BARAKA

BARAKA — bir-biriga qo’shilib o’sgan ikki va undan ortiq qo’shaloq meva. Baraka novdaning aynan bir bo’g’imida hosil bo’lgan ikki yoki uch gulbandning bir-biriga to’liq qo’shilib rivojlanishi oqibatida sodir bo’ladi. Baraka ko’pgina qishloq xo’jalik ekinlari, jumladan, paxta, pomidor, kartoshka, bodring, qovun va boshqalar, shuningdek mevalarda ham ko’p uchraydi.