Yaponiyada dunyodagi eng tez internet paydo bo‘ldi
Yaponiya axborot texnologiyalari milliy instituti tijoriy optik tolali kabel orqali 402 Tbit/sekund tezlikda ma’lumot uzatib, o‘ziga xos rekord o‘rnatdi.
Buning uchun 50 kilometr uzunlikdagi 1 505 ta kanal orqali signal uzatildi. Qurilmalardan 6 toifadagi kuchaytirgich va 37 TGs o‘tkazuvchanlikka ega optik ekvalayzer qo‘llanildi.
Natijada maksimal ko‘rsatkich oldingisiga nisbatan 25 foiz yaxshilanib, o‘tkazuvchanlik qobiliyati 35 foizga oshdi.
Eng qizig‘i — bu natijaga internet-provayderlar ayni paytda ishlatayotgan texnologiyalar bilan erishildi.
Manba: xabar.uz