BOSQINCHILIK
BOSQINCHILIK 1) ijtimoiy xavfli, o’ta og’ir jinoyat, o’zganing mol-mulkini talash maqsadida oshkora hujum qilish. O’zbekistonda Bosqinchilik jinoyati jabrlanuvchiga zo’rlik ishlatib yoxud unga zo’rlik qilish bilan qo’rqitib sodir etilgan bo’lsa, jinoyatchi molmulki musodara etilib, 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinadi (O’zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksi 164-modda). Bosqinchilikning xavflilik darajasiga qarab, jazoning yana ham og’ir turlari belgilangan. Masalan, Bosqinchilik juda ko’p mikdordagi mulk talon taroji bilan bog’liq holda o’ta xavfli retsidivist yoki uyushgan guruh tomonidan sodir etilsa, jinoyatchilar molmulki musodara qilinadi va ularga 15 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum etish haqida jazo belgilanadi; 2) hozirgi xalqaro huquqdagi tushuncha.