BREY (VGAU) JON FRENSIS
BREY (VGAU) JON FRENSIS (1809-1895) — ingliz iqtisodchisi, sotsial utopist, R. Ouen izdoshi. Vashingtonda ingliz emigranti oilasida tug’ilgan. 30-yillarda ishchilar harakatiga qatnashdi, shu paytning o’zida chartistlar bilan ham yaqin aloqada bo’ldi. Brey «Mehnatga munosabatdagi nohaqliklar va ularni bartaraf etish vositalari» asari (1839)da kapitalistik jamiyatning iqtisodiy isloh etish dasturini olg’a surgan. Brey fikricha, ishlab chiqarish vositalariga xususiy mulkchilikni va unga asoslangan yollanma mehnat tizimini Tovar-pul munosabatlarini isloh etish, ayirboshlashda ekvivalentlikka aniq rioya qilish, shuningdek kapitalistik xo’jalik yuritish shakllari o’rniga ishchilar aktsiyadorlik jamiyatlari barpo etish yo’li bilan tugatish mumkin. Brey g’oyalari keyinchalik P. J. Prudoning utopik sosializm nazariyasida rivojlantirilgan.