Madir qishlog’i haqida eshitganmisiz?
Madir qishlog’i haqida eshitganmisiz? – Xorazm oblastining Xonqa rayonida. Nomning etimologiyasini mard so’zi bilan bog’laydilar. Toponim aslida mazrav “ekinzor, ekiladigan yer” so’zi asosida vujudga kelgan. Z tovushining D ga aylanishi izoh talab qilmaydigan hodisadir. Shunday qilib, bu so’z mazraa (Madraa) “Madir bo’lib, ekin ekuvchilar qishlog’i yoki ekinzor” ma’nosiga egadr. V.I.Savina hozirgi eron toponimiyasida bu so’z “posyolok, xutor, ferma” ma’nosida qo’llanadi deb qayd qiladi.



