Arg’in qishlog’i haqida eshitganmisiz?

Arg’in qishlog’i haqida eshitganmisiz? – Andijon oblasti, Lenin rayonida. Bu toponim etnik nom asosida vujudga kelgan. Arg’in – o’zbek millatining tarkibiga qo’shilgan qadimgi urug’lardan birining nomi. M.Koshg’ariyning “Devoni lug’atit turk” asarida Arg’u tarzida uchraydi. Arg’in Qashqadaryo, Toshkent, Sirdaryo, Samarqand, Buxoro, Xorazm va Qoraqalpog’istonda ham toponim sifatida uchrab turadi.

Fikr bildirish