Rangli portlandtsement

Rangli portlandtsement – oq portlandtsement klinkeri, gips (SO3 bo’yicha 3.5 gacha), diatomit (6% dan ko’p bo’lmagan miqdorda) va minerallar (15% gacha miqdorda) yoki organik bo’yoqni (klinker massasiga nisbatan 0.5% gacha miqdorda) qo’shib juda puxta maydalash yo’li bilan olinadigan gidravlik bog’lovchi modda. Rangli portlandtsementga zarur bo’lgan hollarda plastifikatsiyalovchi yoki gidrofibizatsiyalovchi qo’shimchalar (moddaning quruq holatida tsement massasiga nisbatan 0.3% dan ko’p bo’lmagan miqdorda) qo’shiladi.

Fikr bildirish