BUREYA
BUREYA (evenklar tilida birra — daryo) — Rossiya Federatsiyasi Xabarovsk o’lkasi va Amur viloyatidagi dayo. Amur daryosining chap irmog’i. O’ng Bureya va chap Bureya daryolarining qo’shilishidan hosil bo’ladi. Uzunligi 623 kilometr, havzasining maydoni 70,7 ming kilometr kvadrat. Bureya qismida ZeyaBureya tekisligiga chiqadi. Asosan yomg’ir suvlaridan to’yinadi. Bureya oktabrda muzlab, aprelda muzdan bo’shaydi. Eng yirik irmoqlari — chapda Urgal, Tirma. o’ngda — tuyun, niman. Bureyada quyilish joyidan 197 kilometr masofada kema qatnaydi. O’rtacha suv sarfi 940 m3/sek., eng yuqori darajadagisi 18100 m3/sekund. Yog’och oqiziladi.