BO’RIKALLA

BO’RIKALLA — qovun navi. Buxoro va Farg’ona Bo’rikallasi kabi xillari bor. Buxoro Bo’rikallasi Handalak turiga kiradi. Buxoro vohasida tarqalgan. Ertapishar nav. Shakli yassi, o’rtacha kattalikda, eng kattasining diametri 20 santimetrdan ortiq. Og’irligi 2,5—3 kilogramm. Sirti bir oz tilim-tilim, tekis to’r bilan qoplangan. Tuey och yashilsariq, po’stidagi gullari mayda, jigarrang dog’ shaklida. Etining qalinligi 4,5—6 santimetr, och yashil, shirin, tarkibida 7,4—9,6% qand bor. Urug’i yirik, oq, ekilganidan so’ng 57-80 kunda hosili pishadi. Hosildorligi 230-360 kilogramm/gektar. Uzoq joylarga yuborishga yaroqsiz. Farg’ona Bo’rikallasi Farg’ona vodiysida tarqalgan. Qovunning casaba (kassaba) turiga kiradi, o’rtapishar nav. Shakli tuxumsimon, dum va uch tomonlari to’mtoq, uzunligi 20-23 santimetr, og’irligi 3,5—5 kilogramm, sirti tekis, to’ri siyrak, dum tomoni och yashil, uch tomoni sarg’ishyashil. Etining qalinligi 5-5,5 santimetr, yumshoq, juda shirin. Tarkibida 8-11% qand, shu jumladan 3,8—8,2% saxaroza bor. Urug’i oq, yirik, chuzinchoq. Urug’i ekilganidan keyin 73-80 kunda hosili pishadi. Hosildorligi 200-250 tsentner/gektar. Uzoq joylarga yuborishga yaroqsiz. Joyida iste’mol etiladi.