Vardanzi qishlog’i haqida eshitganmisiz?

Vardanzi qishlog’i haqida eshitganmisiz? – Buxoro oblasti, Shofirkon rayonida. Bu toponimning Vardani, Vardano kabi variantlari ham bor. Tarixiy manbalarda yozilishicha u Buxorodan ham qadimiyroq bo’lib, uni shoh Shopur qurdirgan emish. Toponim so’g’dcha “var” so’zi asosida tuzilgan. Bu so’z aholi yashaydigan va chorva mollarini saqlash uchun chor atrofi devor bilan o’ralgan qadimgi istehkomlarni bildiradi. O’zbekistonda bundan 3000 yil ilgari bino qilingan katta shahar va turar joy qoldiqlari “var” so’zi bilan aloqadordir. Dalvarzin, Varaxsha, Vardani kabi. Vardanzi toponimi “qo’rg’on, podshohlarning maxsus qarorgohi” degan ma’noni beradi.

Fikr bildirish