«BRITISH AEROSPEYS»

«BRITISH AEROSPEYS» (British Aerospace) — Buyuk Britaniyaning kosmik-aviaraketa va avtomobilsozlik sohasidagi yirik kompaniyasi. 1977 yil Londonda 4 aviafirmaning natsionalizasiya qilinishi natijasida tashkil etilgan. 1981 yil denatsionalizasiya qilindi (bir qism aktsiyasi davlat ixtiyorida qoldi). 1988 yilda «Rover grup» yetakchi avtomobil kompaniyasi bilan birlashdi. Yillik savdo hajmi 10 milliard, sof foydasi 278 million dollar.