Shovot kanali haqida eshitganmisiz?

Shovot kanali haqida eshitganmisiz? – Xorazm oblastining Shovot rayonida. Kanal nomi asosida Shovot qishlog’i vujudga kelgan. Qishloq shu kanal bo’yida joylashgan. Xiva xoni Abulg’ozi Bahodirning o’g’li Anushaxon Eronni bosib olgandan keyin, o’zini shoh deb e’lon qiladi. U o’z hukmronligi davrida (1663-1686 yillar) Janubiy Xorazmda dasht yerlarni o’zlashtirish maqsadida kanal qazdiradi. Minglab xorazmliklarning peshana teri to’kib topgan daromadlari va ularning og’ir qo’l mehnatlari hisobiga qurilgan bu kanal “Shoh obod” deb atalgan. Bu Xorazm shevalarining fonetik xususiyatiga mosdir, ya’ni intervokal holatda h tovushi tushib qolib, b undoshi v ga aylanadi.

Fikr bildirish