BARATOV MUBINJON

BARATOV MUBINJON (1933.9.12, Nurota shahri) —faylasuf olim. O’zbekiston Fanlar Akademiyasi akademik (2000), falsafa fanlari doktori (1972), professor (1973). O’rta Osiyo davlat universitetining sharqshunoslik fakultetini tugatgan (1956). 1959 – 75 yillarda O’zbekiston Fanlar Akademiyasi falsafa va huquq institutida ishlagan (1970 — 75 yillarda direktor, ayni vaqtda xorijiy Sharq falsafasi sektori mudiri). O’zbek entsiklopesiyasi Bosh muharriri (1975 — 76). O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik instituti direktori (1976 — 80). ToshDU huzuridagi Oliy o’quv yurtlari ijtimoiy fanlar o’qituvchilarining malakasini oshirish instituti direktori (1980 — 93). 1993 yildan O’zbekiston Fanlar Akademiyasi falsafa va huquq institutida bo’lim mudiri. Ilmiy faoliyati O’rta Osiyo va xorijiy Sharq xalqlari falsafasi tarixiga bag’ishlangan. As: xorijiy Sharq xalqpari ilg’or ijti-moiy-falsafiy fiqolari ocherklari (monografiya), T., 1971; Hindistonda ijtimoiy fiqolar (hammualliflikda), T., 1973.