BORLI O’G’ITLAR

BORLI O’G’ITLAR — tarkibida o’simliklar o’zlashtira oladigan holatda bor bo’lgan kimyoviy birikmalar; mikrologiyalarning bir turi. Borning har xil tuproqdagi miqdori (1 kilogramm tuproq hisobida) 1,5 milogrammdan 150 milligrammgacha boradi. O’rta Osiyoning karbonatli tuproqlarida suvda qaynatilganda erib chiqadigan (suvli so’rim) borning miqdori 1 kilogramm tuproqqa 1 milligrammdan kam bo’lgan hollardagina Borli o’g’itlarni kullash kerak. Borli o’g’itlar sifatida borat kislota, bordatolitli o’g’itlar, bormagniyli o’g’itlar, borli superfosfat, bura (tanakor) va boshqalar qo’llaniladi. Borli o’g’itlar ekish paytida boshqa mineral o’gitlar bilan birgalikda tuproqqa qatorlab solishda, oziqlantirishda va urug’larni kimyoviy dorilar bilan birga qo’shib changlatishda (1,1 — 1,7 kg/ta hisobida) ishlatiladi. Ekish oldidan urug’larni ishlashda (1ts urug’ga 0,005%-0,5% li eritmasidan 6-8 l) sarflanadi.