Ravot qishlog’i haqida eshitganmisiz?

Ravot qishlog’i haqida eshitganmisiz? – Sirdaryo oblastining Jizzax rayonida. Rovot yoki Robot geografik termin bo’lib, juda katta territoriyaga tarqalgan. Rabotak (kichik ravot), Ravotalmiq (qalmiqlar ravoti), Qizilarvot (qizil ravot) kabi toponimlar shu so’z orqali yasalgan. V.V.Bartold bu termin arabcha bo’lib, oldin Rabad shaklida qo’llanilgan va “shahar devori”, “shaharning tashqi qismi” ma’nosini anglatgan deydi. V.V.Bartold Rabod va Rabot hamda Ribot terminlari orasida farq borligini yozadi. Rabot “chegara posti, istehkom, qo’rg’on” degan ma’nolarni bildiradi. Farg’ona oblastidagi Rabotak O’rchin toponimi ham shu so’z asosida yasalgan. O’rchin “territoriya, tuman” degan ma’noda.

Fikr bildirish