BATTONIY ABU ABDULLOH MUHAMMAD IBN JOBIR
BATTONIY ABU ABDULLOH MUHAMMAD IBN JOBIR (858 — Batton (Suriya) — 929) — falakiyotshunos va riyoziyotchi. Raqqa va Bag’dodda ijod qilgan. Yevropada Albategnius nomi bilan mashhur. «Sinuslar jadvali tuzishning mavhum usullari bayoni» («Tajrid usul tarkib al-juy-ub»), «As-sabiy Ziji» («az-Zij as-sa-bi'») kabi asarlari ma’lum. Battoniy «As-Sabiy Ziji»da 1/2 dan oralatib kotangenslar jadvalini bergan. Unda Quyosh va oyning qarama-qarshi turish jadvali, 273 ta joyning geografik koordinati, 533 ta yulduzning jadvali va boshqalar xam berilgan. Bu asar Yevropada ham trigonometriya fani rivojiga katta hissa qo’shdi. Oyning ko’rinadigan tomonidagi bitta krater Battoniy nomi bilan atalgan. Ad:. Matvievskaya G. P., Rozenfild B. A., Matematika i astronomiya musulmanskogo srednevekovya i IX trudu (VIII — XVII vv.), M., 1983; Borodin A. I, Bugay A. S, Vo’dayuhiesya matematiki, Kiyev, 1987.