BASHORAT
BASHORAT (Arabcha — xushxabar, suyunchi xabar) — ilmiy bilishning bir shakli, hali fanga to’la ma’lum bo’lmagan, imkoniyat tariqasidagi hodisalar, turli jarayonlar to’g’risida oldindan fikr aytish. Bashorat ijodiy jarayon bo’lib, tabiat, jamiyat taraqqiyoti ob’yektiv qonunlarining fanda o’rganilgan asoslariga suyanadi, shundan kelib chiqadi. Har bir fan Bashorat uchun boy material beradi. Masalan, astronomiyadagi bilimlar oy va Quyosh tutilishi muddatini bir necha yil oldin aiiq qilib belgilash imkonini berdi; kimedagi bilimlar asosida hali topilmagan elementlar oldindan aytildi va hokazolar. Nazariy va tajriba ma’lumotlarini umumlashtirish, hodisalar qonuniyatlari va aloqasini hisobga olish asosida oldindan aytish ijtimoiy hayotda, fan rivojida muhim ahamiyatga ega.