment=84972)

8040.

Dunyodagi eng katta qamal shu shaharni bosib olish uchun yig’ilgan. Bir asarda yozilishicha qamal uchun 1186 ta kema yig’ilgan. Siz menga shu shaharni emas hozirda qaysi davlat tarkibida ekanligini ayting?

Javob: Turkiya (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10443?comment=84984)
Izoh: bu Troya shahri edi

8041.

Bu podshox miloddan avvalgi 1270 yilgacha davlatni boshqargan u 66 yil hukmronlik qilgan uning davri tinchlik obodonchilik hukm surgan u hatto Xettlar bilan 50 yilga tinchlik shartnomasi tuzgan gap kim haqida?

Javob: Ramzes II (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10444?comment=84991)

8042.

Ko’p mamlakatlarda tug’ruqxona kirish joyiga «XUSH KELIBSIZ» deb yozib qo’yilgan. Xitoy davlatidagi Tug’ruqxona eshigiga «Alfa» deb yozib qo’yilar ekan. Alfani ikki so’zda yozib bering?

Javob: Bo’ldi yetarli (bas) (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10447?comment=85013)

8043.

Rivoyatlardan ma’lumki, hind olimlari ko‘p umr ko‘radilar, ularning fikr qilish qobiliyati ham kuchliroq. Buning asosiy sababi u ekan. Uni ayting?

Javob: Achchiq taom (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10448?comment=85039)

8044.

Erkaklar haqidagi statistik ma’lumotlarga ko‘ra, bir yumushni bajarish uchun 70 yillik hayoti mobaynida yevropalik erkak 177 kunni, xitoyliklar 68 kunni, Avstraliya mahalliy aholisi 54 kunni, Afrikaning zenga va fulge qabilasi erkaklari esa bor-yo‘g‘i 12 kunni sarf qilar ekan.
Diqqat savol: yuqoridagi statistik ma’lumot qanday mezon bo‘yicha keltirilgan?

Javob: Erkaklarning 70 yillik umri davomida 6 yildan ortiq vaqti televizor oldida o‘tsa, 628 kuni maishatda o‘tar ekan. Yevropalik erkaklar kiyinish uchun 177 kunni ketkazishsa, Afrika qabilalarining erkaklari orasida bu ishga umri davomida 1 soatni ham sarflamaydiganlari bor. Ammo fulge qabilasi erkaklarida 12 kun sarf bo‘lar ekan. To‘g‘ri javob: kiyim kiyish uchun ketadigan vaqt. (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10450?comment=85057)

8045.

Qisqa_savollar_3taligi

  1. U Xorazmshoh Alovuddin Muhammadning to’ng’ich o’g’li?
  2. «Hindiston» asarining muallifi?
  3. Elam davlatining poytaxti qaysi shahar bo’lgan?

Javoblar bitta postda qabul

Javoblar:

  1. Jaloliddin Manguberdi
  2. Abu Rayhon Beruniy
  3. Suza (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10451?comment=85070)

8046.

Avstraliya kurotlariga ekzotik tus berish uchun , 80 yillar boshida Arabistonda 40-50 ta tuya olib borishgan. Albatta turistlar uchun, Ularni aylantirish. Lekin kechqurunlari avtotransport va piyodalar o’tish joylariga xavf solavergach, shahar mamuriyati orginal qonun qabul qiladi. Qonunga binoan tuyalarga nimadir qilish tavsiya qilinadi?

Javob: Tuyalarga gabarit chiroqlar o’rnatish. (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10452?comment=85086)

8047.

1990-yil – Mixayil Gorbachov
1991-yil – Mixayil Zadornov
1992-yil – Boris Elisin
Ushbu yillarda bu shaxslar bir ishni bajarishgan. Qanday masulyatli ishni?

Javob: Yangi yil tabrigini. (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10453?comment=85101)
1991 yil SSSR da. Hali raxbar yo’q edi . O’sha yil yangi yil tabrigini yumirist Mixayil Zadarnov o’qigan.

8048.

G’iybat qilish gunoh albatta leikn bir hadisshunos alloma shunday degan: Agar man g’iybat qilsam ular haqida qilardim!
Savol kimlar?

Javob: Ota-onamni (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10454?comment=85108)
Chunki ota-onam mening savob amallarimga boshqalardan ko‘ra haqliroqdirlar»
(Abdulloh ibn Muborak)

8049.

Oltinchi xalqaro badiiy ko‘rgazmaga qo‘yilgan suratlar o‘zining originalligi bilan ajralib turgan. Chunki undagi suratlar bo‘yoqda chizilmagan. Masalan, Malevichning “Qora kvadrat” i bir narsa bilan chizilgan.
Diqqat savol: nima bilan?

Javob: Qora ikra bilan (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10455?comment=85126)

8050.

XVI asrda yashab ijod qilgan bashoratchi Nostradamus shunday bashorat qilgan edi: Yaqin kelajakda urush bo’ladi. Bunga sabab ikki «og’a-inining» o’limi sabab bo’lib ularning qotili deb bir davlatga tuxmat qilinadi va urush e’lon qilinadi. Ammo ularning qotillari o’z odamlaridir! degan ekan. Ushbu bashorat nechanchi yili sodir bo’lgan va tarixga qanday nom bilan kirgan?

Javob: 2001-yil. Egizak binolarning qulashi

8051.

Qisqa_savollar_3taligi

  1. Topishmoq
    Turar sendan ertaroq,
    Dumlari rangli, taroq?
  2. «Kitob surat ul-arz», «Aljabr va al-muqobala» asarining mualifi kim?
  3. BMT 1989-yilning 20-noyabrida qanday xalqaro Konvesiyasi qabul qildi?

Javoblar bitta postda

Javoblar:

  1. Xo’roz
  2. Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy
  3. «Bolalar huquqlari» to’g’risida (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10457?comment=85152)

8052.

Mersedes kompaniyasi yangi rusumdagi jamoat avtobuslarni chiqara boshladi. Uning salonida maxsus tablo o’rnatilgan bo’lib, unda 3 ta raqam yo’lovchilarga ko’rsatilib turadi.

  1. Aniq vaqt ya’ni soat
  2. Salondagi harorat ya’ni temperatura.
    Xo’sh 3-raqam nimani ko’rsatib turadi?

Javob: Spidometr tezligi (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10458?comment=85163)

8053.

Janubiy Amerika qit’asida okean bilan chegaradosh bo’lmagan ikki davlat mavjud. Ulardan biri Boliviya bo’lsa, ikkinchisini siz ayting?

Javob: Paragvay (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10459?comment=85172)

8054.

Gugurt dastlab 1820 yillarda Yevropada paydo bo’lgan. Ammo u o’ta xavfli bo’lib, arzimagan ishqalanish oqibatida ham yonib ketishi mumkin edi. Hozirgi ko’rinishdagi, ya’ni xavfsiz gugurt donachalari esa ilk marotaba qayerda nechinchni yilda ishlab chiqarilgan?

Javob: Shvetsariyada. 1855-yilda (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10460?comment=85190)

8055.

Zamonaviy turkiy xalqlarda U sharqdan g‘arbga tomon yo‘qolib boradi. U Yoqut, Xokos, Qozoq va Qirg‘izlardan boshlanadi. Boshqird, Totor, O‘zbeklarga kelib kamayadi. Turkmanlarda juda kam. Turk va Ozarbayjonlarda U deyarli yo‘q.
U?

Javob: Koʻz qisiqligi (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10467?comment=85355)

8056.

Qisqa_savollar_3taligi

  1. U Buxoro yaqinidagi Qasri Orifon qishlogʻida kosib oilasida dunyoga keladi?
  2. Topishmoq.
    Mayda mayda – koʻkdan tushar
    Qasir-qusir, tomni teshar?
  3. Zardushtiylikda Mitra qanday xudo hisoblanadi?

Javoblar bitta postda

Javob:

  1. Xoʻja Bahouddin Naqshband
  2. Dil
  3. Quyosh (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10468?comment=85364)

8057.

Tabiblar uni qanday iste’mol qilish kerakligini yozishgan: «Bu ajoyib ichimlikni osoyishta ich, shundagina sen tanangga ozor beruvchi tashvishlarni yenga oladigan darajada o‘zingni tetik his etasan». Bu qaysi ichimlik?

Javob: Choy (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10469?comment=85372)

8058.

Farruxdagi telefonning 1-raqami 4-raqamidan 3 marta katta, 2-raqami 1- va 4-raqamlari yig’indisining yarmisiga, 2-raqamini 4-raqamiga bo’linganiga, 5-raqami 3-raqamining yarmisiga, 6-raqami 3- va 5- raqamlari ko’paytmasiga, 7 raqami 3- va 6-raqamlari ayirmasiga teng. Agar 7-raqami 0 ga teng bo’lsa,
Farruxning telefon raqamlarini aytib bera olasizmi?
Qani matematiklar hisoblab ko’ringchi?

Javob: 962-31-20 (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10470?comment=85391)

8059.

Dangasa bola bir sutkaning yarmini uxlashga, uchdan birini o’yin o’ynashga va oltidan bir qismini televizor ko’rishga sarfladi. Sutkaning qolgan qismida dars tayyorladi. U necha soat dars tayyorlagan?

Javob: Dangasa dars tayyorlamagan. Chunki vaqt qolmagan (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10471?comment=85398)

8060.

Shahnoza Po’latdan kichik, Komil Po’latdan yosh, Tohir Shahnozadan kichik, lekin eng kichigi emas. Ularning ismini yoshiga qarab, kattadan kichik tartibda yozib chiqing?

Javob: Po’lat , Shahnoza , Toxir, Komil (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10472?comment=85410)

8061.

Qisqa_savollar_3taligi

  1. Oʻzbek kurashi boʻyicha 1-jahon chempionati qachon va qayerda oʻtkazildi?
  2. Futbol boʻyicha yigirmanchi jahon birinchiligi qachon va qayerda oʻtkazildi?
  3. FIFA qachon tuzilgan?

Javoblar:

  1. Toshkentda 1999-yil
  2. 1998-yil Fransiyada. Unda Fransiya terma jamoasi finalda Braziliyaliklarni 3:0 hisobida yenganlar.
  3. 1904-yil

8062.

Bu mashhur oʼyini Fransuzlar trik-trak deb atashadi. Savol qaysi oʼyini?

Javob: Narda (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10474?comment=85441)

8063.

Rossiyada solib tashlangach Pyotr farmoni bilan katta katta bazmlarda stollar ustida bugun biz ham foydalaniyotgan narsa paydo bo’ldi. Bugun biz nimadan foydalaniyapmizu uni kelib chiqishi Pyotr davriga borib taqaladi?

Javob: Salfetka (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10475?comment=85468)

8064.

Kimki soqov boʻlib tugʻilsa, til vazifasini alfa bajarar ekan. Alfa tilining ifoda kuchi cheksiz: chuqur u tong otar bilan kunbotar chogʻi sokin yerda yogʻdu va soyalar almashuvigacha aks ettirar ekan. Alfa?

Javob: Koʻzlar (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10476?comment=85491)

8065.

Xokku
Oqshom xasrati!
Qirmiz koʻmirlarga sochgin!
Ozgina IKS!
Xushboʻy koʻkatlarning xidiga
Toʻlib ketar oʻshanda xonang
Savol : Iks soʻzi qaysi soʻz bilan almashtirilgan?

Javob: Sake (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10477?comment=85499)

8066.

Insonda juda koʻp xis tuygʻular bor. Ular asosan ikkiga boʻlinadi. Salbiy va ijobiy. XV asrda yashagan fransuz faylasufi Mishayel Monten insonda bir tuygʻu borki u gox oyoqlarga qanot beradi, gox kishanlab qoʻyadi deb yozgan. Oyoqlarga qanot berguvchi tuygʻular koʻp ammo oyoqni yerga mixlab qoʻyuvchi tuygʻu qaysiligini toping?

Javob: Qoʻrquv (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10478?comment=85507)

8067.

Ukrainlar «Доброго ранки » , Yaponlar «Niozimo noriose» iborasi bilan aytmoqchi boʻlgan tilak inglizlarda qanday ataladi?

Javob: Good Morning (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10479?comment=85518)

8068.

Bu kasallikni oldinlari umuman davosi yoʻq deb hisoblashgan. Bunday bemorlar hatto gaz quvurlarida, maxsus pechlarda yoqilgan ham. Lekin ma’lum muddat oʻtib bu kasallikka davo topilgan. Buni davolash bilan shugʻullanuvchi shifokorlarning koʻpchiligi ham umrining soʻnggi pallasini oʻzi ishlagan shifoxonada xastalanib oʻtkazadi. Olimlar bu bemorlarni yer yuzidagi eng baxtli insonlar deb atashadi. AQSh da boshqa kasalliklardan koʻra shu kasallik bilan xastalanish koʻp uchraydi. Bu qaysi kasallik?

Javob: Ruhiy kasallik (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10480?comment=85554)

8069.

Aytishlaricha ilgari rossiyalik V.I.Lenin bir vaqtning o’zida kim bilandir suhbatlashib, gazeta o’qib yana fikrini boshqa bir narsaga jalb qilib turgan ekan.u yana nimaga jalb bo’lgan?

Javob: Radio tinglash (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10481?comment=85579)

8070.

Hakimlar aytishlaricha, u charchog’i yo’q ibodat, bezaksiz ziynat, davlatsiz haybat, devorsiz qo’rg’ondir, u olim uchun ziynat, johil uchun pardadir. Hakimlar nimani nazarda tutganlar?

Javob: Jim turish (Sukut) (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10482?comment=85586)

8071.

Eskimos xalqlari oʻrtasida ham ishyoqmas dangasalari uchrab turarkan. Aytingchi ular dangasalarini nima deb haqorat qiladi?

Javob: Oq tanli

8072.

Bir necha yil Sankt-peterburgda bo’lib qaytgan savol muallifi shaharda shunday do’konlarni ko’ribdi, ularning eshiklariga bir raqam yozilganiga guvoh bo’libdi. Qizig’i shundaki, bu ma’lumot bizda raqamlar bilan emas, so’z bilan bildiriladi. Yanayam qizig’i, bir ko’chada 10 ta do’kon bo’lsa, 2-3 tasida shunday raqamlarni ko’rish mumkin.
Diqqat savol. Hurmatli bilimdonlar, qaysi oddiy raqamli son so’ralmoqda?

Javob: 24 soat – bizda 《 kechayu kunduz 》 ( 《 круглосуточно 》 ) bo’lsa, u yerda 《24》 yozilsa bas. (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10485?comment=85619)

8073.

Bir bolalar bogʻchasidagi arqon tortish bellashuvi ALFA deb atalarkan. Jamoa qatnashchilar soni 6 tadan boʻlishi kerak, huddi bir rus ertagidak.
Diqqat savol: Alfa qaysi soʻz bilan almashtirilgan?

Javob: sholgʻom tortish (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10486?comment=85643)

8074.

Mashhur yahudiy yozuvchisi Yefraim Sevelining » Monya saskes- bayroqdor » asaridagi epizodlardan birida asar qaxramoni harbiy gospitalga tushib qoldi. Bu yerda u sonining orqa yuzasidan oʻq tekkan bir uchuvchiga eʼtibor beradi. Bu uchuvchi koʻrinishidan sharmandali boʻlgan jarohatini boshqalarga izohlash yoki har xil savollarga oʻrin qoldirmaslik uchun bir ish qiladi, aniqroq aytadigan boʻlsak bir ishni hech qachon xattoki uxlayotganda ham qilmaydi. Diqqat savol. Nima ish qilmaydi?

Javob: Bosh kiyimini yechmaydi (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10487?comment=85663)

8075.

Bu yegulikni 5-6 yoshlik bolalar koʻproq oʻyinchoq deb bilishadi. Oʻyinchoqlikka moyil koʻrinishiga egaligi uchun ham shunday jumlani taʼrif berish mumkin. Yapon yozuvchisi Xaruki Murogami 《Qoʻy ovi 》 Romanida ham tilga olingan . Oʻrtasi butun boʻlganida ham , uni mazasi oʻzgarmasligini aytadi. Sandiqcha ichida shu yegulik bor. SAVOL qaysi yegulik?

Javob: Teshik kulcha (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10489?comment=85669)

8076.

Qadimda bir hind hukmdori chopardan berib yuborgan xatlariga juda g’alati muxr bosgan ekan. Bu kabi muxr faqat shu shoxga tegishli bo’lgan. U muxrni mum yordamida qo’yganini bilgan xolda bizga U o’zgacha muxrni qanday qo’yganini ayting?

Javob: Tishi orqali (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10490?comment=85693)

8077.

Savol: Anvar Obidjon bir she’rida
Sizlarga gul tutaman
Suv uzataman,
Nonimni beraman
Kulbamda joy ham bor
Faqat ………da kelmang.
Nuqtalar o’rnini to’ldiring?

Javob: Tanklarda (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10493?comment=85721).
Anvar Obidjon «Ketmagil» to’plamidan.

8078.

Negadir uning bo’yi haqida notoʼg’ri baho berilgan. Chunki o’z turdoshlarida eng pakanasi emas, uning pastlariyam bor. Astranom Ali Qushchi koinot tuzilishini aynan unga qiyoslab ko’rsatgan. Bu nima?

Javob: Piyoz (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10494?comment=85734)

8079.

Jyul Vernning «Suv ostida sakson ming kilometr» romani bosh qahramoni Per Aronaks o‘zidan 10 yosh kichik yordamchisi Konselni ta’riflay turib, «u bilan mening yoshimdagi farq o‘n beshning yigirmaga nisbatiday gap» deydi. Aytingchi, u va yordamchisi necha yoshda?

Javob: Per Aronaks 40, yordamchisi Konsel 30 yoshda.
Jyul Vern «Suv ostida sakson ming kilometr». (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10495?comment=85743)

8080.

Yomg’ir juda qattiq yog’ayotgan kunlarning birida Mariyaning uyida mehmoni bor edi qandaydir voqea sodir boʻlib mehmonxonada Mariyaning jasadi topildi vaziyatni aniqlashtirish uchun izquvar chaqirildi izquvar uydagilardan voqea qanday sodir bo’gani haqida so’radi mehmon:
Biz Mariya bilan tashqarida aylanib yurgan Edik Mariya sovqotganini aytib ichkariga kirib ketadi oradan biroz vaqt o’tgach elektr Toki uzildi ichkaridan pistoletdan o’q uzulgani eshitildi. Yugurib ichkariga kirdim telefonimning fanori bilan xonani yoritib qarasam Mariyaning murdasi yotardi. shundan soʻng izquvar uyda yurgan bog’bonga yuzlandi:
-Mening uyim bu yerdan biroz uzoqroqda. Mariya xonimning uyimdan o’q ovozini eshitib bu yerga Chopa boshladim. Yomg’ir yog’ayotgani sababli yo’ldagi anhor to’lib toshayotgan edi,u yerdan o’tayotganda anhorga yiqilib tushdim va Boshdan oyoq shalobbo boʻldim bir amallab uyga yetib keldim. Hammayoq qorongʻu boʻlgani sababli choʻntagimdagi gugurtni yoqib qaradim yerda Mariya xonimning jasadi yotardi bu suhbatdan soʻng izquvar yuqoridagilardan birini qotil deb topdi izquvar kimni Nima sababdan qotil deb hisoblamoqda?

Javob: Bog’bon. suvga tushib ketgan odamning cho’ntagidagi gugurt ho’l bo’ladi va nam tortib yonmaydi (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10496?comment=85752)

8081.

Rio va San Paulu kabi yirik shaharlarda so’nggi yillarda g’alati odatni ko’rishimiz mumkin. Boy xonimlar qimmat restoranlarga borishsa, pyure-sho’rva degan taomni buyurtma qilishar ekan. Bu «kambag’allar sho’rvasi» ni ular ichishmaydi. Har ehtimolga qarshi olishadi
DIQQAT SAVOL: bu sho’rvani olishdan maqsad nima?

Javob: Restoranga o’g’ri tushgan payt qimmat baho taqinchoqlarini aynan shu sho’rvaga solishgan! (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10497?comment=85769)

8082.

Chengdu shaharchasida yashovchi bir kishining ajoyib TOYCHOG’i bor. Odatda TOYCHOQ xo’jayinidan yuan olgach, shaharga boradi va qaynoq TOYCHOQ bilan o’zini ta’minlaydi.
Diqqat savol: TOYCHOQ so’zi qaysi so’zga almashtirilgan?

Javob: It (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10498?comment=85775)
IZOH: U ajoyib it xo’jaynidan pul oladi va o’zi shaharga tushib o’zi uchun ‘qaynoq it’ ya’ni xotdog sotib olib yeydi. Zero uning ajoyibligi ham shunda- o’zini ovqat bilan ta’minlay olishida.

8083.

Azarbayjon teatrining asoschisi Guseyn Arablinskiy o’z qiyofasini o’zgartirgandan keyin (plastik operatsiya emas) , uning oilasi bilan munosabati yomonlashdi. Qarindoshlarining jahli chiqishi sababi qiyofasini o’zgartirgani emas, bundan keyin Guseyn teatrda qilgan ishi bo’ldi. U aynan nima ish qildi?

Javob: Ayol rolini oʻynagan (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10500?comment=85782)

8084.

Braziliya hamda Boliviya hududlarida Bororo nomli 1600 kishidan iborat hindu qabilarni istiqomat qiladi. Ushbu qabila vakillari antiqa bir xususiyatga ega. Mabodo zarurat tugʻilib qolsa ushbu qabilaning xohlagan vakili boshqa qabiladoshi uchun alfa vazifasini bajarishi mumkin. Alfa ni toping?

Javob: Donor (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10501?comment=85794)
Qon guruhlari bir xil

8085.

Qushning suti boʻladimi? Yoʻq deysiz albatta. Aslida esa qush suti mavjud ekan. Bu qushning tuxumidan joʻja ochgach, boʼqogʻida quyuq sut yoki suyuqroq suzmaga oʻxshash modda yigʻilarkan. Mana shu «sut» bilan bu qush joʻjalarini boqarkan. Bu qush bizga boshqa mashhur bir xizmati bilan tanish. Savol: bu qaysi qush?

Javob: Kabutar (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10502?comment=85812)

8086.

Milorad ismli insonning aytishi bo’yicha urushdan so’ng ko’plab xazar(Xazarlar-X asrlarda quyi Volgadan Kavkazgacha bo’lgan yerlarda davlat tuzgan ko’chmanchi turkiy xalq) ayollariga “X”larni saqlashlari uchun yostiq berishgan. Yostiqlar o’zlarida juda ko’plab sirlarni “saqlagan”. “X”ni ayting?

  Javob: Ko’z yoshi! (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10503?comment=85822)
Izoh: Yostiqlarni eri urushda halok bo’lgan ayollarga berishgan. Ular yostiqni quchoqlab yig’lashgan. Ko’z yoshi tarkibida zo’riqish va tashvishni kamaytiruvchi psixotrop moddalar bo’lar ekan. shuning uchun ham yig’lash biroz bo’lsada yengillik beradi.

8087.

«Yevro 2020» turniri Yevropaning 11 ta shahrida bo’lib o’tgan. Yarim final va final o’yinlari Angliyada «Uembli» stadionida o’tkizilgan. Angliya terma jamoasi ushbu turnirda finalga chiqqach, angliyalik muxlislar orasida «Football’s coming home» iborasi keng tarqaldi. Ammo Angliya terma jamoasi finalda Italiyaga mag’lub bo’lgach, italyan muxlislari ushbu iborani hazilomuz tarzda biroz boshqacharoq qilib o’zgartirishdi.
Savol, Italiyalik muxlislar ushbu iborani qanday ko’rinishda o’zgartirishdi?

Javob: Football`s coming Rome (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10504?comment=85832)

8088.

Oʻzbek xalq topishmoqlaridan biri:
Toʻrt mergan
Bir quduqqa oʻq otar!

Bir filmda oilada yuzaga kelgan koʻngilsizlikdan soʻng paydo boʻlgan savollar ichida topishmoqning javobi ham tilga olinadi. Diqqat savol: Topishmoqning javobini va filmning nomini toping?

Javob: Sig‘ir sogʻish film Suyunchi (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10505?comment=85844)
,,Suyunchi” filmida Anzirat momo yotib qolganida nabiralariga ,,Sig‘irlarni kim sog‘adi?”, ,,Abdullani kim uylantiradi?” degan savollarni beradi!

8089.

Savolda so’z almashgan.
Mo’g’ul oltin izlovchilari, orqalariga katta yashil tog’orani bog’lab yurishgani uchun “galapagos” degan laqabni olishgan. Karikaturada “galapagos”lardan biri vodoprovodchidan qasos olishga shaylanayotgani tasvirlangan. Karikaturadagi vodoprovodchini ismini ayting?

Javob: Super Mario (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10506?comment=85861)

8090.

U davlat ham FIFA tashkilotiga a’zo boʻlishi mumkin edi. Lekin stadionlariga chim muammo. Chim yaxshi oʻsmaydi. Shuning uchun futbol tashkilotiga qoʻshilolmay yuribdi. U qaysi davlat?

Javob: Grenlandiya (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10507?comment=85872)

8091.

XIX asrda Fransiya Jazoir hukumatidan barcha qarzlarini qaytarishni hamda uning foizini to’lashni talab etadi, ular o’rtasida bo’lib o’tgan muhokama chog’ida jazoirlik monarx elchining yuziga X bilan sekingina zarba beradi. Elchi bundan qattiq xafa bo’ladi va 3 yildan keyin shu vaj bilan Fransiya Jazoirga qarshi urush boshlaydi. X ning «Mortal Combat» o’yinida ham ishtirok etganligini hisobga olib nima ekanligini toping?

Javob: Yelpigʻich (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10510?comment=85887)

8092.

Tasavvur qiling sandiqcha ichida bir yapon topishmogʻining qaxramoni turibdi. Bir umr bitta koʻylakda yashab oʻtgan ichi qorani siz koʻrgansiz. Umring oxirigacha ichi qoraligicha oʻlib ketadigan narsa sandiqcha ichida turibdi.
Savol: sandiqcha nima bor?

Javob: Qora qalam (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10511?comment=85902)

8093.

Yaponcha soʻz boʻlgan «taki» ikkita ieroglifdan iborat. Ularning birinchisi suvni bildiradi, ikkinchisi esa ajdahoni. Yordam sifatida aytish mumkinki, «taki»ning eng yirigi Janubiy Amerikada. Savol: Yapon tilidan «taki» qanday tarjima qilinadi?

Javob: Sharshara (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10512?comment=85913)

8094.

Hozir operatsiyalar paytida qonni to‘xtatish uchun tamponlar ishlatiladi. Vetvrachlar esa tamponlar o‘rniga ajoyib gigroskopik materialdan foydalanish holatlari ham uchrar ekan. Bu mahsulot qonni to‘xtatadi, operatsiyadan keyin olib tashlash ham shart emas. Bu qanday mahsulot?

Javob: Shakar (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10514?comment=85943)

8095.

Ularning taqdiri judayam qiziq: ular sevimli, aqlli va baxtsizlar. Qadimda inklar ularni o’z qabiladoshlari bilan birgalikda dafn qilganlar. Ular qayerda bo’lmasin atrofidagi odamlarning tillarini o’rganishga, buning natijasida o’z tillarini unitishga majburlar.
Diqqat savol: Ularni ayting?

Javob: Toʻti. Papugay (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10516?comment=85947)

8096.

Yapon millati mentaliteti uchun bir qancha yozilgan va yozilmagan ta’qiqlar mavjud. Masalan, ko‘pchilik bor, g‘ala-g‘ovur joyda ham yaponlar sekinroq gapirishga yoki umuman gapirmaslikka harakat qiladi. Bundan maqsad esa yon-atrofdagilarga halaqit bermaslik. Mana shu jihatlarni inobatga olib, tadqiqotchilar so‘ngi yillarda boshqa millatlarga qaraganda aynan yaponlar bir ko‘rsatkich bo‘yicha yetakchilik qilayotganini asoslashmoqchi bo‘lishadi. Aynan qaysi ko‘rsatkich bo‘yicha yaponlar liderlik qilishmoqda?

Javob: SMS yozish bo‘yicha (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10517?comment=85956). O‘rtacha hisob-kitoblarga ko‘ra yaponlar oyiga 1000 tadan ko‘p SMS yuborishar ekan

8097.

Karl I o’limga hukm etilgach so’ngi tilagi sifatida jalloddan IKS ga sovun surtishini iltimos qilgan ekan. Karl I nimaga sovun surtishni iltimos qilgan?

Javob: dor arqoni, (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10518?comment=85974)

8098.

Mashhur amerikalik olim Richard Feynman oʻz qaydlarida bir voqeani eslaydi. Bir kuni Albert Eynshteyn seminar oʻtish uchun uning ishxonasiga keladi va birinchi qiladigan ishi – “Qayerdan choy ichsam boʻladi?” deya soʻragan. Feynman “Xov anavi yerdan” deya unga choy turgan joyni koʻrsatgan va ich-ichidan BU ISHNI toʻgʻri qilganidan xursand boʻlgan. Mashhur latifaga koʻra, shunga oʻxshash holatda bir talaba ismini aytgach quvongan edi. Diqqat savol, Feynman nimadan buncha xursand boʻlgan edi?

Javob : Birinchi savolga toʻgʻri javob berganidan quvongan. (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10520?comment=85989)
Izoh: Feynman birinchi savolga “Choy hov anavi yerda” degach, Albert Eynshteyndek insonning savoliga toʻgʻri javob berganidan xursand boʻlgan. Latifani eslasangiz kerak:
Imtixonda oʻqituvchi talabadan soʻrayapti:

  • Ismingiz nima?
  • Falonchiyev pistonchi.
  • Nega buncha xursand boʻlyapsiz?
  • Birinchi savolingizga toʻgʻri javob berganimdan, ustoz.

8099.

Ushbu fotosuratda Vena shahridagi bir muassasaning reklamasini koʻrib turibsiz. Aytingchi, bu qanday muassasa?

Javob : Karate toʻgaragi (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10528?comment=86061)
Izoh: Koʻrib turganingizdek, binoga kirish eshigi boru, ammo chiqish eshigi yoʻq. Bu bilan toʻgarak ma’murlari, bizga eshikdan kirasiz, ammo karateni shu darajada yaxshi oʻrgangach, devorni buzib chiqib ketasiz, demoqchi boʻlishgan.

8100.

Tahminan 1,6 x 2 metr hajmga ega bo‘lgan bunday reklama plakatlari portlardagi yirik kemalarga oʻrnatiladi. Diqqat savol, bu plakat bilan nima reklama qilinayapdi?

Javob : Spagetti (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10529?comment=86078)
Izoh: Kemalarning arqoni xuddi spagettini eslatadi.