BURJUAZIYA

BURJUAZIYA (Fransuzcha bourgeoisie — shaharliklar) — savdo, sanoat, kredit-moliya va boshqa tadbirkorlik faoliyati natijasida daromad oluvchi ijtimoiy sinf. Burjuaziya an’anaviy jamiyat qaror topgan sharoitda, 16-20-asrlardagi inqilob va islohotlar natijasida yuzaga kelib, muhim iqtisodiy va siyosiy ta’sirga ega bo’ldi, sanoatlashgan jamiyat va bozor iqtisodiyoti, liberalism va demokratiya qadriyatlari qaror topishiga ko’maklashdi. Rivojlangan mamlakatlardagi Burjuaziya yirik moliya va sanoat Burjuaziyasidan (unga boshqaruvchilarning oliy qatlami ham kiradi), sarmoyadorlik va tadbirkorlik vazifalarini birga qo’shib, ish yurituvchi o’rta Burjuaziya qatlamidan hamda mayda Burjuaziyadan tashkil topgan. Rivojlanayotgan mamlakatlarda Burjuaziya turli qatlamlarining shakllanishi jamiyatni modernizasiya qilish jarayoni bilan bevosnta bog’liqdir. Sotsialistik tuzum o’rnatilgan mamlakatlarda Burjuaziya sinf sifatida tugatilgan edi. Bunday mamlakatlarda bozor iqtisodiyoti va fuqarolar jamiyatining shakllanishi jarayonida xususiy mulkdorlar va tadbirkorlardan iborat ijtimoiy qatlam qayta tiklanmoqda.