BALLAST

BALLAST (gollandcha Ballast) — 1) Lokomotiv, kema va boshqalarning og’irligini sun’iy ravishda oshirish uchun ishlatiladigan yuk (suv, qum va boshqalar); 2) havodan yengil uchish apparatlari (masalan, aerostat) ko’tarilishini rostlab turadigan yuk (masalan, qum); 3) temir. yo’l shpallari ostidagi qatlam. Maydalangan tog’jinslari (qum, shag’al, tosh), domna toshqoli (shlagi) va boshqa materiallardan yotqiziladi. Ballast poyezddan shpallarga tushadigan zo’riqishni iz ko’tarmasiga bir me’yorda o’tkazadi, shpallarning siljib ketishiga yo’l qo’ymaydi, poyezd g’ildiraklarining relsga yumshoq urilishini ta’minlaydi; 4) ko’chma ma’noda — ortiqcha yuk, daxmaza, ma’lum ish uchun foydasiz narsa.