Kenagas qishlog’i haqida eshitganmisiz?

Kenagas qishlog’i haqida eshitganmisiz? – Samarqand oblastining Urgut rayonida. Kenagas – yirik o’zbek qabilalaridan birining nomi. Ular Shahrisabz, Kitob, Buxoro, Farg’ona vodiysi, Samarqand uyezdida va Shimoliy Afg’onistonda yashaganlar. Kenagaslarning O’zbekistonga qachon kelganligi ma’lum emas. Ular XVIII-XIX asrlarda Buxoro xonligining siyosiy hayotida faol qatnashganlar. Bu nomdagi toponimlar Namangan oblasti, Pop rayonida va Qoraqalpog’iston ASSRda ham bor.

Fikr bildirish