Choljiyan qishlog’i haqida eshitganmisiz?
Choljiyan qishlog’i haqida eshitganmisiz? – Surxondaryo oblastining Sariosiyo rayonida. Toponimning “chol” va “jiyan” so’zlaridan yaslganiga hech kim shubha qilmaydi. Hatto bunga moslab afsona to’qilgan. Go’yo qishloqda bir chol va uning jiyani yashagan emish. Ular ilk marta bu yerlarda yer ochib, qishloq barpo etgan. Shu chol va jiyan sharafiga qishloq Choljiyan deb atalgan. Aslida toponimning asosini chol (chuqur, suvning quyilish joyi) so’zi tashkil etadi. Nomning ikkinchi komponenti jiyan emas, balki jo’ya yoki jo’yakdir. Bu so’z nom tarkibida “qirg’oq, chet” ma’nosini ifodalagan. Choljiyan “chuqur chetidagi, suvning quyilish joyi atrofidagi qishloq” demak.



