Toshko’pir qishlog’i haqida eshitganmisiz?

Toshko’pir qishlog’i haqida eshitganmisiz? – Xorazm oblastining Xazorasp rayonida. Toponimni “tosh” va “ko’prik” so’zlaridan yasalgan deb hisoblaydilar. Bu tipdagi toponimlar butun O’rta Osiyoda uchraydi. V.A.Nikonov “tosh” va “ko’prik” so’zlari eng aktiv toponim yasovchilar ekanini, hatto, ular semantik jihatdan butun dunyo bo’ylab keng tarqalganini qayd etadi. Ammo Kopur va Ko’pchur shaklida bu so’z “yaylov, o’tloq, chegara” ma’nosiga ega. Ehtimol, Xorazmdagi Qo’shko’pir, Chotko’pir, Momoko’pir kabi toponimlar so’zning ushbu ma’nosi bilan aloqadordir.

Fikr bildirish