Manaq qishlog’i haqida eshitganmisiz?

Manaq qishlog’i haqida eshitganmisiz? – Xorazm oblasining Shovot rayonida. Toponimning etimologiyasi haqida turli fikrlar bor. Qirg’izlarning kichik bir urug’i manaq deb yuritiladi. Manaq so’zi eron tillariga mansub bo’lib, miyon so’zi orqali vujudga kelgan. Bu so’z “markaz, o’rta” degan ma’noni bildiradi. Pehlaviy tilida miyonak “markaz” demakdir. Manaq toponimi “o’rta markaz, o’rta qishloq” degan ma’nodadir. Andijonning Xo’jaobod rayonida ham Manaq nomli qishloq bor.

Fikr bildirish