BALEAR OROLLARI
BALEAR OROLLARI – O’rta dengizning g’arbiy qismidagi orollar to’dasi, Ispaniyaning Baleares Muxtor viloyatini tashkil etadi. Ikkita katta Orol — Malorka va Menorka orollari hamda Pitius orollari arxipelagidan iborat. Maydoni 5 ming kilometr kvadrat. Aholisi 686 ming kishi (1992), aksariyati katalonlar. Ma’muriy markazi — Palma-demalorka shahri. Eng baland joyi 1445 metr. Karst relef shakllari keng tarqalgan. Iqlimi O’rta dengiz atrofiga xos iqlim. Yillik yog’in 400 — 600 millimetr. Tosh dub, Halab qarag’ayi va chakalakzorlar uchraydi. Aholisi subtropik dehqonchilik va baliq ovlash bilan shug’ullanadi. 15-asrdan Ispaniya tarkibida. Menorka orolda aeroport va g’arbiy dengiz bazasi bor. Turistlar ko’p keladi, iqlim kurortlari mavjud.