BREST QAL’ASI
BREST QAL’ASI — Belorussiyadagi Brest shahri tegrasida joylashgan qahramon-qal’a. 1833-38 yillarda qurilgan, 19-asr oxiri — 20- asr boshlarida takomillashtirilgan. 2-jahon urushi yillarida Brest qal’asining oz sonli garnizoni P. M. Gavrilov, I. N. Zubachyov, E. M. Fominlar rahbarligida 1941 yil 22 iyundan iyul oyining 20-sanasiga qadar qurshovda qolib nemis-fashist qo’shinlarining ko’p karra ustun bo’lgan harbiy kuchlariga qarshi (o’q dori, oziq-ovqat, suv tanqisligiga qaramasdan) Brest qal’asini mudofaa qilgan. 1965 yil Brest qal’asiga qahramonqal’a unvoni berilgan. 1971 yildan memorial majmua.