BUFER
BUFER (inglizcha buffer, byff — zarbani yumshatish) — transport vositalari (lokomotivlar, vagonlar va boshqalar) da paydo bo’ladigan zarbalarni yumshatuvchi moslama. Masalan, vagonlar orasida hosil bo’ladigan bo’ylama zarbalarni o’ziga qabul qiladi va yumshatadi. Bunday Bufer vagonning old va orqa tomoniga ikkitadan o’rnatiladi. Odatda, Bufer uchi sferik shaklda bo’ladi, pishiq po’latdan tayyorlanadi. Avtomobil Bufer avtomobil bexosdan biror to’siqqa urilganda paydo bo’ladigan zarbalarni yumshatadi. Bunday Bufer bamper deb ataladi. Rezina yoki plastmassa (ba’zan, po’lat) dan tayyorlanadi.