BREST VILOYATI
BREST VILOYATI — Belorussiya Respublikasining Janubi g’arbidagi viloyat. 1939 yil 4 dekaabrda tashkil etilgan. Brest viloyatida 16 tuman, 19 shahar va 10 shaharcha bor. Maydoni 32,3 ming kilometr kvadraat. Aholisi 1485 ming kishi (1999). Asosan beloruslar; shuningdek rus, polyak, ukrain va boshqalar yashaydi. Markazi — Brest shahri. Brest viloyatining relefi, asosan tekislikdan iborat. Janub va Janubi Sharqiy qismi Polese pasttekisligining g’arbiy qismini egallagan. Shimoli g’arbida bug’ bo’yi, shimolda Baranovichi tekisliklari bor. Torf zaxirasi jihatidan Brest viloyati Belorussiyada 3-o’rinda turadi. Stolin rayonida o’tga chidamli gil, Beryozovoda bo’r yotqiziqlari bor. Iqlimi mo»tadil kontinental. Yanvarning o’rtacha temperaturasi — 4°, iyulniki 18°. O’rtacha yillik yog’in 550-650 millimetr. Yirik daryolari — Pripyat (irmoqlari — Yaselda, Pina), Stiryu, Gorinyu. Ko’llari — Vigonovskoe, Chernoye. Tuproqlari bir oz podzollashgan, qumli, chimlipodzol va boshqa tuproqlar. Torfli yerlar, botqoqliklar, o’rmonlar (karag’ay, qayin, dub, olxa o’sadi) ko’p. Viloyatning shimolda yirik o’rmon qo’riqxonasi — Belaya Veja pushchasi joylashgan. Sanoati asosan qishloq xo’jaligi va o’rmon mahsulotlarini qayta ishlashga ixtisoslashgan. Go’sht (Brest, Baranovichi, Pinskda), parrandachilik kombinatlari (Kobrin va Pinskda), sabzavot va meva konserva zavodlari (Kobrin va Lyaxovichida), moysir zavodi, spirt va kraxmal zavodlari bor. O’rmon va yog’ochsozlik sanoati ham muhim o’rin tutadi, gugurt, fanera va turli mebellar ishlab chiqariladi. O’rmonkimyo sanoati korxonalari, Baranovichi, Brest, Pinsk shaharlarida yengil sanoat korxonalari (tikuvchilik, poyabzal, trikotaj fabrikalari) bor. Mashinasozlik va metallsozlik sanoati barpo etilgan. Beryozovsk GRES qurilgan. Baranovichida stanoksozlik asbob-uskunalari, Brestda gaz apparatlari va boshqalar ishlab chiqariladi. Brestda gilam kombinati bor. Mahalliy torf asosida energetika rivojlangan. Asosiy ekinlari: javdar, bug’doy, suli, grechixa, arpa, makkajo’xori; texnika ekinlaridan zig’ir, konoplya, qand lavlagi, kartoshka yetishtiriladi. Polizchilik rivojlangan. Chorvachilikda qoramol boqish, qo’ychilik va cho’chqachilik katta o’rin tutadi. Transportning asosiy turi — temir yo’l transporti (Moskva— Brest temir yo’l). Avtomobil yo’li Brest viloyatini boshqa ikqtisodiy rayonlar b-n bog’laydi. DneprBug’ kanalida kema qatnaydi. Brest viloyatida qurilish injenerlari va pedagogika instituti, o’rta maxsus o’quv yurtlari, 5 muzey bor.