Kaltatoy qishlog’i haqida eshitganmisiz?
Kaltatoy qishlog’i haqida eshitganmisiz? – Jizzax oblastining Baxmal rayonida. Bu so’z toponim sifatida respublikamizning boshqa oblastlarida, jumladan Qashqadaryo, Sirdaryoda ham uchraydi. Kaltatoy o’zbek urug’laridan birining nomidir. Revolyutsiyadan oldin kaltatoylar Farg’ona vodiysida, Zarafshon va Molguzar tog’larining shimoliy yonbag’rida, Zarafshon daryosining o’rta oqimida, Surxon-Qoratog’ daryolarining yuqori va o’rta oqimlarida, Afg’onistonning tog’li rayonlarida yashagan.



