BO’YAMA NAQSH

BO’YAMA NAQSH — naqshning keng tarqalgan turi; naqshlar qog’oz, karton, ganch, yog’och va b. sathga tush va turli bo’yoqlar bilan chizib, bo’yab ishlanadi, ustidan lok surtiladi. O’zbekiston hududida qadimdan rivoj topgan. Yog’och buyumlar, mehnat kurollarining qismlari, me’moriy qismlar turli ranglarda bo’yab bezatilgan. Naqshlanadigan joy o’rni va shakliga qarab Bo’yama naqshning ko’plab tur va xillari paydo bo’lgan. An’anaviy o’zbek naqqoshligida amaliy san’atning boshqa sohalarida bo’lgani kabi girih va islimiy naqshlar qo’llanilib, ularda ko’k (lojuvard), zangori, yashil, sariq, qizil, oq, qora ranglardan keng foydalaniladi. Bo’yama naqsh mujassamotlari yangi mavzu, turli xil naqshlar bilan boyitilib, tasvirli mujassamotlar bilan uyg’unlashtirilmoqda. Ad.: Qosimov Q., Naqqoshlik, T., 1982.