BRESHA
BRESHA, Breshia — shimoliy Italiyadagi shahar. Alp tog’lari etagida, Lombardiyada, Bresha provintsiyasining ma’muriy markazi. Aholisi 197 ming kishi (1990). Temir yo’l tuguni. Metallsozlik, mashinasozlik (avtomobil yig’ish, qishloq xo’jalik va to’qimachilik mashinasozligi), kimyo, to’qimachilik, oziq-ovqat va harbiy sanoat rivojlangan. Musiqa asboblari (organ) ishlab chiqariladi. Adabiyot va san’at akademiyasi, universitet, badiiy galereyalar bor. Me’moriy yodgorliklardan qadimgi Rim qurilishlari, ratusha (11-13-asrlar), Duomo Vekkyu sobori (11-15-asrlar) saqlangan.