BO’G’IZ

BO’G’IZ — 1) odam va quruqlikda yashaydigan umurtqali hayvonlar nafas a’zolarining burun bo’shlig’idan keyingi qismi; ovoz chiqarish a’zosi. Bo’g’iz nafas olish va tovushning ravon chiqishini ta’minlaydi; 2) pichoqning tig’i bilan dastasi birikkan, gulband qo’yilgan joyi. Ba’zi joylarda Manak ham deyiladi; 3) ko’za, qumg’on, choydish, oftoba va shunga o’xshash idishlarning qorindan yuqori ingichka qismi; 4) o’roq yuzi bilan dastasi oralig’i; 5) ketmonning girvoni; 6) o’simlik tanasining ildizga tutashgan joyi.