Baliq uni nimani anglatishini bilasizmi

Baliq uni nimani anglatishini bilasizmi – baliqdan yoki baliqni konservalash chiqitlaridan tayyorlanadigan un. Baliq uni oqsil, kaltsiy va fosforga boy bo’lib, qishloq xo’jaligi hayvonlariga beriladi. Tarkibida 50-55% oqsil, 10-20% yog’, 30% gacha kaltsiy fosfat, 5% gacha osh tuzi va A, B, D vitaminlari bor. Baliq uni organizmda juda yengil hazm bo’ladi. Shuning uchun, birinchi navbatida, yosh hayvonlarga, jo’jalarga (kundalik yemining 10% miqdorida), tovuqlarga, ba’zan katta yoshdagi hayvonlarga ham beriladi. Sigirga kuniga 1-1,5 kg baliq uni berilsa, sut va go’sht sifati buzilmay, mahsuldorligi oshadi.

Fikr bildirish