BURCHAK O’LCHOVLARI

BURCHAK O’LCHOVLARI 1) geodezik ishlarni bajarishda Burchak o’lchovlari teodolit yordamida amalga oshiriladi. Gorizontal burchaklar yuqori aniqlikda (o’rta kvadratik nuqsoni — 0.5″-1,0″), aniq (2″-1″) va texnikaviy aniqlikda (10″-30″) o’lchanadi. Teodolit yordamida vertikal burchaklarni ham o’lchash mumkin; 2) kon ishlarida uncha aniklikni talab qilmaydigan marksheiderlik s’yomkalarida gorizontal va vertikal burchaklar hamda masofalar kon burchak o’lchagichi — taxeometr yordamida o’lchanadi; 3) mashinasozlikda burchaklar prizmatik burchak o’lchovlari, burchakliklar, konussimon kalibrlar, andazalar, tangens va sinus chizg’ichlari (lineykalari), noniusli burchak o’lchagichlar, optik burchak o’lchagichlar, bo’lish kallagi, teodolitlar, kvadrantlar, goniometrlar va b. asbob hamda moslamalar yordamida o’lchanadi.