BRODSKIY ABRAM LVOVICH

BRODSKIY ABRAM LVOVICH (1882-1943) — zoolog olim. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan va texnika arbobi (1936), biologiya fanlari Doktori (1937), professor (1919). O’rta Osiyo davlat universiteti rektori (1921-26), umurtqasizlar zoologiyasi kafedrasi mudiri (1920-43). Brodskiyning ilmiy ishlari protozoologiyaga bag’ishlangan. U tuproqda yashovchi organizmlarni tekshirish va ularning tuproq uchun ahamiyatiga doyr masalalar bilan ham shug’ullanib, O’rta Osiyoda pedozoologiya (tuproq hayvonlarini o’rganuvchi fan) ning rivojlanishiga katta hissa qo’shgan.