BROVSIN BORIS VASILEVICH

BROVSIN BORIS VASILEVICH (1903. 20.9, Sankt Peterburg — 1987.15.1, Toshkent) — rus kompozitori. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1973). Leningrad konservatoriyasini tugatgan (1932). 1939 yildan O’zbekiston radiosi simfonik orkestrining bosh dirijyori. Asosan cholg’u va musiqali teatr uchun asarlar yaratgan. Simfonik orkestr uchun «Farg’ona syuitasi» (Yu. Rajabiy bilan hamkorlikda), «R. Zorge xotirasiga» simfonik poema, simfoniya, skripka va orkestr uchun kontsertlar muallifi. U o’zbek musiqa merosi va bastakorlar ijodiga xos ohanglariga tayanib, «Tohir va Zuhra» (T. Jalilov bilan, 1951, 3-tahriri 1968), «Dahshatli kunlarda» (1984) operalari va «Semurg'» baletini yaratgan.