BOJ TARIFI
BOJ TARIFI — davlat chegarasi orqali o’tadigan tovarlardan undiriladigan bojlar stavkalari majmui (to’plami). Boj: olinadigan tovarlar nomi va tasnifi, boj stavkasi, ularni hisoblash va to’lash usullari, boj olinmay o’tkaziladigan tovar (buyum)lar ro’yxati, shuningdek olib kelish, olib ketish, olib o’tish (tranzit) taqiqlangan mahsulotlar ro’yxati ko’rsatiladi. Boj tarifida tovarlar qayta ishlanish darajasi (tayyor mahsulot, yarim tayyor mahsulot, xom ashyo) va tarmoq turiga (sanoat, qishloq xo’jalik, mineral xom ashyo) ko’ra guruhlanadi. Boj tarifi dunyoning 100 dan ortiq mamlakatlarida qo’llaniladi. 1997 yil 29 avgustda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan «Boj tarifi to’g’risida»gi qonun qabul qilinib, 1998 yil 1 yanvardan amalga kiritildi.