Idirqal’a qishlog’i haqida eshitganmisiz?

Idirqal’a qishlog’i haqida eshitganmisiz? – Xorazm oblastining Shovot rayonida. Toponimning birinchi qismi idir Xorazm shevalariga xos so’z bo’lib, “tartib, tuzuk, yaxshi” degan ma’noni bildiradi. Bu so’z hozir ham Urganch, Xiva shevalarida qo’llanilib, idirli “tartibli” degan ma’noni bildiradi. Binobarin, idirqal’a “tartibli, plan asosida qurilgan qal’a” demakdir.

Fikr bildirish