BOYALICH
BOYALICH (Salsola arbuscula Pall.) sho’radoshlar oilasiga mansub sershox buta. Bo’yi 20-100 santimetr. Bir yillik, novdalari oqish, yaltiroq, bargi qalami, uzunligi 5-35 millimetr. Gullari mayda va ko’rimsiz, boshoqsimon to’pgulga joylashgan. Iyunda gullaydi, urug’i sentabrda pishadi. Asosan, cho’llardagi qumloqerlarda o’sadi. Tuya, qo’y va echkilar Boyalichning bargi va yosh novdalarini xush ko’radi. Boyalich tarkibida 20,1% kul, 9,1% protein, 1,8% yog’, 21,9% kletchatka, 47,9% azotsiz ekstrakt moddalar bor. Uning yashil qismida 1,5% limon kislota, 0,03% alkaloidlar bo’ladi.