BALLISTOKARDIOGRAFIYA

BALLISTOKARDIOGRAFIYA (Yunoncha ballo — otaman, kardia — yurak va grapho — yozaman) — yurakning gemodinamik faoliyatini tekshirish usuli. Bunda yurak qisqarishi va qonning yirik tomirlar bo’ylab harakati bilan bog’liq holda odam tanasida sodir bo’ladigan mexanik harakatlar qayd qilinadi. Buning uchun maxsus asbob — ballistokardiograf ishlatiladi. Ballistokardiografiyaning umumiy, bevosita, bilvosita va boshqa xillari bor. Ballistokardiograf va harakatlarni yozib olish chog’ida hosil bo’lgan egri chiziq— ballistokardiogramma (BKG) ga qarab yurak muskulining qay darajada qisqarayotganligi haqida bir fikrga kelinadi. Ballistokardiogrammaning o’zgarishi yurak faoliyatida biror illat borligini ko’rsatadi, ammo aniq tashhis qo’yishga imkon bermaydi.