BUTIL-KAUCHUK

BUTIL-KAUCHUK izobutilen bilan oz miqdordagi (1-5%) izoprenni sopolimerizatsiyalab olingan sintetik kauchuk. Butil metilxlorid yoki etilxlorid eritmasida monomerlarning kation sopolimerizatsiyasi orqali olinadi. Butil och sariq rangli modda bo’lib, spirt, efir, keton, dixloretan, anilin, nitrobenzolda erimaydi, suv ta’siriga berilmaydi. U kislorod, ozon, nur ta’siriga chidamli, sekin vulkaniztasiyalanadi. Butildan yasalgan rezina agressiv muhit, shu jumladan ishqorlar, vodorod, peroksid, dengiz suvi, ba’zi bir o’simlik moylari ta’siriga chidamli. Butilning asosiy qismi shinalar tayyorlash uchun ishlatiladi. Yuqori temperatura va agressiv muhitlarga chidamli buyumlar ishlab chiqarishda ham qo’llaniladi.