BALLON MATERIALLAR

BALLON MATERIALLAR – rezinalangan gazlama (perkal, ipak). Gaz o’tkazmasligi, puxtaligi va yengilligi sababli havo sharlari, aerostatlar va dirijabllarga ishlatiladi, gazgolder qobiqlari shundan qilinadi.