BUTENLAR

BUTENLAR, butilenlar — to’yinmagan uglevodorodlar, umumiy formulasi C4Hg. Molekulyar moddasi 56,11, rangsiz gaz. Uchta izomeri ma’lum: normal buten1 (abutilen) SN2=SN— SN2— SN3; normal buten2 (Rbutilen, psevdobutilen) SN3SN=SNSN3 va izobuten (izobutilen) (SN3)2 S=SN2. Normal buten2 ning trans va tsisshakllari mavjud. Butenlar alkenlarning xossalarini namoyon qiladi. Butenlar suvda yomon, ko’pgina organik erituvchilarda yaxshi eriydi; sanoatda neftni qayta ishlash mahsulotlaridan hamda butyl spirtni katalizator ishtirokida degidratlab olinadi. Butenlardan butadien, butil kauchuk (oppanol), surkov moylari, suyuq yonilg’i va boshqa mahsulotlar olinadi.