BANORAS

BANORAS (Varanasi) — Hindistonnin Guttar-Pradesh shtatidagi shahar. Gang daryosi irmoqlari bo’lmish Varan va asi oralig’ida (nomining kelib chiqishi shundan), hindlarning diniy markazi va ziyoratgohi. Aholisi 926 ming kishi (1991). Qadimda Kashi va taxminan 10— 12-asrdan Varanasi deb atalgan. Shimoliy Hindistondagi muhim transport yo’llari tuguni. Banorasda hindu va buddaviylarning 1500 ga yaqin ibodatxonasi bor, ba’zilari o’rta asr me’moriy yodgorliklari hisoblanadi. Banoras 7 – asrda ilmu fanning yirik markazlaridan biri bo’lgan. Shaharda Jay Singh qurdirgan (1700) rasadxona bor. Banoras 18-asrning boshida ingliz Ostindiya kompaniyasining tasarrufiga o’tgan. Mamlakatning tarixiy, madaniy va diniy markazi. Banorasda ko’p tillarda badiiy, siyosiy, ilmiy adabiyotlar nashr etiladi. Hind tilidagi kitoblarning yirik kutubxonasi bor. O’tgan asrlarda fors va Arab tillarida chiqarilgan asarlar Turkistonga ham tarqalgan. Ip-gazlama, oyna, poligrafiya, oziq-ovqat, kimyo korxonalari; teplovoz zavodi bor. Banorasda shoyi ishlab chiqariladi; tilla va kumush iplardan zarbofkimxob matolar, zargarlik buyumlari tayyorlashda Sharq mamlakatlarida mashhur bo’lgan. Turkistonda ma’lum bo’lgan banoras gazlamasi xam o’sha erda to’qilgan. Universitet bor. «Shiva oltin ibodatxonasi» (1750-yillar), 16 — 19 – asrlarning mahobatli saroylari (shu jumladan «Man-Mandir», 1600 yil) saqlangan.