Jo’ylangar qishlog’i haqida eshitganmisiz?
Jo’ylangar qishlog’i haqida eshitganmisiz? – Sirdaryo oblastining Yangiyer rayonida. Toponimning ikkinchi qismi Langar O’rta Osiyoda keng tarqalgan termin. Eron va Afg’onistonda ham qo’llaniladi. A.Z.Rozenfeldning tekshirishicha “bekat, to’xtash joy” degan ma’noni bildiradi. E.Murzayev fikricha Langar janubiy Sintszyanda “pochta bekati, mehmonxona” degan ma’noni bildiradi. Ba’zi joylarda xonaqoh langar deb atalgan. Jo’ylangar “bekat yoki qo’rg’on ariq” demakdir.



